Anatomiya 2014. indd


bor. Tanglay chodirini yon chek- kalaridan ikkita ravoq: oldingi tang lay-til ravog‘i


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   422
Bog'liq
True

 bor. Tanglay chodirini yon chek-
kalaridan ikkita ravoq: oldingi tang lay-til ravog‘i
 til ildiziga qarab 
yo‘nalsa, orqadagi tanglay-yut qin ravog‘i
 pastga, yutqinning yon 
devoriga yo‘naladi. Oldingi va orqa ravoq lar o‘rta sida uchbur-
chak shaklidagi murtak chuqurchasi
 bo‘lib, unda tang lay murta-
gi
 joylash gan. Yum shoq tanglay va uning ravoqlari tarkibiga (104-
rasm) quyidagi ko‘ndalang targ‘il mu shaklar: tang lay-til, tanglay-
halqum, tilcha mu shagi, tang lay chodirini ko‘taruvchi mushak va 
tanglay cho dirini taranglovchi mushak kiradi.
Tomoq teshigi yuqoridan yumshoq tanglay, yon tomondan 
tang lay ravoqlari, pastdan esa til ildizi bilan chegaralangan.
Til (lingua) mushakdan tuzilgan a’zo (105-rasm) bo‘lib, og‘iz 
bo‘sh lig‘ini to‘ldirib turadi. U og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni aralash-
tirish, yutish va so‘z bo‘g‘inlarini hosil qilishda ishtirok etadi. 
Tilning oldingi toraygan uchi,
 orqa kengaygan ildizi va ularning 
o‘rtasida joylash gan tanasi tafovut qilinadi. Tilning ustki yuzasi 
yoki tilning orqa sohasi ko‘tarilgan bo‘lib, yuqoriga va orqaga qa-
ragan bo‘ladi. U uchidan chegaralovchi egat-
gacha bo‘lgan oldingi qismi va
 egat orqasidagi 
orqa qismiga bo‘linadi. Tilning ostki yuzasi
 fa-
qat old qismida erkin. Tilning o‘ng va chap to-
monlarida til chekkalari
 bor. Til ustining o‘rta-
104-rasm. Yumshoq tanglay mushaklari:
1–tanglay chodirini taranglovchi mushak; 2–tang lay
chodirini ko‘taruvchi mushak; 3–qanotsimon o‘siq
ilmoqchasi; 4–tanglay-til mushagi; 5–tilcha mushagi;
6–tanglay-halqum mushagi.


205
sida, uning ikki yon bo‘laklari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, til-
ning o‘rta egati bo‘lib, u tilning tanasi va ildizi o‘rtasida joylash-
gan tilning ko‘r teshigida tugaydi. 
Ko‘r teshikning oldidan tilning yon chekkasiga qarab uncha 
chuqur bo‘lmagan til tanasini ildizidan ajratib turuvchi che-
garalovchi egat
 o‘tadi. Til ustki, yon va qisman pastki tomon-
dan shilliq parda bilan qop langan. Tilning shilliq pardasi och 
pushti rang da bo‘lib, til usti, uchi va chekkalarida ko‘p sonli 
so‘rg‘ichlar bilan qoplangani uchun duxobaga o‘xshagan ko‘ri-
nish beradi. Til so‘rg‘ichlari turli shaklga va kattalikka ega bo‘lib, 
ta’m bilish yoki umumiy sezgini o‘tkazib beradi. Tilda quyida-
gi so‘rg‘ichlar tafovut qilinadi. Ipsimon va konussimon shakl-
dagi so‘rg‘ichlar
juda ko‘p sonli bo‘lib, til ustida chegaralov-
chi egatning oldida, zambrug‘simon so‘rg‘ichlar
 esa 150–200 ta 
bo‘lib, ko‘proq til uchi va chekkalarida joyla shadi. Tarnovsimon 
so‘rg‘ichlar 7–12 ta bo‘lib, chegaralovchi egatni oldida rimcha 
V raqami shaklida joylashgan. Varoqsimon so‘rg‘ichlar tilning 
yon chekkalarida 5–8 ta o‘zaro egatlar bilan ajralgan vertikal 
burmalar shaklida qator joylashgan.
Til ildizining shilliq pardasida so‘rg‘ichlar bo‘lmay, unda lim-
foid follikulalar to‘plami bor bo‘lgan bo‘rtiqchalar hosil qiladi. 
Bu limfoid to‘qima to‘plami til murtagi

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling