1. Gastrointestinal peptid-gormonlar


Glyukagonga o‘xshash peptid-1 (GPP1)


Download 0.9 Mb.
bet6/6
Sana02.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1146571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gastrointestinal peptid garmoni

Glyukagonga o‘xshash peptid-1 (GPP1) – proglyukagondan, uning proteolizi natijasida hosil bo‘luvchi peptid, insulinning fiziologik antagonisti. Glyukagonga o‘xshash peptid-1ning yarim parchalanish davri ikki minutdan kam. Odamning ovqatlanishlari orasidagi davrda qon plazmasida GPP-1 ning miqdori 5-10 piko-mol bo‘lsa, ovqatlangandan so‘ng uning miqdori 50 piko-molgacha ortadi. Glyukagonga o‘xshash peptid-1ning birlamchi strukturasi quyidagicha:

G lyukagonga o‘xshash peptid 1 strukturasi

  1. Grelin – oshqozon-ichak traktida ishlab chiqariladigan, gonadoliberinning xossalariga o‘xshash xossalarga ega bo‘lgan va boshqa metabolik va endokrin funksiyalarga ega bo‘lgan peptid-gormon.

Ovqatlanishdan oldin grelinning miqdori ortadi, ovqatlangandan so‘ng esa kamayadi. Grelin katta konsentratsiyalarda - yog‘ to‘qimalarida ishlab chiqariladigan va «to‘qlik, to‘yinish» hissini chaqiruvchi leptin gormonini o‘z funksiyalari bilan to‘ldirib turadi, deb hisoblashadi. Grelin 1999 yilda Masayasu Koidzima va uning hamkasblari tarafidan ochilgan.
Grelin
1 17-rasm. Grelinning birlamchi strukturasi va shar-sterjen modeli
Grelin oshqozon osti bezidagi o‘z retseptoriga ta’sir etib, glyukoza bilan stimullanuvchi insulin sekresiyalanishini tormozlaydi. Grelinni ishlab chiqaruvchi hujayralar o‘pkada, buyraklarda, oshqozon osti bezida, o‘n ikki barmoqli ichakda, ingichka ichakda, gonadalarda va plasentada mavjud.

  1. Kalsitonin – 32 ta aminokislota qoldig‘idan iborat peptid gormon, MM 3,6 kDa. Kalsitonin (tireokalsitonin) sut emizuvchilar va odamning qalqonsimon bezidagi parafollikulyar hujayralar ishlab chiqaradigan gormon. Ko‘pchilik hayvonlarda, masalan, baliqlarda analogik funksiyalarni bajaruvchi gormon qalqonsimon bezda emas (vaholanki, qalqonsimon bez umurtqali hayvonlarning hammasida bor) balki, ultimabranxial tanachalarda ishlab chiqariladi, shuning uchun uning nomi kalsitonin deb atalgan.

Odam kalsitoninining birlamchi strukturasi
Tireokalsitonin organizmda kalsiy-fosfor alamashinuvining boshqarilishida, osteoklast va osteoblastlarning balansida ishtirok etadi, u paratgormonning funksional antagonisti hisoblanadi.
Tireokalsitonin qon plazmasida osteoblastlar tarafidan kalsiy va fosfatlarni biriktirib olish hisobiga kalsiy va fosfatlarning miqdorini pasaytiradi (paratgormonning anatagonisti bo‘lgani uchun). Shuningdek, u osteoblastlarning ko‘payishini va funksional aktivligini stimullaydi. Bir vaqtning o‘zida tireokalsitonin osteoklastlarning ko‘payishini va funksional aktivligini, suyaklarning rezorbsiyasini tormozlaydi.
Tireokalsitonin biologik aktivligini namoyon qilishi uchun uning molekulasi N-oxirida, sisteinlar o‘rtasida ko‘prik hosil bo‘lishidan vujudga kelgan, 7 a’zoli kichik halqa bilan birga, molekulasining hammasi kerak. Kalsitoninlarning aminokislota qoldiqlari ketma-ketligida turlararo variabellik juda katta. Masalan, odam va cho‘chqa kalsitoninlari faqat 14 ta umumiy aminokislotalarga ega (32 tadan). Ammo, bunday farqlar bo‘lishiga qaramasdan, ular juda yaxshi biologik aktivlikni ko‘rsata oladi. Bir turdan ajratib olingan kalsitonin ikkinchi turga yuborilganda aktivligini yo‘qotmaydi. Tabiiy kalsitoninlardan eng aktivi losos balig‘idan ajratib olingan.

118-rasm. Odam kalsitoninining strukturasi

119-rasm. Kalsitoninning ikkilamchi tuzilishi
Kalsitonin organizmda to‘g‘ri mineral balansni ushlab turuvchi gormon, bundan tashqari u onkomarker rolini ham o‘ynaydi. Kalsitonin organizmdagi kalsiy miqdorining darajasiga eng ko‘p ta’sir o‘tkazadi, uning nomi ham shundan kelib chiqqan. Bu gormonning asosiy qismi qalqonsimon bezda ishlab chiqariladi, qolgan qismi esa o‘pka, oshqozon-ichak traktida va boshqa organlarda ishlab chiqariladi.
Gormon miqdorining normadan ortib ketishi onkologik kasalliklar yoki shamollash (yallig‘lanish) jarayonlari haqida xabar beradi. Gormon miqdorining normadan pasayib ketishi suyak to‘qimalaridan kalsiyning yuvilib chiqib ketayotgani (osteoporoz) haqida, qalqonsimon bezning yetarli aktiv emasligi (kretinizm) haqida, paraqalqonsimon bez gormonlarining defitsiti (gipoparatireoz) haqida xabar beradi.
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling