Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   422
Bog'liq
True

Jigar
Jigar (hepar) organizmdagi eng katta bez bo‘lib (119-rasm), 
og‘irligi katta yoshdagi odamlarda o‘rtacha 1500 g. U o‘ng qovurg‘a 
osti va qorin usti sohalarida joylashgan. Jigarda ikki: diafragma va 
ichki a’zolarga qaragan yuza tafovut qilinadi. Ustki silliq va qava-
riq diafragma yuzasi
 oldinga va yuqoriga qaragan bo‘lib, diafragma-
ning pastki yuzasidagi botiq likda yotadi. Pastki ichki a’zolarga qa-
ragan yuzasi pastga va orqaga qaragan bo‘ladi. Diafragma va ichki 
a’zolarga qaragan
 yuzalari old tomonda o‘zaro birikib, o‘tkir past-
ki qirrani
hosil qiladi. Diafragma va qorinning oldingi devoridan 
jigarning diafragma yuzasiga sagittal sathda yo‘nalgan o‘roqsimon 
boylam
 uni o‘ng va chap bo‘laklarga ajratadi. Jigarning orqa qirrasi 
bo‘ylab diafragmaning pastki yuzasi va qorin bo‘shlig‘ining orqa de-
voridan bosh lanib, frontal sathda yo‘nalgan tojsimon boylam
 birik-
kan. Bu boylamning o‘ng va chap chekkalari kengayib o‘ng va chap 
uchburchakli boylamlarni hosil qiladi. Chap bo‘lakning diafragma 
yuzasida yurak botig‘i bor. 
Jigarning visseral yuzasida (120-rasm) ikkita sagittal va bitta 
fron tal sathda yo‘nalgan egat joylashgan. Chap sagittal egat jigar-
ning chap bo‘lagini o‘ng bo‘lagidan ajratadi. Uning oldingi qis-
119-rasm. Jigarning diafragma yuzasi:
1–jigarning o‘ng bo‘lagi; 2–toj simon boylam; 
3–o‘roqsimon boylam; 4–jigarning chap bo‘la-
gi; 5–chap uchburchakli boylam; 6–jigarning 
yumaloq boylami; 7–pastki qirra; 8–o‘ng
uchburchakli boylam.


231
mida jigar ning yuma loq boylami yorig‘i,
 
orqa qismida esa vena boylami joy lash gan 
yoriq
 bor. O‘ng sagittal egat nisbatan keng 
bo‘lib, uning oldingi qismida o‘t pufagi 
chuqurchasi joylashsa, orqa qismida past ki 
kavak vena egati

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling