Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
112-rasm. Oshqozonning
shilliq pardasi: 1–qizilo‘ngachning shilliq pardasi; 2–oshqozon burma- lari; 3–oshqozonning pilorik qismining teshigi; 4–pilorik qismidagi qisuvchi mushak; 5–shilliq pardaning bo‘ylama burmalari. 218 Tashqi seroz parda qorinpardaning visseral varog‘idan hosil bo‘lib, oshqo- zonni hamma tomondan o‘raydi. Oshqozon fiziologiyasi. Qabul qi- lingan ovqat oshqozonda 4 dan 10 soat gacha turadi va shu vaqt ichida ovqat massasi mexanik va kimyo viy parchalanadi. Ovqat massasini mexa- nik parchalanishi osh qozon mushak- larini tonik va peristaltik qisqarishi ta’siri ostida ro‘y beradi. Tonik qisqa- rish uzoq vaqt va beto‘xtov davom eta- di. Peristaltik qisqarish oshqozonning kardial qismidan boshlanib, to‘lqinsi- mon pilorik qismiga qarab yo‘naladi. Shunday qilib aralashgan ovqat mas- sasi osh qozon shirasi ta’siriga uchraydi va kimyoviy parchalanib suyuq bo‘tqaga aylanadi. Oshqozon shirasi oshqozon bezlari mahsuli hisoblanadi. U ti- niq, rangsiz suyuqlik, tarkibida xlorid kislota bo‘lgani uchun mu- hiti kis lotali. Oshqozon shirasi tarkibiga pepsin, gastriksin va li- paza fermentlari, 0,5 % xlorid kislota, shuningdek, mutsin kira- di. Oshqozon shirasi tarkibida lizotsim fermenti va HCl bo‘lgani uchun u bakteri tsid xususiyat ga ega. Odamda bir sutkada 1,5–2,5 l osh qozon shirasi ish lab chiqariladi. Oshqozonda ovqat bo‘lmagan- da, uning bezlari shira ishlab chiqarmaydi, shilliq parda yuzasi esa shilliq bilan qoplangan. Ovqat yeyish bosh langandan 5–10 daqiqa o‘tgach, bezlar shira ishlab chiqara boshlaydi va sekretsiya jarayo- ni oshqozonda ovqat tugamaguncha davom etadi. Shira ajralishi ovqatning sifati va miqdoriga bog‘liq. O‘simlik oqsillari hayvoniy oqsillarga qaraganda qiyinroq hazm bo‘ladi. Shira ning hazm kuchi nonga eng uzoq ta’sir qiladi, 200 g nonni hazm qilishda sekretsiya davri o‘rtacha 10 soat, 200 g go‘sht uchun 8 soat, 600 g sut uchun 6 soat, go‘shtli ovqat yeganda kislotali yuqo ri, sutli ovqatda kamroq, non yeganda undan ham kam. Bo‘sh oshqozon har 60–80 daqiqada davriy qisqaradi, bu qisqa rish larni ochlik qisqarishlari deb nomlanadi. Qisqarish davri 10–15 daqiqa davom etib, tinchlik davri bilan almashinadi. Bu qisqarishlar ochlik sezgisini keltirib chiqaradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling