1. Gastrointestinal peptid-gormonlar


Download 0.9 Mb.
bet3/6
Sana02.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1146571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gastrointestinal peptid garmoni

Sekretin - oshqozon shirasining ajralib chiqishini stimullovchi peptid gormon. Odam va hayvonlar organizmidagi sekretin 27 ta aminokislota qoldig‘idan iborat va birlamchi strukturasi bo‘yicha ozroq farq qiladi.


Odam sekretinining birlamchi strukturasi
Kimyoviy strukturasi bo‘yicha sekretin oshqozon osti bezi gormoni glyukagon bilan o‘xshash, lekin, unga o‘xshab qondagi glyukozaning miqdoriga ta’sir o‘tkazmaydi. Sekretinni, oshqozondan ichakka tushayotgan xlorid kislotasi ta’sirida, ingichka ichak yuqori qismining yalliq qavati hujayralari ishlab chiqaradi. Sekretin 12 barmoqli ichakda rN~4,5 da to‘liq ajralib chiqadi, va rN qiymatining pasayishi davomida uning ajralib chiqishi ortaveradi.

112-rasm. Sekretin molekulasining tuzilishi

  1. Motilin - oshqozon va ichaklarning harakat aktivligini kuchaytiruvchi, pepsinning ajralib chiqishini nazorat qiluvchi peptid-gormon. Motilinni ingichka ichakning epitelial qavati endokrin M-hujayralari ishlab chiqaradi. Uning tarkibida 22 ta aminokislota koldig‘i bor. Sekretinni tozalash vaqtida Braun (J.C. Brown) tarafidan birinchi bor aniqlangan (1973). Motilin asosan oshqozon-ichak traktining motorikasiga ta’sir etadi – pastki sfinkterning tonusiga ta’sir etadi, oshqozonning va yo‘g‘on ichakning bo‘shalishini stimullaydi. Bundan tashqari, motilin oshqozon osti bezi tarafidan insulin va somatostatin ishlab chiqarilishini ham stimullaydi. Uning o‘tmishdoshi – prepromotilin.

Motilinning molekulyar massasi 2698 Da. Uning birlamchi strukturasi quyidagicha:
Phe-Val-Pro-Ile-Phe-Thr-Tyr-Gly-Glu-Leu-Gln-Arg-Met-Gln-Glu-Lys-Glu-Arg-Asn-Lys-Gly-Gln
Motilinning YaMR-spektroskopiyasi natijasida uning molekulasi Glu9 va Lys20 oralig‘ida α-spiral, N-oxiri esa β-burma qavat tuzilishga ega ekanligi aniqlangan (113-rasm).

Motilin molekulasining tuzilishi

113-rasm. Motilinning uchlamchi strukturasi
Motilin va grelinning o‘tmishdoshlari aminokislota ketma-ketliklari taxminan 50% bir-biriga o‘xshash, ular asosida sintezlangan yetilgan gormon molekulalar esa aminokislota ketma-ketligi bo‘yicha 36% ga bir-biriga mosdir. Shuning uchun motilin va grelin bir oila – motilin oilasiga birlashtirilgan.


  1. Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling