Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   422
Bog'liq
True

Og‘iz bo‘shlig‘i
Og‘iz bo‘shlig‘i (cavitas oris) hazm a’zolari tizimining bosh-
lang‘ich qismi. Og‘iz bo‘shlig‘i pastdan og‘iz diafragmasi, yuqo-
ridan qattiq va yumshoq tanglay, yon tomondan lunjlar, old to-
mondan lab lar bilan chegaralansa, orqada tomoq teshigi vosi-
tasida halqum bilan qo‘shiladi. Tish lar va jag‘larning alveolyar 
o‘simtalari og‘iz bo‘sh lig‘ini ikki: og‘iz dahlizi va xususiy og‘iz 
bo‘shlig‘iga ajratadi.
Og‘iz dahlizi
 tashqi tomondan lablar va lunj bilan, ichki to-
mondan esa tishlar va milk bilan chegaralanadi. Og‘iz dahliziga 
kirish og‘iz yorig‘i
 lablar bilan chegaralanadi.
Milk
ustki va pastki jag‘larning alveolyar o‘sig‘ini qoplagan 
shilliq parda. U juda qalin va pishiq bo‘lib, tish bo‘ynini o‘rab 
oladi va suyak usti pardaga mustahkam birikadi.
Ustki va pastki labning
 asosini og‘iz tirqishi atrofidagi aylana 
mu shak tashkil qiladi. Uni tashqi tomondan teri,
 ichki tomondan 
shilliq parda
 qoplagan. Lablarning shilliq pardasi milkka davom 
etib, o‘rta chiziqda ustki va pastki lab yuganchasini hosil qiladi.
Lunj og‘iz bo‘shlig‘ini o‘ng va chap tomondan chegaralab tu-
radi. Uning ichida lunj mushagi
 joylashib, ichki tomondan shil-
liq parda, tashqi tomondan teri bilan qoplangan. Teri bilan l unj 
mushagi o‘rtasida lunj ning yog‘ tanachasi
joylashgan bo‘lib, u 
bolalarda yaxshi rivoj langan. Lunj shilliq pardasiga II ustki katta 
oziq tishi sohasida quloq oldi bezining chiqaruv nayi ochiladi.
Xususiy og‘iz bo‘shlig‘i
tashqi tomondan ustki va pastki jag‘ 
tish larining til yuzasi hamda milk, yuqori tomondan tanglay, past 
tomondan og‘iz diafragmasini hosil qiluvchi mushaklar chega-
ralab turadi. Og‘iz bo‘shlig‘ining pastki devorida til joylashgan 
bo‘lib, og‘iz yopiq bo‘lgan holatda, u to‘lib turadi. Til ostida o‘rta 
chiziqning ikki tomonida til osti so‘rg‘ichi joylashgan bo‘lib, unga 
pastki jag‘ osti va til osti bezlarining nayi ochiladi.
Tanglay og‘iz bo‘shlig‘ining yuqori devorini hosil qilib ik-


204
ki qism dan: qattiq va yumshoq tanglaydan iborat. Qattiq tang-
lay
tang layni oldingi uchdan ikki qismini tashkil qiladi. U ust-
ki jag‘ suyagi tang lay o‘sig‘i va tanglay suyagi gorizontal plastin-
kasidan hosil bo‘lgan. Yumshoq tanglay qattiq tanglayni orqasi-
da joylashib, tang layni uch dan bir qismini tashkil qiladi. U qattiq 
tang layni orqasiga birikkan. Uning asosini tanglayning serbar payi 
va unga yopishgan mushaklar tashkil qilib, ust va past tomondan 
shilliq parda bilan qop langan. Uni qoplagan shilliq parda bevosita 
qattiq tanglayga davom etadi. Yum shoq tanglayning oldingi qismi 
gorizontal joylashsa, orqa qismi osilib tanglay chodirini hosil qi-
ladi. Yum shoq tanglayning orqa chekkasi erkin chekka hosil qilib 
tugaydi. Uning o‘rtasida tilcha

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling