Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘t pufagi O‘t pufagi
121-rasm. Jigar sirrozi.
235 ning oldingi devorini va qizil o‘ngachning shilliq pardasi venalari kengayadi, kollateral qon aylanish rivojlanadi. Bunda qon, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan oshqozon, qizilo‘ngach, to‘g‘ri ichak vena- lari orqali aylanib o‘tadi. Kollateral qon aylanish qizilo‘ngach va boshqa a’zolar venalarini yorilishiga olib kelishi mumkin. Qon aylanishini buzilishi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarida qon dim lanib qolishi, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishiga – as- sitga sabab bo‘ladi. Sariqlik sirrozda hamma vaqt ham bo‘lmay- di. Moddalar almashinuvining buzilishi juda ifodalangan bo‘lib, bemorni ozib ketishiga, anemiyaga va asta-sekin jigar yetishmas- ligiga, u esa jigar komasiga va o‘limga olib keladi. O‘t pufagi O‘t pufagi (vesica fellae) o‘t to‘planadigan a’zo. U jigarning visseral yuzasidagi o‘z nomidagi chuqurchada joylashib noksimon shaklga ega. O‘t pufagining hajmi 50–60 sm 3 . O‘t pufagida uch qism: tubi, tanasi va bo‘yni tafovut qilinadi. Uning kengaygan uchi o‘t pufagining tubi jigarning oldingi qirrasidan biroz chiqib turadi. O‘t pufagining tubi orqa tomonga uning katta qismi tana- siga o‘tadi. Tanasi jigar darvozasi tomon yo‘nalib o‘t pufagining toraygan bo‘ynini hosil qiladi. O‘t pufagi bo‘yni uzunligi 3,5 sm bo‘lgan pufak yo‘liga davom etadi. Uning devori quyidagi qavat- lardan iborat: ichki shilliq pardasida burmalar bo‘ladi. O‘t pufa- gi bo‘yni va nayi sohasida spiralsimon burmalar hosil qiladi. Mu- shak pardasi halqali va biroz qiyshiq yo‘nalgan shilliq mushak to- lalaridan iborat. Uning ustida yupqa seroz parda osti asosi bor. Seroz pardasi uning erkin turgan yuzasini qoplaydi. Seroz parda yo‘q sohalar adventitsial parda bilan qoplangan. Jigarning umumiy o‘t yo‘li pufak yo‘li bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan uzunligi 7 sm atrofida bo‘lgan umumiy o‘t yo‘li jigar, o‘n ikki barmoq ichak boylami varaqlari o‘rtasida umu- miy jigar arteriyasi va darvoza venasi bilan birga yotadi. U past- ga tomon yo‘nalib, o‘n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismi- dagi o‘n ikki barmoq ichakning katta so‘rg‘ichiga oshqozon osti bezi nayi bilan qo‘shilib, umumiy nay hosil qilgan holda ochila- di. Bularning qo‘shilgan yerida jigar-oshqozon osti kengaymasi, quyish joyida esa kengaymaning qisuvchi mushagi hosil bo‘ladi. Umumiy o‘t yo‘lida oshqozon osti bezi nayi bilan qo‘shilishi- 236 dan oldin umumiy o‘t yo‘lini qisuvchi mushagi bor. U jigar va o‘t pufagidan kelayotgan o‘tni o‘n ikki barmoq ichakka o‘tishini boshqarib turadi. Bu qisqich yopiq vaqtda o‘t o‘t yo‘lidan pufak nayi orqali o‘t pufagiga yig‘iladi. Ichak bo‘shlig‘iga ovqat o‘t gan vaqtda qisqich ochilib o‘t ichakka o‘tadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling