Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 109-rasm. Halqum mushaklari (orqa tomondan ko‘rinishi)
Halqum
Halqum (pharynx) bosh va bo‘yin sohasida joylashgan toq a’zo bo‘ lib, hazm va nafas tizimiga kiradi (109-rasm). Halqum bo‘shlig‘ida hazm va nafas yo‘llari kesishadi. U voronkasimon shaklda bo‘lib, uzun ligi 12–14 sm. Halqum burun, og‘iz bo‘shliq- lari va hiqildoqning orqasida yotadi. U yuqorida kalla asosiga bi- 212 rikadi. Pastda u VI–VII bo‘yin umurt qalari sohasida qizilo‘ngachga o‘tib ketadi. Kalla asosiga birikkan yuqori devori halqum gum- bazi deyiladi. Halqumning orqa yuzasi bo‘yin umurtqalari oldida joylashgan mushaklar va bo‘yin fassiyasiga tegib turadi. Halqumning ikki yon tomonida bo‘yinning tomirli-nerv- li dastasi yotadi. Halqumning old tomonida joylashgan a’zolarga nisbatan halqumda uch: burun, og‘iz va hiqildoq qismi tafovut qili- nadi. 109-rasm. Halqum mushaklari (orqa tomondan ko‘rinishi): 1–halqum-asos fassiyasi; 2–halqumning ustki qisuvchi mushagi; 3–bigizsimon o‘siq-halqum mushagi; 4–bigizsimon-til osti suyagi mushagi; 5–halqumni o‘rta qisuvchi mushagi; 6–til osti suyagi; 7–qizilo‘ngach; 8–halqumning pastki qisuvchi mushagi; 9–medial qanotsimon mushak. Halqumning burun qismi halqum gumbazi bilan yumshoq tang lay o‘rtasida joylashgan. U o‘ng va chap xoanalar vositasi- da burun bo‘shlig‘i bilan qo‘shilgan. Halqum gumbazini orqa de- vorga o‘tish joyini ichki yuzasida limfoid to‘qima to‘plami hal- qum murtagi joylashgan. Halqumning burun qismini yon devori- da eshituv nayining halqum teshigi, uning ust va orqa tomonida nay bolishi joylashgan. Eshituv nayi halqumni o‘rta quloq bilan qo‘shib turadi. Nay teshigi bilan tanglay chodiri o‘rtasida limfoid to‘qima to‘plami – nay murtagi joylashgan. Halqumning og‘iz qismi tanglay chodiri bilan hiqildoqqa ki- rish teshigi o‘rtasida joylashgan. Bu qism old tomondan tomoq teshigi vositasida og‘iz bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi. Halqumning og‘iz qismida til ildizi sohasida til murtagi yon tomonda esa juft tanglay murtagi joylashgan. Halqumning hiqildoq qismi hiqildoqning orqasida hiqildoq- qa kirish teshigidan qizilo‘ngachgacha davom etadi. Hiqildoq- qa kirish teshigi yuqo ri tomondan hiqildoq usti tog‘ayi yon to- mondan cho‘michsimon-hi qildoq usti burmalari, past tomondan cho‘michsimon tog‘aylar bilan chegaralangan. Halqumning hiqil- doq qismida noksimon cho‘ntaklar joy lashgan. Halqumning qizil- o‘ngachga o‘tish sohasi toraygan bo‘lib, halqum-qizilo‘ngach to- raymasi deyiladi. 213 Halqumning burun va og‘iz qismida halqa shaklida joylashgan ikkita juft (nay va tanglay) va ikkita toq (halqum va til) murtaklar to‘plamini Pirogov-Valdeyer limfo-epitelial halqasi deb ataladi. Halqum devori quyidagi qavatlardan iborat: Shilliq parda halqum devorini ichki tomondan qoplab, yuqo- ri qismida fibroz parda bilan birikkani uchun burmalar hosil qil- maydi. U burun qismida kiprikli epiteliy bilan, pastki qismlari- da ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Unda shilliq bezla- ri bo‘lib, ularning suyuqligi ovqat yutgan vaqtda ovqat luqmasini sirpanishini ta’minlaydi. Shilliq osti asos halqumning yuqori qismida fibroz parda yoki halqum-asos fassiyasini hosil qilib, halqumni bosh suyagi asosini tash qi yuzasiga tortib turadi. Halqumning hiqildoq qis- mida esa bu qatlam bo‘sh shilliq osti asos shaklida bo‘ladi. Mushak qavat ko‘ndalang-targ‘il mushaklardan tuzilgan bo‘lib ikki: halqumni qisuvchi va ko‘taruvchi guruhlarga bo‘lina- di. Halqum ning qisuvchi mushaklari uchta: ustki, o‘rta va pastki. Ular kalla asosi, til osti suyagi, pastki jag‘ suyagi, hiqildoq tog‘ay- laridan boshlanib orqa tomonga yo‘naladi va o‘rta chiziqda o‘zaro birikib halqum chokini hosil qiladi. Halqumni ko‘taruvchi yoki bo‘ylama mushaklarga bigizsimon- halqum va tanglay-halqum mushaklari kiradi. Halqum mushakla- ri ovqatni yutishda ishtirok etadi. Halqum bo‘shlig‘iga ovqat luq- masi tushganda, uning bo‘ylama mushaklari halqumni yuqori- ga ko‘taradi. Halqumni qisuvchi mushaklar esa yuqoridan pastga tomon birin-ketin qisqarib, ovqat luqmasini qizilo‘ngach tomon yo‘naltiradi. Advensial parda Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling