Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   422
Bog'liq
True

Oshqozon osti bezi
Oshqozon osti bezi (pancreas) cho‘zinchoq kulrang pushti 
rang li a’zo bo‘lib, oshqozonning orqasida I–II bel umurtqala-
ri sohasida ko‘ndalang yotadi (115-rasm). Uning uzunligi 12–15 
sm, og‘irligi katta yoshdagi odamlarda o‘rtacha 80 g bo‘ladi. Uni 
tashqi tomondan yupqa biriktiruv chi to‘qimali kapsula qoplagan 
bo‘lib, undan bez bo‘lakchalari ko‘rinib turadi. Qorinparda uni 
old va qisman pastki yuzalarini qoplaydi. Oshqozon osti bezining 
uch: boshchasi, tanasi va dumi tafovut qilinadi. Oshqozon osti be-
zining boshchasi
yassi shaklda bo‘lib, I–III bel umurtqalari so-
hasida o‘n ikki barmoq ichakning botiq yuzasiga birikib turadi. U 
orqa yuzasi bilan pastki kavak venaning ustida yotsa, oldingi yuza-
sini ko‘ndalang chambar ichak kesib o‘tadi. Oshqozon osti bezi-
ning tanasi
 uch qirrali shaklda bo‘lib, I bel umurtqasining oldi-
da o‘ngdan chapga qarab yo‘nalib, taloq darvozasigacha boruvchi 
bezning dum qismiga o‘tib ketadi. Osh qozon osti bezi tanasida ol-
dingi ustki, orqa va oldingi pastki yuzalar tafovut qilinadi. Oldin-
gi ustki yuza orqa yuzadan yuqori qirra
oldingi ustki yuza oldingi 
pastki yuzadan oldingi qirra va oldingi pastki yuza orqa yuzadan 
pastki qirra vositasida ajralib turadi. Oshqozon osti bezining dumi
 
chapga va yuqoriga taloq darvozasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Oshqo-
zon osti bezi faoliyat jihatidan aralash, tuzilishi jihatidan murak-
kab alveolyar-naysimon bez hisoblanadi. Uning tashqi sekretsiya 
qismini oshqozon osti bezi bo‘lakchalari tashkil qiladi. Bo‘lak-
chalarning naychalari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan oshqozon os-
ti bezining chiqaruv nayi
uning dumidan boshlanib, bezning ta-
nasi va boshida chapdan o‘ngga qarab o‘tib umumiy o‘t yo‘li bi-
lan qo‘shiladi va o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichiga 
ochiladi. Oshqozon osti bezi nayining ochilish sohasida qisuvchi 
mushak
joylashgan. Oshqozon osti bezining boshi sohasida ho-
sil bo‘lgan qo‘shimcha naycha o‘n ikki barmoq ichakning kichik 
so‘rg‘ichiga ochiladi. Oshqozon osti bezining ichki sekretsiya qis-


237
mi, uning bo‘lakchalari o‘rtasida joylashgan alohida epiteliy hu-
jayralaridan tashkil topgan pankreatik orolchalardan iborat. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling