1. Gastrointestinal peptid-gormonlar
Download 0.9 Mb.
|
Gastrointestinal peptid garmoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gastroenteropankreatik endokrin sistema
Gastrointestinal peptid-gormonlar va ularning biologik funksiyalari Gastrointestinal peptid-gormonlar, gastroenteropankreatik endokrin sistema, glyukagon, gastrin, sekretin, bombezin, motilin, glyukagonga o‘xshash peptid 1, grelin, kalsitonin. 1. Gastrointestinal peptid-gormonlar (gaster – oshqozon, intestinum – ichaklar) – umurtqalilarning oshqozon-ichak traktining shilliq qatlamida ishlab chiqariladigan peptid tabiatli gormonlar, ular 17 – 43ta aminokislota qoldiqlaridan tuzilgandir. Gastroenteropankreatik endokrin sistema – ovqat hazm qilish sistemasining turli organlarida tarqoq joylashgan endokrin hujayralaridan va peptid gormonlarni ishlab chiqaruvchi peptidergik neyronlardan iborat bo‘lgan endokrin sistemaning bo‘limidir. Gastroenteropankreatik endokrin sistema – diffuz endokrin sistemaning eng yaxshi o‘rganilgan qismi bo‘lib, uning hujayralarining taxminan yarmini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun gastroenteropankreatik endokrin sistemani «odam organizmidagi eng katta va murakkab endokrin organ» deb hisoblash qabul qilingan. Bu sistema ishlab chiqaradigan peptid gormonlarga gastrointestinal gormonlar deyiladi. Gastrointestinal gormonlar oshqozon-ichak traktining yalliq qavatida ishlab chiqariladi va qonga so‘riladi. Ular oshqozon va ichaklarning sekretor faoliyatida ishtirok etadi, ichaklarning va qon tomirlarining silliq mushaklarining tonusiga ta’sir qiladi, oshqozon-ichak traktining motorikasini boshqaradi va boshqa fiziologik funksiyalarni bajaradi. Gastrointestinal gormonlar 17 – 43 ta aminokislota qoldiqlaridan tuzilgan petidlardir. Ularning qatoriga xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini stimullovchi peptid-gormon gastrin, oshqozon shirasining ajralib chiqishini stimullovchi sekretin, oshqozon va ichaklarning harakat aktivligini kuchaytiruvchi, pepsinning ajralib chiqishini nazorat qiluvchi motilin, oshqozon osti bezi ovqat hazm qildiruvchi fermentlarining sekresiyalanishiga yordam beruvchi xolesistokinin, biologik aktivligi bo‘yicha xolesistokininga o‘xshash bo‘lgan bombezin gormonlari kiritilgan. Bundan tashqari, oshqozon-ichak traktida qon tomirlarini kengaytiruvchi va oshqozon osti bezi tarafidan suv va elektrolitlarning sekresiyalanishini, o‘t (jelch) sekresiyalanishini kuchaytiruvchi vazoaktiv intestinal polipeptid (VIP); oshqozonda kislota ishlab chiqarilishini bostiruvchi gastroingibirlovchi polipeptid (GIP); proglyukagondan uning proteolizi natijasida hosil bo‘luvchi, insulinning fiziologik antagonisti – glyukagonga o‘xshash peptid 1 (glyukagonopodobnыy peptid 1, GPP1) ishlab chiqariladi. GPP1 ham, oshqozon hujayralari ishlab chiqaradigan YY peptidga o‘xshab, gipotalamus neyronlaridagi tegishli retseptorlarga ta’sir etib ishtahaning pasayishiga olib keladi va shu bilan semizlikning oldini oladi. Bundan tashqari, GPP1 oshqozon osti bezi tarafidan insulinning sekresiyalanishini stimullaydi va shu bilan uglevodlar almashinuvini boshqaradi, YY peptid esa insulin ta’sirining effektivligini oshiradi, yoshi katta odamlarda qandli diabet kelib chiqishining oldini oladi. Gastrointestinal gormonlardan bo‘lgan grelin, gipofizda o‘zining retseptorlari bilan bog‘langandan so‘ng, o‘sish gormoni – somatotropin, prolaktin va adrenokortikotrop gormonlar sekresiyasini stimullaydi. GPP1 va YY peptiddan farqli ravishda grelin ishtahaning ochilishiga yordam beruvchi faktor. Gastrintestinal gormonlar kimyoviy strukturasining o‘xshashligi bo‘yicha gruppalarni tashkil qiladi, masalan, sekretin, glyukagon, VIP, GIP kabi. Bu ularning evolyusiya davomida bitta umumiy o‘tmishdoshdan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bunday gastrointestinal gormonlar nafaqat oshqozon-ichak trakti endokrin hujayralari tarafidan, balki, boshqa organ va to‘kimalarning hujayralari tarafidan ham sintezlanadi, masalan markaziy va periferik asab sistemasi hujayralarida xolesistokinin, VIP, gastrin va bombezin peptidlari ishlab chiqariladi. Ichaklarning turli qismlarida sintezlanadigan somatostatin esa gipotalamusda ham ishlab chiqarilib, gipofiz tarafidan o‘sish gormoni somatotropinning hosil bo‘lishini tormozlashda ishtirok etadi. O‘z navbatida markaziy asab sistemasining ba’zi neyroregulyatorlari oshqozon-ichak traktida ham topilgan, masalan «R» moddasi, enkefalinlar, tireoliberinlar va boshqalar. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling