Anatomiya 2014. indd
va osh qozonning pilorik kanali
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 111-rasm. Oshqozon (old tomondan ko‘rinishi)
va osh qozonning pilorik kanali tafovut qilinadi. Oshqozonning o‘n ikki barmoq ichakka o‘tish yerida oshqozonning pilorik qismining teshigi joylashgan. Oshqozonning tubi bilan pilorik qismi o‘rtasida oshqozon tanasi joylashgan. Oshqozonning devo- 111-rasm. Oshqozon (old tomondan ko‘rinishi): 1–oshqozonning kardial qismi; 2–oshqozon tubi; 3–oshqozon tanasi; 4–oshqozonning katta egriligi; 5–oshqozonning pilorik qismi; 6–o‘n ikki barmoq ichakning gorizontal qis- mi; 7–o‘n ikki barmoq ichakning tushuv chi qismi; 8–o‘n ikki barmoq ichakning yuqorigi qismi; 9–oshqozonning kichik egriligi; 10–qizilo‘ngach. 217 ri quyidagi qavat: shilliq parda, shilliq osti asos, mushakli parda va seros par- dadan iborat. Shilliq parda (112-rasm) kulrang pushti rangli bo‘lib, bir qavatli silindr- simon epiteliy bilan qoplangan. Shilliq pardaning qalinligi 0,5–2,5 mm. Un- da shilliq parda mushak qatlami borli- gi va shilliq osti asosi yaxshi rivojlan- gani uchun turli yo‘nalishdagi burma- lar hosil bo‘ladi. Burmalar kichik egri- lik bo‘ylab bo‘ylamasiga yo‘nalib, osh- qozon yo‘lini hosil qiladi. Bu yo‘l osh- qozonning kirish va chiqish qismlarini o‘zaro bog‘laydi. Oshqozonning qol- gan qismlarida burmalar yulduzsimon shaklda bo‘ladi. Uning pilorik qismi- ning teshigi sohasida burmalar halqa shaklida bo‘lib, klapanni hosil qiladi. Burmalarning ichida uncha katta bo‘lmagan oshqozon maydon- chalari ko‘tarilib turadi. Bu maydonchalarning yuzasida ko‘p sonli (35 mln ga yaqin) oshqozon bezlarining teshiklari ochiladigan osh- qozon chuqurchalari joylashgan. Oshqozon bezlari joylashishiga qarab: tanasi va gumbaz qismi- dagi xususiy bezlar va chiqish qismidagi bezlarga bo‘linadi. Oshqo- zonning xususiy bezlari ko‘p sonli bo‘lib uch xil: ferment ajratuv- chi asosiy hujayralari, xlorid kislota ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha hujayralar va shilliq ishlab chiqaruvchi mukositlardan iborat. Shilliq osti asosi nisbatan qalin va harakatchan bo‘lgani uchun shilliq par da burmalar hosil qiladi. Mushakli parda (113-rasm) uch qa vat shilliq mushakdan ibo- rat: tashqi bo‘y lama qavat qizilo‘ngach bo‘ylama mu shak qavati- ning davomi bo‘lib, ko‘p roq kichik va katta egriliklar bo‘ylab joy - lashgan. O‘rta halqali qavat tashqi qa vat ga nisbatan kuchli rivoj- langan. U qi zil o‘ngach halqasimon mushak qavatining bevosita davomi bo‘lib, oshqozonning chi qish qismida qalinlashib, pilo- rik qismidagi qisuvchi mushakni hosil qiladi. Ichki qiya tolalar osh qozonning kardial qismidan boshlanib, pastga va o‘ngga katta egrilikka yo‘naladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling