Anatomiya 2014. indd


bel umurtqasi sohasida chapga burilib, o‘n ikki barmoq ichakning  pastki bukilmasini


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   422
Bog'liq
True

 
bel umurtqasi sohasida chapga burilib, o‘n ikki barmoq ichakning 
pastki bukilmasini
 hosil qilib gorizontal qismiga o‘tadi. Gorizon-
tal qismi
 o‘n ikki barmoq ichakning pastki bukilmasidan chapga 
tomon yo‘nalib III bel umurt qasi tanasi sohasida yuqoriga ko‘ta-
rilib, ko‘tariluvchi qismiga davom etadi. Ko‘tariluvchi qismi II 
bel umurtqasi tanasining chap chekkasi sohasida o‘n ikki barmoq 
ichak bilan och ichak orasidagi bukilma hosil qilib och ichakka 
o‘tib ketadi. O‘n ikki barmoq ichakni qorin parda boshlanish va 
oxirgi qismlari har tomondan о‘rasa, qolgan qism lari qorinparda 
orqasida yotadi. O‘n ikki barmoq ichakning shilliq pardasida hal-
qasimon burmalar
 hamda pastga tushuvchi qismining medial de-
vorida joylashgan o‘n ikki barmoq ichakning bo‘ylama burmasi
 
bor. Bu burmaning pastki qismidagi o‘n ikki barmoq ichakning 
katta so‘rg‘ichiga
umumiy o‘t yo‘li va oshqozon osti bezi nayi
undan yuqoriroqda joylashgan o‘n ikki barmoq ichakning kichik 
so‘rg‘ichga oshqozon osti bezining qo‘shimcha nayi ochiladi. 
Ingichka ichakning tutqichli qismi o‘n ikki barmoq ichakning 
davomi bo‘lib, ko‘ndalang chambar ichak va uning tutqichidan 


222
past da, old tomondan katta charvi bilan yopilgan, 14–16 qovuz-
loq hosil qilib joylashadi. Uning 2/5 qismi och ichakka, 3/5 qis-
mi yonbosh ichakka to‘g‘ri keladi. Bu ikki bo‘lim o‘rtasida aniq 
chegara yo‘q.
Och ichak o‘n ikki barmoq ichakning bevosita davomi bo‘lib, 
qorin bo‘shlig‘ining chap yuqori qismida yotadi. Uning qovuzloq-
lari gorizontal joylashgan. Yonbosh ichak
qorin bo‘shlig‘ining 
o‘ng past ki qismini egallab, o‘ng yonbosh chuqurchasida ko‘r-
ichakka o‘tib ketadi. Uning qovuzloqlari vertikal joylashgan. In-
gichka ichak devori shilliq parda, shilliq osti asosi, mushakli qa-
vat, seros pardadan iborat.
Ingichka ichakning shilliq pardasi
pushti rangda bo‘lib, un-
da 650 taga yaqin, balandligi 8 mm gacha bo‘lgan halqasimon 
burmalar bor. Burmalarning balandligi och ichakdan yonbosh 
ichakka qarab kamayib boradi. Ingichka ichakning shilliq par-
dasi bir qavat silindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Shilliq par-
dada ko‘p sonli (4–5 mln) uzunligi 0,2–1,2 mm bo‘lgan ichak 
vorsinkalari
 (116-rasm) bo‘lib, unga duxobaga o‘x shash ko‘rinish 
beradi. Vorsinkalar va burmalar hisobiga shilliq pardaning ovqat 
so‘ruv chi yuza si 24 marta kattala shadi. Vorsinkalarning miq dori 
och ichakda ko‘proq bo‘lib, ular bu sohada ingichka va uzun-
roq bo‘ladi. Ularning markazida limfa sinusi, uning atrofida esa 
qon tomir lar joylashgan. Vorsinkaga arteriola kirib, kapillyarga 
bo‘linadi va undan venulla chiqadi. Ingichka ichak shilliq parda-
sini qoplagan epiteliy hujayralari o‘rtasida ko‘p sonli shilliq ish-
lab chiqaruv chi qadahsimon hujayralar uchraydi. Ovqat bo‘tqa-
sidan yog‘lar limfa tomirlarga, oqsil, uglevodlar vena tomirlariga 
so‘riladi. Vorsinkalar oralig‘iga ichak bezlarining
nayi ochiladi. 
Ingichka ichak shilliq qavatida ko‘p sonli (15000 ga yaqin) yak-
ka holdagi limfatik follikulalar va limfatik 
follikulalar to‘plami (20–30 ta)

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling