Anatomiya 2014. indd


Yo‘g‘on ichak fiziologiyasi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   422
Bog'liq
True

Yo‘g‘on ichak fiziologiyasi. Yo‘g‘on ichakning asosiy vazifa-
si suv va oziqa moddalarni qolgan qismini so‘rish, ichak ichidagi 
moddalarni to‘plash, najasni hosil qilish va chiqa rishdir.
Yo‘gon ichakning shilliq pardasi mexanik va kimyoviy ta’sir-
lovchilar ta’siri ostida oz miq 
dorda shira va 
ko‘p miqdorda shilliq ish lab chi qaradi. Ovqat-
da bo‘lgan oziqa tolalari (kletchat ka, selluloza) 
yo‘g‘on ichakkacha o‘zgarishsiz boradi. Yo‘g‘on 
ichakda joylashgan bakteriyalar orga nizm uchun 
katta ahamiyatga ega. Bakteriyalar fermenti ta’-
118-rasm. To‘g‘ri ichakning shilliq pardasi:
1–to‘g‘ri ichak kengaymasi; 2–chiqaruv teshigi
ustunchalari; 3–orqa teshikni qisuvchi ichki
mushak; 4–orqa teshik sinuslari; 5–orqa teshikni
qisuvchi tashqi mushak; 6–to‘g‘ri ichakning
ko‘ndalang burmalari.


228
sirida kletchatka yemiriladi va o‘simlik hujayralari tarkibi hazm 
qilinish ga va so‘rilishga tayyor bo‘ladi. Ovqat tarkibidagi 50 % 
kletchatka hazm qilinadi. Bakteriyalar vitamin K va B guruh vita-
minlarini sintez qiladi. 
Yo‘g‘on ichakda ingichka ichakdan farqli ravishda peristal-
tik ha ra katdan boshqa antiperistaltik harakatlar sodir bo‘lib, ichak 
ichidagi moddalarni orqaga, ingichka ichakka tomon suradi. Bu ja-
rayon ovqat qoldiq larini ichakda uzoq vaqt ushlanib turishiga olib 
keladi va oziqa moddalar va suvni ko‘proq so‘rilishiga olib keladi. 
Aralash ovqatlanganda organizmda 10 %ga yaqin qabul qi-
lingan ovqat o‘zlashtirilmaydi. Ovqatning hazm qilinmagan qis-
mi va bakteriyalar shilliq bilan yopishib (axlatning 50 %ga yaqin 
quruq moddasini tashkil qiladi) axlatni hosil qiladi. To‘g‘ri ichak 
to‘lgan sari, uning devori cho‘zilib hojatga talab paydo bo‘ladi va 
ichakning ixtiyoriy bo‘shashi ro‘y beradi. Ixtiyordan tashqari ho-
jat markazi orqa miyaning dumg‘aza qismida joylashgan.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling