Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorinparda Qorinparda (peritoneum)
Fiziologiyasi. Oshqozon osti bezi shirasi rangsiz, ishqoriy
mu hit ga ega tiniq suyuqlik. Uning tarkibida oziqa moddalarni gidroliz ga uchratib, so‘rilishi va organizm hujayralari o‘zlashti- rishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarga parchalovchi fermentlar bor. Oqsilni parchalovchi fermentlar (tripsin, ximotripsin) oqsil mo- lekulasini aminokislotalarda parchalaydi. Lipaza fermenti yog‘ni glitserin va yog‘ kislotasiga, amilaza va maltaza murakkab ugle- vodlarni monosaxaridlargacha, nukleaza bo‘lsa, nuklein kislota- larni parchalaydi. Oshqozon osti bezining faoliyati neyro-gumo- ral yo‘l bilan boshqariladi. Oshqozon osti bezi shirasi ovqat qabul qilgandan 2–3 da- qiqa o‘tgach, chiqa boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i retseptorlarining ovqat bilan ta’sirlanishi oshqozon osti bezini peflektor ravishda qo‘zg‘atadi. Oshqozon osti bezi shirasini keyinchalik ajralishi o‘n ikki bar- moq ichak shilliq pardasini ovqat bo‘tqasi va oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota bilan ta’sirlanishi hisobiga qo‘llab turi- ladi. Bu ta’sir lovchilar ta’sirida ichakning shilliq pardasida sekre- tin va pankreomizin gormonlari chiqib, qonga so‘riladi va qon bilan oshqozon osti bezi hujayralariga borib, ularni qo‘zgatadi. O‘n ikki barmoq ichak shilliq pardasida duodenal bezlar joylash gan. Ular tarkibida nofaol tripsinogenni oqsilni parcha- lovchi faol ferment tripsinga aylantiruvchi ferment enterokinaza bor ichak shirasini chiqaradi. Ichak shirasidan tashqari ko‘p miq- dorda himoya vazifasini bajaruvchi shilliq ham chiqaradi. Qorinparda Qorinparda (peritoneum) qorin bo‘shlig‘i devorini va uning ichida joylashgan a’zolarni qoplagan seroz pardadir (122-, 123- rasm). U ikki: qorin bo‘shlig‘i devorini qoplagan parietal qo- rinparda va ichki a’zolarni o‘ragan visseral qorinpardadan ibo- rat. Bu ikki varaq bir-birining uzluksiz davomi bo‘lib erkaklarda tash qi muhit bilan aloqasi bo‘lmagan (ayollarda bachadon nayi- ning qorin teshigi orqali tashqi muhit bilan qo‘shiluv chi) qo- rinparda bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Bu bo‘shliq parietal va visse- ral qorinpardaning o‘rtasida tor yoriq shaklida joylashadi. Uning ichida qorinparda yuzasini namlab, a’zolarning erkin haraka- 238 tini ta’minlab turuv chi oz miqdorda- gi seroz suyuqlik bo‘ladi. Qorinpar- daning umumiy sat hi 1,71 m 2 ga teng bo‘lib, ust tomondan mezoteliy hu- jayralari bilan qop langan. Qorinparda bilan qorin devori o‘rtasida tarkibida yog‘ to‘qimasi bo‘lgan seroz osti asosi bor. Uning qalinligi hamma yerda bir xil emas. Diafragma sohasida bu qat- lam bo‘lmay, qorinning orqa devorida yaxshi rivojlanib buyrak, buyrak usti bezi va boshqa a’zolarni o‘rab tura- di. Qorinparda qorin bo‘shlig‘i devo- ridan a’zolarga yoki a’zolardan a’zo- larga o‘tish joylarida burmalar, boy- lamlar, chuqurchalar va tutqichlar hosil qiladi. Qorinning oldingi devorini qop- lagan parietal qorinparda yuqo riga diafragmaning pastki yuzasiga o‘tadi. Diafragmaning pastki yuzasidan qo- rinparda o‘roqsimon boylam , tojsi- mon boylam, o‘ng va chap uchbur- chakli boylamlarni hosil qilib jigarga o‘tadi. Qorinparda old tomondan jigarning o‘tkir qirrasini, orqa tomondan orqa qirrasini aylanib o‘tib, uning visseral yuzasini qoplaydi. O‘ng bo‘lakdan qo- rinparda o‘ng buyrakning yuqori uchi- ga jigar-buyrak boylamini hosil qilib o‘tadi. Jigar darvozasidan esa qorin- pardaning ikki varag‘i-duplikatura- si (bittasi darvozaga jigarning past ki yuza sini old tomonidan, ikkinchisi or- qa qismidan) oshqozonning kichik egriligiga jigar-osh qozon boy- lamini va o‘n ikki barmoq ichakning yuqori qismiga jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylamini Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling