187
teshigi orqali chanoq bo‘shlig‘idan chiqadi va son suyagi katta
ko‘sti chuqurchasiga birikadi.
Faoliyati:
ichki yopqich, yuqorigi va pastki egizak mushak lar
sonni tashqariga buradi.
8.
Sonning kvadrat mushagi (m.quadratus femoris)
yassi, to‘rt-
burchak shaklidagi mushak. Quymich do‘nglig‘ining
tashqi chek-
kasi yuqori qismidan boshlanib, ko‘stlararo qirraning yuqori qis-
miga birikadi.
Faoliyati: sonni tashqariga buradi.
9.
Tashqi yopqich mushagi (m. obturatorius externus)
uchbur-
chak shaklida bo‘lib, qov suyagining tashqi yuzasi, quymich suya-
gi shoxi va yopqich pardaning medial
uchdan ikki qismidan bosh-
lanadi. Mushak tolalari orqaga, yuqoriga va lateral yo‘nalib son
suyagi katta ko‘sti chuqurchasiga birikadi.
Faoliyati: sonni tashqariga buradi.
Oyoqning erkin qismi mushaklari
Oyoqning
erkin qismi mushaklari son, boldir va oyoq panja si
mu shaklariga bo‘linadi.
Son mushaklari tik holatda yurishni
va tanani vertikal holat-
da turishini ta’minlab, uzun suyak richaglarini harakatga keltira-
di. Son mu shaklari faoliyatiga qarab uch: oldingi (yozuvchi), or-
qa (bukuv chi) va medial (yaqinlashtiruvchi) guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi ikki guruh mushaklari chanoq-son va tizza bo‘g‘imlariga
ta’sir qilib, ularning frontal o‘q atrofidagi harakatini ta’minlaydi.
Me dial guruh mu shaklari esa chanoq-son bo‘g‘imini sagittal o‘q
atrofidagi harakatida ishtirok etadi.
Sonning oldingi guruh mushaklariga (98-rasm) ikkita mushak:
odam organizmidagi eng katta mushak, sonning to‘rt
boshli mu-
shagi va eng uzun – tikuvchilar mushagi kiradi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: