Quyosh kollektorining effektivligini issiqlik izolyatsiyasining funksiyasi sifatida aniqlash
Download 24.56 Kb.
|
3-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Nazariy qism
3-LABORATORIYA ISHI QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI ISSIQLIK IZOLYATSIYASINING FUNKSIYASI SIFATIDA ANIQLASH Ishning maqsadi: Quyosh kollektorining harorat koeffitsiyentini issiqlik izolyatsiyasi bilan va usiz o’lchashni hamda quyosh kollektorining effektivligini baholashni o’rganish. Kerakli jihozlar: Quyosh kollektori, quvvati 1000 W bo’lgan, och tusli cho’g’lanma lampa, suv nasosi, boshqariladigan past kuchlanishli transformator, uzunligi 100 sm bir juft kabel (qizil/sariq), Mobil CASSY, NiCr-Ni harorat datchigi, po’latli o’lchash poloskasi, taymer (sekundomer), V shaklidagi shtativ asos va turli balandliklardagi shtativ ustunchalar, multi qisqichlar, universal tutgich, plastik stakan, diametri va uzunligi turlicha bo’lgan silikon quvurlar, bevosita ulagich. Nazariy qism Quyosh kollektori quyosh radiasiyasini yutadi va o’zini hamda to’ldirilgan suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi (η) suv yutgan issiqlik energiyasi (∆Q) ning kollektorga tushayotgan radiatsion energiya (∆Ε) ga nisbati bilan o’lchanadi: (3.1) Bu ifodadagi suv yutgan issiqlik energiyasi (∆Q) ni cm∆t va radiatsion energiya 𝛥𝐸 ni esa P∙t orqali ifodalab, (1) tenglikni quyidagicha yozish mumkin: (3.2) Bu yerda c – suvning solishtirma issiqlik sig’imi, m suvning massasi, ∆t – temperaturalar farqi, P – cho’g’lanma lampaning quvvati, t – o’lchashlar o’tkaziladigan vaqt oralig’i. Kollektor atrof muhitga nisbatan issiqroq bo’lganda, u atrof muhitga nurlanish, konveksiya va issiqlik o’tkazuvchanlik orqali issiqlik ajratadi. Shu yo’qotishlar sababli kollektorning effektivligi kamayadi. Tajribada suyuqlikning majburiy sirkulyasiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Sistema (kollektor, quvurlar va bak) tomonidan yutilgan issiqlik energiyasi asosan suvda mujassamlashganligi uchun quyosh kollektorining harorati juda yuqori bo’lib keta olmaydi. Tajribalarda quyosh kollektori issiqlik izolyatsiyasi bilan hamda usiz qo’llaniladi. Bunda bakda suvning haroratviy xarakteristikalari o’lchanadi. Download 24.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling