Anatomiya 2014. indd
halqumni mushak qavatini tashqaridan o‘rab, qo‘shni a’zolardan ajratib turadi. Angina
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizilo‘ngach Qizilo‘ngach
halqumni mushak qavatini tashqaridan o‘rab,
qo‘shni a’zolardan ajratib turadi. Angina Angina ko‘p uchraydigan kasallik bo‘lib, sabablari: strepto- kokk, stafilakokk, adenoviruslar hisoblanadi. Bunda organizm sezgirligi ning o‘z garishi – sensibilizatsiya va shamollash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Anginada, tang‘lay murtaklari, yumshoq tang‘lay yallig‘lanadi. Angina o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir angina: kataral, follikular, lakunar, flegmanoz bo‘ladi. Kataral an- ginada tang‘lay murtaklari, tomoq qizaradi, yutinganda og‘riq pay- do bo‘ladi, isitma ko‘tariladi. 214 Follikulyar anginada, tanglay murtaklari kattalashib, qizarib ketadi, yuzasida yiring nuqtalar ko‘rinadi, isitma baland bo‘ladi. Lakunar anginada, yiring orolchalar paydo bo‘ladi, yiring olib ko‘rilganda qonab ketadi, isitma baland bo‘ladi. O‘tkir angina, tez-tez takrorlanib, oxirigacha davolanma- sa, surunkali tonzillit rivojlanadi. Bunda murtaklar kattalashib, ba’zan esa atrofiyaga uchraydi, yuzasida egatchalar paydo bo‘lib, ular ichida yiring to‘planib turadi. Surunkali tonzillit vaqti-vaq- ti bilan qo‘zg‘ab turadi va revmatizm, miokardit, glomerulonefrit kasalliklarni rivojlanishiga ko‘maklashadi. Qizilo‘ngach Qizilo‘ngach (esophagus) oldindan orqaga biroz yassilan- gan nay bo‘lib, ovqat luqmasini halqumdan oshqozonga o‘tkazib beradi. Uning uzunligi 25–30 sm. Qizilo‘ngach VI–VII bo‘yin umurtqalari sohasidan boshlanib, X–XI ko‘krak umurtqalarining chap tomonida oshqozonga kirish qismiga o‘tib ketadi. Unda uch: bo‘yin, ko‘krak va qorin qismlari tafovut qilinadi. Qizilo‘ngachning bo‘yin qismi VII bo‘yin umurtqasi so- hasiga to‘g‘ri keladi. Uning old tomonida kekirdak, orqasida umurtqa pog‘onasi, yon tomonlarida esa orqaga qaytuvchi hi- qildoq nervi va umumiy uyqu arteriyasi joylashgan. Qizilo‘ngachning ko‘krak qismi eng uzun qismi bo‘lib, or- qa ko‘ks oralig‘ida umurtqa pog‘onasining oldida joylashgan. U IX ko‘k rak umurt qasi sohasida biroz chapga va oldinga yo‘na- lib, umurtqa pog‘onasidan uzoqlashadi. Uning ko‘krak qismi- ning old tomonida IV ko‘krak umurtqasigacha bo‘lgan sohada kekirdak joylashsa, IV ko‘krak umurt qasi sohasida aorta ravog‘i, IV–V ko‘krak umurtqasi sohasida esa chap bosh bronx kesib o‘tadi. Qizilo‘ngach ko‘krak qismining pastki bo‘lagi oldingi yu- zasida chap, orqa yuzasida esa o‘ng adashgan nerv joylashadi. Qizilo‘ngachning qorin qismi 1–3 sm bo‘lib, jigar chap bo‘la- gining orqa yuzasiga tegib turadi. Qizilo‘ngachning uchta anato- mik toraymasi bo‘lib, ularning birinchisi VI–VII bo‘yin umurt- qasi sohasida halqumning qizilo‘ngachga o‘tish joyida, Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling