215
Bundan tashqari qizilo‘ngachda
ikkita fiziologik torayma ham bor:
1.
Aortal torayma qizilo‘ngach-
ning aorta bilan kesishgan joyida.
2. Kardial torayma qizilo‘gachning
oshqozonga o‘tish joyida.
Qizilo‘ngachning devori quyi-
dagi qavatlardan iborat (110-rasm):
Shilliq pardasi nisbatan qalin bo‘lib,
unda yaxshi bilingan mushak qatla-
mi bor. U ichki tomondan ko‘p qa-
vatli yassi epiteliy bilan qop langan.
Shilliq pardada bo‘ylama
burmalar,
a’zo bo‘shlig‘iga ochiladigan qizil-
o‘ngachning shilliq ishlab chiqaruv-
chi
bezlari
va yakka-yakka limfoid
tugunchalari bor.
Shilliq osti asosi yaxshi rivojlan-
gan bo‘lgani
uchun shilliq qavat da
bo‘ylama burmalar hosil qiladi va
qizilo‘ngachning ko‘ndalang kes-
masida uning bo‘shlig‘i yulduzsimon shaklda ko‘rinadi. Bo‘yla-
ma burmalar ovqat luqmasi o‘tgan vaqtda tekislanib, qizilo‘ngach
bo‘shlig‘i kengayadi.
Mushak
qavati
ikki: tashqi bo‘ylama va ichki halqali qavatdan
tash kil topgan. Qizilo‘ngachning yuqori qismida mushak qavati
ko‘n dalang-targ‘il mushaklardan iborat bo‘lib, o‘rta
qismida se-
kin-asta shilliq mu shak bilan almashadi. Past ki qismi esa shil-
liq mushak tolalaridan tuzilgan bo‘lib, oshqozon devoriga davom
etadi. Bo‘ylama mushak tolalarining
qisqarishi uni kengaytirsa,
halqasimon mushak tolalari toraytiradi.
Advensial parda yumshoq tolali biriktiruvchi to‘qimadan tash-
kil top gan.
Qorin bo‘shlig‘i
Qorin bo‘shlig‘i yuqoridan diafragma bilan chegaralanib,
past dan kichik chanoq bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi. Uni orqa tomon-
dan
bel umurtqalari, belning kvadrat va yonbosh-bel mushagi,
Do'stlaringiz bilan baham: