1. Gastrointestinal peptid-gormonlar


Download 0.9 Mb.
bet4/6
Sana02.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1146571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gastrointestinal peptid garmoni

Xolesistokinin - oshqozon osti bezi ovqat hazm qildiruvchi fermentlarining sekresiyalanishiga yordam beruvchi neyropeptid-gormon. Xolesistokininni o‘n ikki barmoqli ichak yalliq qavatining I-hujayralari va ingichka ichakning proksimal qismi ishlab chiqaradi. Ingichka ichakning yalliq qavatida xolesistokininning aminokislotalar ketma-ketligi bo‘yicha farqlanadigan 3 ta molekulyar shakli aniqlangan - xolesistokinin-8, xolesistokinin-12 i xolesistokinin-33. Bularning orasida xolesistokinin-8 miqdor bo‘yicha 60-70% ni tashkil etadi. Bulardan tashqari qator xolesistokininlar ham aniqlanganki, ular xolesistokinin-58 (CCK58), xolesistokinin-58-deznonopeptid (1-49-CCK58), xolesistokinin-Z9 (CCK39), xolesistokinin-25 (CCK25), xolesistokinin-18 (CCK18), xolesistokinin-7 (CCK7), xolesistokinin-5 (CCK5), CCK-4 kabi molekulalardan iborat.

Xolesistokinin-33 molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligi quyidagicha:
H-Lys-Ala-Pro-Ser-Gly-Arg-Val-Ser-Met-lle-Lys-Asn-Leu-GIn-Ser-Leu-Asp-Pro-Ser-His-Arg-lle-Ser-Asp-Arg-Asp-Tyr- Met-Gly-Trp-Met-Asp-Phe-OH.
1 14-rasm. Xolesistokinin-8 molekulasining modeli
E.K.Ayvi va Ye.Oldberg (E. Oldberg) 1928 yilda yalliq qavatining ekstraktida o‘t qopining qisqarishini chaqiruvchi va o‘n ikki barmoqli ichakka o‘t chiqarilishini boshqaruvchi peptidni aniqlashdi va uni mana shu xossalariga ko‘ra «xolesistokinin» (yunoncha choly — o‘t, kustis — qop va kieō — harakatlantirish) deb nomlashdi. A.A. Xarper (A.A. Harper) va X.S. Raper (H.S. Raper) 1943 yilda ingichka ichakning yalliq qavatidan pankreatik sekresiyani stimullovchi peptidni ajratib olishdi va uni pankreozimin deb nomlashdi. 1960-yillarda xolesistokinin va pankreoziminning bitta modda ekanligi aniqlangan

Xolesistokinin-33 molekulasining tuzilishi

  1. Bombezin – funksiyalari bo‘yicha xolesistokininga o‘xshash, 14 ta aminokislota qoldig‘idan tuzilgan peptid-gormon. Birinchi bor bombezin Bombina turiga mansub qorni katta baqaning terisidan ajratib olingan, nomi shundan kelib chiqadi. Sut emizuvchilarda uning ikkita gomologi mavjud bo‘lib, neyromedin-V va gastrinni-ajratuvchi peptid deyiladi. Bombezin G-hujayralardan gastrinning ajralishini stimullaydi. Bombezinning birlamchi tuzilishi quyidagicha:

Glp-Gln-Arg-Leu-Gly-Asn-Gln-Trp-Ala-Val-Gly-His-Leu-Met-NH2
Bombezin gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezlari o‘qini kuchli aktivlashtiruvchi faktor hisoblanadi, organizmning stress-reaksiyasini boshqarishda ishtirok etadi, xotirada saqlab qolish jarayonlariga ta’sir etadi. Bundan tashqari, bombezin organizmga alkogolni (etanolni) qabul qilishni boshqaradi. Uning fiziologik effektlari – tana haroratining pasayishida, oshqozon-ichak traktidagi sekretor jarayonlarni boshqarishda namoyon bo‘ladi.

Bombezin molekulasining tuzilishi


  1. Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling