Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
So‘rilish
So‘rilish deganda suv va unda erigan oziqa moddalar, tuz- lar va vitaminlarni hazm kanalidan qon va limfaga o‘tish ja- rayoni tushuniladi. Ba’zi bir dori moddalar (nitroglitserin) og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi orqali so‘riladi. Oshqozonda alkogol va ba’zi bir dorilar yaxshi so‘rilsa, suv juda kam so‘riladi. So‘rilish asosan vorsinkalar hisobiga yuzasi 1300 m 2 tashkil qiladigan in- gichka ichakda o‘tadi. Vorsinkalarning alohida mu shak hujayra- lari ularni qisqarishini va ichidagi mah sulotlarni oqishini ta’min- laydi. Vorsinkalar xuddi mikronasos kabi ishlaydi. Ichak epiteliyi hujayralari bir xil moddalarni (aminokislotalar va glukoza) o‘tka- zuvchi va boshqa moddalarni o‘tishiga qarshilik qiluvchi (par- chalanmagan oqsil va kraxmal) yarim o‘tkazuv chan membrana- ni hosil qiladi. O‘n ikki barmoq ichak shilliq pardasida vorsin- kalarni qo‘zg‘atuvchi villikining gormoni hosil bo‘ladi. Amino- kislotalar va glukoza vorsinka kapillyarlaridagi qonga so‘rilib, undan ichak venalariga o‘tadi va darvoza venasi orqali jigarga kiradi. Ichakdan o‘tgan barcha qon jigar orqali o‘tib, unda oziqa moddalar turli o‘zgarishga uchraydi. Yog‘lar asosan limfaga so‘riladi. Ichakda yog‘lar glitserin va yog‘ kislotalarga parchalanadi. Glitserin suvda eriydi va oson 229 so‘riladi. Yog‘ kislotalarini o‘t kislotalari eriydigan holga kel- tiradi va ular bilan birga so‘riladi. Agar ichakda o‘t kislota tuz- lari bo‘lmasa, yog‘larning hazm bo‘lishi va so‘rilishi buziladi va yog‘ning ko‘p qismi axlat bilan yo‘qotiladi. Yo‘g‘on ichakda aso- san suv so‘riladi. Ba’zi bir tuzlar (magniy sulfat va natriy sulfat) ichakda ju- da yomon so‘riladi. Ularni qabul qilgandan keyin himusning os- matik bosimi oshadi va suv qondan ichakka chiqib uni to‘ldirib cho‘zadi va peristaltikani kuchaytiradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling