Anatomiya 2014. indd
-rasm. Og‘iz bo‘shlig‘i bezlari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘iz bo‘shlig‘i fiziologiyasi
108-rasm. Og‘iz bo‘shlig‘i bezlari.
O‘ng tomondan ko‘rinishi: 1–quloq oldi bezi; 2–qo‘shimcha quloq oldi bezi; 3–quloq oldi bezining nayi; 4–lab bezlari; 5–til bezlari; 6–pastki jag‘ osti bezining nayi; 7–pastki jag‘ osti bezi; 8–til osti bezi; 9–chaynov mushagi. 210 Pastki jag‘ osti so‘lak bezi murakkab alveolyar-naysimon bez bo‘ lib, aralash tarkibli suyuqlik ishlab chiqaradi. U pastki jag‘ suyagi ostidagi chuqurchada joylashib, og‘irligi 15 g. U yupqa kapsula bilan o‘ralgan. Tashqi tomondan bezga bo‘yin fassiyasi- ning y uza qatlami va teri tegib turadi. Uning ustki yuzasi pastki jag‘-til osti mu shagiga tegib tursa, medial yuzasi til osti-til va bigi- zsimon-til osti suyagi mu shaklariga tegib turadi. Bezning umumiy nayi (Vartanov nayi) oldinga tomon yo‘nalib, til osti so‘rg‘ichiga til uzangisi yonida ochiladi. Til osti so‘lak bezi ancha kichik bez bo‘lib, og‘irligi 5 g. U shilliq suyuqlik ishlab chiqaradi. Bez og‘iz tubi shilliq pardasi os- tida past ki jag‘-til osti suyagi mushagi ustida yotadi. Lateral to- mondan bez pastki jag‘ning ichki yuzasiga, medial tomondan en- gak-til osti, til osti-til va engak-til mushaklariga tegib turadi. Til osti bezi mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ularning alohida mayda naychalari til osti burmasi bo‘ylab ochiladi. Uning kat- ta nayi pastki jag‘ osti bezi nayi bilan birga til osti so‘rg‘ichiga ochiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i fiziologiyasi Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni birlamchi mexanik va kimyoviy ish lanishi boshlanadi, shuningdek, ta’m bilish retseptorlari vo- sitasida uning ta’mi va organizmga yaroqliligi aniqlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat 15–20 soniya davomida maydalanadi, so‘lak- ni shimadi, ovqat luqmasi hosil bo‘ladi va yutiladi. Shu qisqa va- qt ichida so‘lak fermentlari ta’sirida uglevod lar qisman parcha- lanadi. So‘lak bezlarining ishlab chiqargan suyuqligi – so‘lak kuch- siz ishqoriy muhitli suyuqlik bo‘lib tarkibida asosan amilaza fer- menti, noorganik tuzlar, oqsil va mutsin bo‘ladi. So‘lak amilazasi kraxmalni disaxarid va maltazagacha parchalaydi. Mutsin so‘lakni cho‘ziluv chan qilib, ovqat luqmasini yopishtiradi va uni sirpanuv- chan qiladi. So‘lak fermentlari ovqat bilan oshqozonga tushgach, oshqozon shirasi ta’sirida o‘z faoliyatini to‘xtatadi. So‘lak bezlarining sekretsiyasi ovqatni ko‘rganda va ovqatlan- gan vaqt da boshlanadi. Og‘izga qandaydir modda kirganida, og‘iz bo‘ shlig‘ida joylashgan retseptorlar qo‘zg‘alishi ro‘y beradi. Ret- septorlarning qo‘z g‘alishi markazga intiluvchi sezuvchi nervlar 211 orqali uzunchoq miyada joylashgan so‘lak ajratuvchi o‘zaklar- ga o‘tkaziladi. Bu o‘zaklardan qo‘zg‘alish sekretor nervlar or- qali so‘lak bezlariga yetib keladi va so‘lak ajratishni chaqiradi. Nerv tizimi ta’sirida bezning qo‘zg‘alish mexanizmi refleks deyi- lib, retse ptordan effektorgacha nervlardan tashkil topgan yo‘l re- flektor yoyi deyiladi. Parasimpatik va simpatik nervlar so‘lak bezlarining sekretor nerv lari bo‘ladi. Parasimpatik nerv qo‘zg‘alganida – ko‘p miq- dorda suyuq so‘ lak ajraladi, simpatik nerv qo‘zg‘alganda esa – oz miq dorda cho‘ziluv chan so‘lak ajraladi. Odamda shartsiz va tug‘ma reflekslardan tashqari hayot jarayonida murakkab shartli reflekslar paydo bo‘ladi. Odam ovqat ni ko‘rganida, hidini sezga- nida va ovqat haqida so‘zlashishi ham so‘lak ajralishini keltirib chiqirishi mumkin. Odamning so‘zlash faoliyati taroqqiyoti bilan bog‘liq ravishda og‘izning shilliq pardasini namlab turuvchi mayda so‘lak bezlari doim faoliyat ko‘rsatadi. Og‘izning shilliq pardasi orqali ba’zi do- ri moddalar (nitroglitserin) so‘riladi. Yutish. Og‘iz bo‘shlig‘ida hosil bo‘lgan ovqat luqmasi til mushak larining qisqarishi ta’sirida til ildiziga qarab yo‘naladi. Ovqat til il di ziga yoki yumshoq tanglayga tekkanida reflektor ra- vishda yutish harakati boshlanadi. Bunda yumshoq tanglay yuqo- riga ko‘tarilib, halqumning orqa devoriga yaqinlashadi va burun bo‘shlig‘iga ki rishni yopadi. Shu bilan bir vaqtda hiqildoq yuqo- riga ko‘tariladi va til ildizi hiqildoq usti tog‘ayini bosib hiqildoq- qa kirish teshigini berkitadi. Halqumning boshlang‘ich qismiga o‘tgan ovqat luqmasi uning mushaklarini qisqarishi bilan qizil- o‘ngachga suriladi. Qizilo‘ngach mushaklarining to‘lqinsimon qis- qarishi ovqat luqmasini oshqozonga o‘tkazadi. Og‘iz bo‘shlig‘idan to osh qozongacha bo‘lgan masofani quyuq ovqat 6–8 sekundda, suyuq ovqat esa 2–3 sekundda o‘tadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling