Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 102-rasm. O‘ng oyoq panjasi mushaklari. Kaft yuzasi
Oyoq fassiyalari
Yonbosh-bel mushagini qoplagan yonbosh fassiyasi pastga to- mon yo‘nalib, lateral tomonda chov boylamiga yopishsa, medial tomonda yonbosh-qov tepachasiga birikib yonbosh-qirra yoyi- ni hosil qiladi. Bu yoy chov boylami osti sohasini mushaklar va tomirlar sohasi botig‘iga lakunalarga ajratadi. Chov boylamidan past da yonbosh fassiyasi sonning serbar fassiyasiga o‘tib ketadi. Sonning serbar fassiyasi qalin pay tuzilishiga ega bo‘lib, son mu shak larini har tomondan o‘rab turadi. Sonning yuqori uchdan 102-rasm. O‘ng oyoq panjasi mushaklari. Kaft yuzasi: 1–oyoq kaftining serbar payi; 2–jimjiloq barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak; 3–barmoqlarni bukuv- chi kalta mushak; 4–beshinchi barmoqni bukuvchi kalta mushak; 5–chuvalchangsimon mushaklar; 6–oyoqning bosh barmog‘ini bukuvchi kalta mushak; 7–oyoq bosh barmog‘ini uzoqlashtiruvchi mushak. 195 birida serbar fassiya ikki qatlamdan iborat. Uning yuza qatlami yuqori tomondan chov boylamiga birikkan bo‘lib, son qon to- mirlarining oldidan o‘tib son venasining yon tomonida o‘roqsi- mon qirrani hosil qilib tugaydi. O‘roqsimon qirra oval teshikni o‘rab ikki shoxdan iborat. Uning pastki shoxi ustidan oyoqning katta teri osti venasi o‘tib, son venasiga quyiladi. Yuqori shoxi esa chov boylamiga birikib ketadi. Oval teshik to‘r shaklida tu- zilgan g‘alvirsimon fassiya bilan qoplangan. Sonning keng fas- siyasi son mushaklarini o‘rab ularni bir-biridan ajratuvchi qat- lamlar hosil qilib son suyagiga birikadi. Son mushaklariaro late- ral devor son suyagi g‘adir-budir chizig‘ining lateral labiga biri- kib, oldingi guruh mushaklarni orqa guruhdan ajratadi. Son mu- shaklariaro medial devor son suyagi g‘adir-budir chizig‘ining me- dial labiga birikib, oldingi guruh mushaklarini medial guruh mu- shaklaridan ajratadi. Sonning qirra fassiyasi tizza bo‘g‘imining old va yon tomonidan o‘tib boldir fassiyasiga davom etadi. Orqa tomondan esa taqim osti chuqurini qoplagan taqim osti fassiya- siga o‘tib ketadi. Boldir fassiyasi boldirni o‘rab, katta boldir suyagining oldin- gi va medial qirralariga birikib oldingi va orqa mushaklararo de- vorni hosil qiladi. Boldirning oldingi mushaklariaro devori boldir- ning oldingi guruh mu shaklarini lateral guruhdan ajratsa, boldir- ning orqa mu shaklariaro devori lateral va orqa guruh mushaklari o‘rtasida yotadi. Boldirning orqa yuzasida fassiya ikki: yuza va chuqur varaqdan iborat bo‘ladi. Yuza varaq boldirning uch boshli mushagini o‘ra- sa, chuqur varaq chuqur guruh mushaklarini o‘rab boldir suyakla- riga birikadi. Boldir fassiyasi ichki va tashqi to‘piqlarning asosi sohasida boldir suyaklari o‘rtasida ko‘ndalang tortilgan fibroz tolalar das- tasi hisobiga qalin lashib, boldirning oldingi guruh mushaklari payi ustidan o‘tuv chi yozuv chi mushaklarning payini ushlab turuvchi yuqorigi va past ki bo g‘ich larni hosil qiladi. Ularning ostidan uch- ta yozuvchi mu shaklarning pay qinlari o‘tadi. Ichki to‘piqning orqasida fassiya qalinlashib bukuvchi mu- shaklarning payini ushlab turuvchi bog‘ich hosil qiladi. Uning os- tida bukuv chi mushaklarning uchta pay qini o‘tadi. Boldir-oyoq panja bo‘g‘imi sohasida tashqi to‘piqning orqasi- da kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi yuqorigi va past- 196 ki bo g‘ichlar bor. Kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi yuqo rigi bo g‘ich ostidan kichik boldir mushaklarining umumiy pay qini o‘tadi. Kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi past- ki bog‘ich ostida kichik boldir mu shaklarining umumiy pay qini ikkiga bo‘linadi. Kalta-kichik boldir mu shagi pay qini kichik bol- dir mushaklarini ushlab turuvchi pastki bog‘ich ostidan chiqqan joyda tugasa, uzun kichik boldir mushagi pay qini oyoq kafti os- tiga yo‘naladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling