Anatomiya 2014. indd


Tilning ko‘ndalang mushagi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   422
Bog'liq
True

Tilning ko‘ndalang mushagi til to‘sig‘idan tilning ikki chek-
kasiga ko‘ndalang yo‘nalgan tolalardan iborat bo‘lib, til chekka-
si shilliq pardasida tugaydi. Qisqarganida tilni toraytirib, til usti-
ni ko‘taradi.
Tilning vertikal mushagi, asosan, uning chekkalarida, til usti 
va tilning pastki yuzasi shilliq pardasi o‘rtasida joylashgan. Qis-
qarganida tilni yassilaydi.
Tilning skelet mushaklari bosh suyaklaridan boshlanib tili ning 
xususiy mushaklariga o‘tib ketadi. Ularga quyidagi mushaklar ki-
radi:
Engak-til mushagi pastki jag‘dagi engakning o‘tkir qirrasidan 
bosh lanadi. Uning tolalari til to‘sig‘ining yonidan orqaga va yuqo-
riga yo‘nalib vertikal mushakka davom etadi. Qisqarganida tilni 
oldinga va pastga tortadi. 
Til osti-til mushagi til osti suyagi tanasi va katta shoxidan 
bosh lanib, oldinga va yuqoriga yo‘nalib tilning ko‘ndalang mu-
shagiga o‘tib ketadi. Qisqarganida tilni orqaga va pastga tortadi.
Bigizsimon o‘siq-til mushagi bigizsimon o‘siqdan boshlanib
oldinga, pastga va medial tomonga yo‘nalib, tilning yuqorigi va 
pastki bo‘ylama mushaklariga davom etadi. Qisqarganida tilni or-
qaga va yuqoriga tortadi, bir tomonlama qisqarsa, tilni o‘sha to-
monga tortadi.
Tishlar (dentes) ustki va pastki jag‘ning tish katakchalarida 
milkning yuqorigi chekkasida joylashadi. Sut va doimiy tishlar ta-
fovut qilinadi. Tish uch qismdan: toji, bo‘yni va ildizidan iborat 
(106-rasm).


207
Tish toji tishning og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘rinib 
turgan qismi bo‘lib, to‘rtta: til, vestibulyar, tish-
larning bir-biriga tegib turgan va okklyuzion yuza-
lari
 tafovut qilinadi.
Tish bo‘yni tish toji bilan ildizi o‘rtasidagi to-
raygan qismi. Uni atrofidan milkning shilliq par-
dasi o‘rab turadi.
Tish ildizi bittadan uchtagacha bo‘lib, tish ka-
takchalarida joylashadi. U ildiz uchi bo‘lib tugaydi. 
Tish toji ichidagi tish bo‘shlig‘i ildizga tish ildizi-
ning kanali bo‘lib davom etadi. Bu kanal ildiz uchi-
da tish ildizi uchidagi teshik bo‘lib ochiladi. U or-
qali kirgan qon tomir va nervlar tish pulpasini

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling