Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- E gepatiti.
Jigar patologiyasi
Jigar patologiyasi ichida eng ko‘p virusli gepatitlar uchraydi. Bu kasalliklar bir guruhga kirib, jigar shikastlanishi va intoksika- tsiya paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi va ko‘pincha, sarg‘ayish bilan kechadi. Gepatitning A, B, E, C, D, J turlari uchraydi. A gepatiti. Virus sog‘lom odamga bemordan o‘tadi – fekal yo‘l orqali yuqadi, ya’ni ovqat, suv va maishiy yo‘l orqali. 234 B gepatiti. Kasallik manbayi bemor. Sun’iy yuqish yo‘llari: qon va uning preparatlarini quyish, tibbiy jihozlar, manikyur, pedikyur, quloq teshish, tatuaj qilish va boshqalar. Tabiiy yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, ona qornida va tug‘ruq vaqtida. E gepatiti. Yuqish yo‘llari – maishiy, suv orqali. C gepatiti. Yuqish yo‘llari – parenteral, narkomanlar gepatiti ham deyiladi. D gepatiti. B gepatiti virusi bo‘lganida namoyon bo‘ladi. Ko‘pin- cha, surunkali gepatit rivojlanishi o‘limga ham olib keladi. J gepatiti. Parenteral yo‘l orqali yuqadi. Gepatit o‘tkir va surunkali kechadi. O‘tkir turini inkubatsion davri birnecha kundan olti oygacha cho‘ ziladi. Prodromal davrida ishtaha pasayadi, holsizlik, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi kuzatiladi. Klinik davrida ko‘zning oq pardasi, teri, tirnoqlar sarg‘ayib ketadi, jigar kattalashadi, hujay- ralari shikastlanib nekrozga uch raydi, axlat oqarib, siydik to‘q pi- vo rangiga o‘x shab qoladi. Surunkali gepatit, odatda, o‘tkir gepatitning oqibati sifati- da rivoj lanadi. Jigar hajmi kattalashadi, qattiqlashadi, rangi ola- chipor ko‘rinishda bo‘ladi. Kasallik gepatositlar distrofiyasi va nekrozi, stroma va portal yo‘llari yallig‘lanish infiltratsiyasi bilan ifodalanadi va og‘ir hollarda jigar sirroziga olib keladi. Jigar sirrozi uchun to‘rtta asosiy belgilar xarakterlidur: jigar hu- jayralarini distrofiyasi, ularni regeneratsiyasi, biriktiruvchi to‘qi- mani o‘sib ketishi va jigar deformatsiyasi. Jigar sirrozining sabab- lari: ovqatlanish ning buzilishi, (avitaminoz, ovqatda oqsil yetish- masligi) intoksikatsiyalar, virusli gepatit, xolangit. Yana jigarda qon dimlanishi bilan kechuv chi yurak yetishmovchiliklarining oqibati bo‘lishi ham mumkin. Alkogol ham alo hida rol o‘ynay- di. Sirroz rivojlanishi asosida gepatositlarni nekrozi, natijada yosh biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib ketishi (gipertrofik sirroz) yotadi (121-rasm). Keyinchalik jigar hujayralarining ko‘plab o‘lishi tu- fayli jigar kichrayib ketadi (atrofik sir- roz). Sirrozda jigarda qon aylanishi kes- kin buziladi. Natijada qorin bo‘shlig‘ida joylashgan a’zolarda, qon dimlanib qola- di, ayniqsa, taloq 1 kg gacha kattalashib ketadi. Jigar sirrozida bir qator kompen- sator mexanizmlar kelib chiqadi: qorin- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling