Uglevodlar lipdlar va aminokislotalarning almashinovida jigarning roli. Jigarda qon plazmasi oqsillarning sintezi reja


Download 32.56 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi32.56 Kb.
#1289454
  1   2   3   4
Bog'liq
Uglevodlar lipdlar va aminokislotalarning almashinovida jigarning roli. Jigarda qon plazmasi oqsillarning sintezi


Uglevodlar lipdlar va aminokislotalarning almashinovida jigarning roli. Jigarda qon plazmasi oqsillarning sintezi
REJA:

  1. Uglevodlarning tabiatda tarqalishi va ularning biologik ahamiyati.

  2. Mushak toʻqimalarida oʻtadigan kimyoviy jarayonlar

  3. Oqsil Sintezi

1. Uglevodlar tabiatda juda keng. tarqalgan boʻlib, ular barcha tirik mavjudotlar: oʻsimlik, odam va hayvon organizmlarining tarkibida uchraydi. Lekin, oʻsimlik va hayvon organizmlarining tarkibida uglevodlarning miqdori bir xil emas. Odam va hayvon organizmida uglevodlarning miqdori 2% dan oshmaydi. Lekin odam va hayvon oziqasining asosiy qismi (oʻrtacha 50-60%i) uglevodlarga toʻgʻri keladi. Oʻsimlik organizmlarida esa ularning miqdori 80-85% ga qadar boʻladi, chunki yashil oʻsimliklar xlorofil donachalari va quyosh energiyasi ishtirokida karbonat angidrid bilan suvdan foydalanib, uglevodlarni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bu sintez oʻsimliklarda fotosintez jarayoni asosida amalga oshiriladi.
Turli xil oʻsimlik mahsulotlari va donlarning tarkibida uglevodlarning miqdori bir xil emas. Donlardan uglevodlarga eng boy boʻlganlari guruch (76 %), makkajoʻxori (68%), bugʻdoy (52%) kabilardir. Olma, sabzi, karam, piyoz kabi mahsulotlar tarkibida esa uglevodlar 6-13% ga qadar boʻladi.
Oʻsimliklarda uglevod asosiy oziqaviy manba (krax­mal) sifatida xizmat qiladi hamda tayanch vazifasini bajaruvchi birikmalar (kletchatka) sifatida hujayra va toʻqimalar tarkibiga kiradi.
Odam va hayvon organizmida esa oqsillar singari uglevodlar ham hujayra Shiralari tarkibiga kiradi hamda tirik organizm hayotida hal qiluvchi rol oʻynaydi, ayniqsa energiya manbai sifatida xizmat qiladi, ya’ni 1 g uglevod oksidlanganda 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi.
Murakkab tuzilishga ega boʻlgan uglevodlardan mukopolisaxaridlar hayvon organizmlarida birlashtiruvchi toʻqima va hujayralararo moddalar tarkibiga kiradi hamda organizmga ta’sir qiladigan har xil moddalarning toʻqimalar orqali oʻtishiga qarShilik qiladi.
Uglevodlar kimyoviy tarkiblari jihatidan koʻp atomli spirtlarning al’degid va ketonlari hisoblanadi. Chunki bularning molekulalarida al’degid, karbonil, gidroksil funksional guruhlari uchraydi.
Al’degid va spirt guruhini tutuvchilarni al’dospirtlar (glyukoza, galaktoza, riboza, ksiloza), keton guruhini tutuvchilarni (fruktoza) ketospirtlar deyiladi.
Uglevodlar asosan uch guruhga – monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlarga boʻlib oʻrganiladi.

Download 32.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling