Anatomiya 2014. indd


Qo‘lning bosh barmog‘ini yozuvchi uzun mushak


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   422
Bog'liq
True

 Qo‘lning bosh barmog‘ini yozuvchi uzun mushak (m. exten-
sor pollicis longus) tirsak suyagi o‘rta qismining orqa yuzasining 
lateral qismi, suyaklararo pardadan boshlanadi. Uning payi bosh 
barmoqning distal falangasi asosiga birikadi.
Faoliyati: bosh barmoqni yozadi. 
10. 
Qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘ini yozuvchi mushak (m. ex-
tensor indicis)
 tirsak suyagining orqa yuzasi va bilakning suyaklar-
aro pardasidan boshlanadi. Mushak payi ko‘rsatkich barmoq prok-
simal falangasini orqa yuzasiga birikadi. 
Faoliyati: ko‘rsatkich barmoqni yozadi. 
Qo‘l panjasi mushaklari, asosan, kaft tomonda joylashib, uch 
gu ruhga bo‘linadi: 1) bosh barmoq mushaklari lateral tomonda 
97-rasm. O‘ng bilak orqa guruh mushaklari.
Chuqur qavat:
1–yelka suyagi; 2–lateral do‘ng usti do‘mboqchasi;
3–kaftning bilak tomonga yozuvchi uzun mushak
4–barmoqlarni yozuv chi mushak (kesilgan); 5–kaftning 
bilak tomonga yozuvchi kalta mushak; 6–bilak suyagi; 
7–qo‘lning bosh barmog‘ini usoqlashtiruvchi uzun
mushak; 8–qo‘lning bosh barmog‘ini yozuvchi uzun 
mushak; 9–qo‘lning bosh barmog‘ini yozuv chi kalta
mushak; 10–kaftning bilak tomonga yozuvchi uzun 
mu shakning payi; 11– kaftning bilak tomonga
yozuvchi kalta mushakning payi; 12–barmoqlarni
yozuvchi mushak paylari; 13–qo‘lning ko‘rsatkich
barmog‘ini yozuvchi mushak; 14–kaftning tirsak
tomonga yozuvchi mushak; 15–tirsak suyagi.


181
joylashib, bosh barmoq asosidagi tepalikni hosil qiladi; 2) jimji-
loq mu shaklari ichki tomonda joylashib, jimjiloq asosidagi tepa-
likni
 hosil qiladi; 3) kaftning o‘rta guruh mushaklari yuqoridagi 
ikki guruh mu shaklar o‘rtasida joylash gan bo‘lib, kaftning orqa-
sida ham bo‘ladi.
Bosh barmoq tepaligida to‘rtta kalta mushak: qo‘lning bosh 
barmog‘ini uzoqlashtiruvchi kalta mushak, qo‘lning bosh bar-
mog‘ini bu kuv chi kalta mushak, qo‘lning bosh barmog‘ini qara-
ma-qarshi qo‘ yuvchi mushak, qo‘lning bosh barmog‘ini yaqin-
lashtiruvchi mu shak lar joylashgan. Bu mushaklar bosh barmoq-
ni bukish, uzoqlash tirish, yaqinlashtirish va boshqa barmoqlarga 
qarama-qarshi qo‘yish da ishtirok etadi.
Jimjiloq tepaligi sohasida ham to‘rtta kalta mushak: qo‘l kaf-
tini kalta mushagi, jimjiloqni uzoqlashtiruvchi mushak, jimji loqni 
bukuv chi kalta mushak, jimjiloqni qarama-qarshi qo‘yuvchi mu-
shaklar joylashadi. Bu mushaklar jimjiloqning har tomonlama ha-
rakatida ishtirok etadi. 
Kaftning o‘rta guruh mushaklariga
chuvalchangsimon va 
suyaklararo mushaklar kiradi.
1. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling