Anatomiya 2014. indd
deb ataladi. Sut tishlarining chiqishi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘lak bezlari So‘lak bezlari
deb ataladi.
Sut tishlarining chiqishi. Bola 6–7 oylik bo‘lganida sut tishlari paydo bo‘la boshlaydi. Birinchi bo‘lib pastki medial kesuvchi tis- hlar paydo bo‘ladi va 2–2,5 yoshlarda ularning soni 20 taga ye- tadi. Ustki va pastki tish qatorlarining har bir tomonida 5 tadan tish: 2 ta kesuv chi, 1 ta qoziq va 2 ta katta oziq tishlar bor. 6 yoshdan keyin bolalarda sut tishlari tusha boshlaydi va ular- ning o‘rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Birinchi bo‘lib bi- rinchi katta oziq tish chiqib, 12–13 yoshlarda, doimiy tishlar chiqib bo‘ladi. 18–25 yosh larda aql tishi chiqqanidan keyin katta odamda doimiy tishlar 32 taga yetadi. Ustki va pastki jag‘ning har bir tomonida 8 tadan tish joylashgan. O‘rta chiziqdan lateral to- monga qarab: 2 ta kesuvchi (kurak), 1 ta qoziq, 2 ta kichik oziq va 3 ta katta oziq tishlar tafovut qilinadi. Tishlarning joylashish tartibi tish formulasini hosil qiladi. Doimiy tishlarning joylashish tartibi (formulasi) quyidagicha: 3.2.1.2 : 2.1.2.3 3.2.1.2 : 2.1.2.3 209 So‘lak bezlari So‘lak bezlari. Og‘iz bo‘shlig‘i bezlariga naychalari og‘iz bo‘sh- lig‘iga ochiladigan katta va kichik so‘lak bezlari kiradi (108-rasm). Kichik so‘lak bezlari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida yoki shilliq osti asosida joylashib, kattaligi 1–5 mm bo‘ladi. Joylashgan joyi- ga qarab lab bezlari, lunj bezlari, tanglay bezlari va til bezlari ta- fovut qilinadi. Ishlab chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab seroz bezlar (til bez- lari), shilliq bezlari (tanglay bezlari), aralash bezlar (lab, lunj bez- lari) tafovut qilinadi. Mayda so‘lak bezlardan tashqari og‘iz bo‘shlig‘iga uch juft katta so‘ lak bezlari: quloq oldi, pastki jag‘ osti va til osti bezlari- ning naylari ham ochiladi. Quloq oldi bezi seroz suyuqlik ishlab chiqaravchi bez bo‘lib, og‘ir ligi 20–30 g. U eng katta so‘lak bezi hisoblanib, no to‘g‘ri shaklga ega. Qu loq oldi bezi quloq sup rasini oldida va pasti- da, pastki jag‘ suyagi shoxining tash qi yuzasida joylashib, qis- man chaynov mushagini yopib turadi. Yuqorida bez yonoq ra- vog‘igacha borsa, pastda pastki jag‘ burchagigacha tushadi. Or- qa tomondan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak va so‘rg‘ich- simon o‘simtagacha y etib boradi. U tuzilishi jihatidan murakkab alveolyar bez bo‘lib, tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimali kap- sula bilan o‘ralgan. Uning tolalari bezni bo‘lakchalarga ajratadi. Har bir bo‘lakni alohida naychasi bo‘ladi. Bez bo‘lakchalari nay- chalari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan quloq oldi bezining 5–6 sm uzun likdagi nayi bezning oldingi chekkasidan chiqadi. U chaynov mushagining ustidan yonoq ravog‘idan 1–2 sm pastroqda yo‘na- lib, lunj mushagini teshib o‘tadi va ustki jag‘ning ikkinchi katta oziq tishi sohasi- ga ochiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling