Uglevodlar lipdlar va aminokislotalarning almashinovida jigarning roli. Jigarda qon plazmasi oqsillarning sintezi reja


Muskul toʻqimalarida oʻtadigan kimyoviy jarayonlar


Download 32.56 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi32.56 Kb.
#1289454
1   2   3   4
Bog'liq
Uglevodlar lipdlar va aminokislotalarning almashinovida jigarning roli. Jigarda qon plazmasi oqsillarning sintezi

2. Muskul toʻqimalarida oʻtadigan kimyoviy jarayonlar
Muskul toʻqimalarida ham uglevodlarning glikogendan (glikogenoliz) yoki glyukozadan (glikoliz) boshlab parchalanish holatlari kuzatilishi ma’lumdir. Bularda sodir boʻladigan kimyoviy jarayonlar ham ikki fazada: anaerob va aerob fazalarda oʻtadi. Shu ikkala faza jarayonida ham koʻp energiya ajralib chiqadi. Shu hosil boʻlgan energiya muskullarning ish faoliyati uchun sarfla­nadi.
Uglevodlarning anaerob oksidlanishida ATF ishtirok etib, u tarkibiy qismlarga -ADF va fosfor kislotasiga parchalanadi. Hosil boʻlgan fosfor kislota glikogen bilan birikib, undan glyukoza fosfat hosil bo ‘lishida ishtirok etadi.
Glikogen amilaza fermentining ta’sirida gidrolitik parchalanish xususiyatiga ham ega. Bu paytda oraliq mahsulotlar sifatida dekstrinlar va maltoza hosil boʻladi. Unga maltaza fermenti ta’sir etib, oxiri glyukozaga qadar parchalanadi.
Anaerob parchalanishning keyingi bosqichida kreatinfosfat kislota tarkibiy qismlarga parchalanadi. Hosil boʻlgan fosfat kislota ADF bilan birikib ATF hosil boʻlishida qatnashadi.
Keyingi bosqichda esa yuqorida hosil boʻlgan geksoza-fosfat va sut fosfat kislotalariga parchalanadi, hamda ma’lum bir miqdorda energiya hosil boʻladi. Shu energiya hisobiga hosil boʻlgan fosfat kislota kreatin bilan birikib, qaytadan kreatinfosfat birikmasi sintezlanadi va ma’lum miqdorda sut kislota hosil boʻladi.
Mushak toʻqimalarida kreatinfosfat kislotasining parchalanish vaqayta sintezlanish hodisasi yuz berib turadi.
Mushaklarda sut va atsetosirka kislotalari aerob parchalanishga yoʻliqib, oxiri CO2 va H2O hosil qiladi. Sut va atsetosirka kislotalar parchalanishining ma’lum bir bosqichida atsetil — KoA hosil boʻlib, u ham uch karbon kislotalar siklida CO2 va H2O ga qadar oksidlanadi.
Sut va atsetosirka kislotalarining aerob oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan energiyaning asosiy qismi ADF dan ATF sintezlanishi uchun sarflanadi. Lekin sut kislotasining hammasi CO2 va H2O ga qadar parchalanmay, faqat bir qismigina parchalanadi. Bu reaksiya natijasida ham energiya hosil boʻladi. Ana Shu hosil boʻlgan energiya hisobiga parchalanmay qolgan sut kislotasining asosiy qismi yana glikogenning sintezlanishi jarayonida ishtirok etadi.
Mushaklardagi kimyoviy jarayonlar toʻgʻri oʻtganda ATFning miqdori kamaymaydi. Faqatgina tegishli miqdorda glikogen sarf boʻlib boradi. Mushakda glikogen tanqisligi yuz berganda yogʻlar va oqsillar ham parchalana boshlaydi va u energetik manba sifatida sarf boʻlib borishi mumkin.

Download 32.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling