Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   422
Bog'liq
True

Ovqat hazm qilish. Ovqat hazm qilish moddalar almashinu-
vining boshlang‘ich bosqichidir. Odam ovqat bilan energiya va 
to‘qimalarni yangilanishi va o‘sishi uchun kerak bo‘lgan barcha 
kerakli moddalar ni oladi. Hujayralar o‘zlashtira olishi uchun 
ovqatdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar murakkab birikmalar-
dan ancha mayda suvda eruvchan moddalarga aylanishi kerak. 
Bu jarayon hazm a’zolari tizimida o‘tadi va hazm jarayoni, hosil 
bo‘lgan mahsulotlar hazm mahsulotlari deyiladi. Ovqat tarkibi-
dagi oziqa moddalar hazm traktida mexanik, keyin chalik hazm 
a’zolari tizimi bo‘ylab joylashgan bezlar shirasi tarkibidagi fer-
mentlar ta’sirida kimyoviy parchalanadi.
Hazm a’zolari bezlari bir sutkada hazm traktiga 8,5 l shira: 
1,5 l so‘lak, 2,5 l oshqozon shirasi, 1 l oshqozon osti bezi shi-
rasi, 2,5 l ichak shirasi va 1,2 l o‘t ajratadi. Ovqat hazm qilish 
shirasi organik va noorganik moddalardan iborat. Organik mod-
dalar ichida oqsillari ning murakkab molekulasini aminokislota-
largacha, uglevodlar ni – monosaxaridgacha (glukoza, fruktoza), 
yog‘larni – glitserin va yog‘ kis lotalarigacha parchalanishini tez-
latuvchi fermentlar yoki biolo gik katalizatorlar katta ahamiyatga 
ega. Parchalangan bu moddalar hazm traktining shilliq pardasi 
orqali so‘rilib qon va limfaga o‘tadi va hujayralar ularni o‘zlash-
tiradi. Hazm fermentlari moddalarni suv molekulasini biriktirib 
olish-gidroliz yo‘li bilan parchalanish jarayo ni ni kuchaytirib be-
radi. Bunda oziqa moddalarning energetik bahosi pasaymaydi. 
Har bir ferment faqat bitta ma’lum moddani parcha laydi. Fer-
mentlarning ta’siri uchun ma’lum bir sharoit: optimal harorat 


203
(36–37 °C) va muhitning ma’lum reaksiyasi kerak. Hazm shirasi 
undagi fermentlar ta’sir qila oladigan optimal muhitga ega. Ma-
salan: oshqozon shirasi tarkibida xlorid kislota, oshqozon osti be-
zi va ichak shirasida ishqor yoki soda bo‘lib shu muhitda faoliyat 
ko‘rsatuv chi fermentlar uchun sharoit yaratib beradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling