Anatomiya 2014. indd
chap bo‘lakdan jigarning chap o‘t yo‘li
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jigarning vazifalari.
- Jigar fiziologiyasi.
chap bo‘lakdan jigarning
chap o‘t yo‘li hosil bo‘ladi. Jigar darvozasida ular o‘zaro qo‘shi- lib, jigarning umumiy o‘t yo‘lini hosil qiladi. Jigarning chegaralari. Jigarning katta qismi o‘ng qovurg‘a os- tida, yuqori chegarasi o‘rta o‘mrov chizig‘ida IV qovurg‘a ora- lig‘ida joyla shadi. Bu nuqtadan uning yuqorigi chegarasi o‘ng to- monga va past ga yo‘nalib o‘rta qo‘ltiq chizig‘ida X qovurg‘a ora- lig‘igacha tushib pastki yuzasiga o‘tib ketadi. Chapga tomon yuqo- ri chegara pastga yo‘na lib o‘ng to‘sh yoni chizig‘ida V qovurg‘a oralig‘ida, oldingi o‘rta chiziq da xanjarsimon o‘simta asosini ke- sib o‘tib, VIII qovurg‘a tog‘ayining VII qovurg‘a tog‘ayiga birik- kan joyda pastki chegarasiga o‘tib ketadi. Jigarning pastki chega- rasi o‘ng X qovurg‘a oralig‘idan chapga qarab, o‘ng qovurg‘a ra- vog‘i bo‘ylab chap VIII qovurg‘a tog‘ayining VII qovurg‘a tog‘ayi- ga birikkan joyigacha boradi. Jigarning vazifalari. Jigar hayot uchun muhim a’zo hisobla- nib, u organizmning bioximik labaratoriyasi deyiladi. Jigar bar- cha moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Hazm a’zosi sifatida o‘t ish lab chiqaradi, ba’zi bir-birikmalar sintezida, qon, vitamin- lar va minerallarni to‘plashda ishtirok etadi. Uning himoya vazi- 233 fasi quyidagidan iborat: jigarga darvoza venasi orqali kelayot gan qondagi zaharli moddalar jigarda turli reaksiyalarga uchrab za- rarsizlantiriladi (ma salan, ammiak siydikchilga aylantiriladi) va organizmdan chiqarib yuboriladi. Jigar fiziologiyasi. O‘t jigar hujayralarida ishlab chiqariladi va o‘t yo‘llari orqali o‘n ikki barmoq ichakka quyuladi. Bu jarayon uzluksiz kechadi. Hosil bo‘lgan o‘t o‘n ikki barmoq ichakda ovqat bo‘lganda quyiladi, ovqat bo‘lmaganda, u o‘t pufagida yig‘ila bosh- laydi. O‘t pufagi shilliq pardasida o‘t tarkibidagi suyuqlik so‘rila- di va o‘tning konsentratsiyasi 7–8 marta oshadi. Odamda bir su- tkada 500–1200 ml o‘t ishlab chiqariladi. O‘tning tarkibiga o‘t kislotalari, o‘t pigmentlari, xolesterin va boshqa moddalar kiradi. O‘t pigmenti bilirubin jigarda gemoglabin parchlanganida paydo bo‘lgan mahsulotlardan hosil bo‘ladi. Ovqat bo‘tqasi o‘n ikki bar- moq ichakka o‘tganida, unga o‘t jigardan va o‘t pufagidan tusha- di. Ichakda ovqat bo‘tqasi bo‘lmasa, umumiy yo‘lining qisuvchi mushagi qisqarib, o‘tni ichakka o‘tkaz maydi va o‘t pufak nayi or- qali o‘t pufagiga yig‘iladi. Ichakka tushgan o‘t lipazani 15–20 marta faollashtiradi, yog‘ni maydalaydi, yog‘lar va vitamin K ni so‘rilishida ma’lum ahamiyat ga ega, ichak harakatini kuchaytiradi. O‘t ishlab chiqa- rish va uning ichakka chiqish jarayoni nerv va gumoral yo‘l bi- lan boshqariladi. Ovqatning hidi, chaynash, ovqatni oshqozon va o‘n ikki barmoq ichakda bo‘lishi o‘t ish lab chiqarishni reflektor kuchaytiradi. O‘t ish lab chiqarish, shuningdek, sekretin, gastrin gormonlari, oqsil moddalarning parchalanish mahsulotlari ta’si- rida ham kuchayadi. Duodenal gormon xolisistokinin o‘t pufagi- ni qisqartiradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling