Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Download 71.05 Kb.
bet1/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar







Anatomiya oraliq savol javoblari

Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti
Embrionning kalla qismida ektoderma qavatidan og'iz bo‘shlig'i hosil boiadigan sohada chuqurcha bo'ladi. Bu chuqurcha embrionning entoderma qavatidan taraqqiy etadigan halqum bilan qo'shiladi. Og'iz bo'shlig'ining atrofi o'rta burun, yuqori jag' va pastki jag' kurtaklari bilan o'ralgan bo'ladi. Yuqori lab va yuqori jag' hamda tanglayning hosil bo'lishi uchun o'rta burun kurtaklari yuqori jag' kurtaklari bilan qo'shilish kerak. O'rta burun kurtaklari yuqori jag' kurtaklari bilan qo'shilmasa yuqori labda, yuqori jag'da va tanglayda yon tirqishlar holida anomaliyalar uchraydi. Bunday anomaliya holatlari bir tarafda— unilateral, ikkala tarafda — bilateral tirqishlar holida bo'ladi. O'rta burun kurtaklarining o'zaro qo'shilmasligidan yuqori lab sohasida, yuqori jag'da va tanglayda o'rta tirqish holidagi anomaliyalar uchraydi. Pastki lab, pastki jag' suyaklari pastki jag' kurtaklarining o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. Pastki jag' kurtaklarining o'zaro qo'shilmasligi pastki labda, pastki jag'da uchraydigan o'rta tirqish anomaliyasini keltirib chiqaradi. Yuqori va pastki jag' kurtaklari o'zaro og'iz teshigining burchagi sohasida qo'shiladi. Bu kurtaklar qo'shilishining anomaliya holatida: katta og'iz tirqishi — macrostoma yoki kichik og'iz tirqishi — microstoma hosil bo'ladi. Og'iz bo'shlig'i tashqi embrion parda — ektodermadan hosil bo'lgan ko'p qavatli epiteliy bilan qoplangan bo'ladi. Bu yassi epiteliydan tishlarning emal qavati rivojlanadi. Epiteliyning ostidagi mezenxima to'qimasidan esa dentin, pulpa, sement va tish ildizini o'rab turgan periodont moddalari rivojlanadi. Doimiy tishlar ham, sut tishlari singari ektoderma va mezenximadan rivojlanadi. Sut va doimiy tishlar uchun emal kurtagi umumiy bo'ladi. Kurtak orasiga mezenxima moddasining o'sib kirishi natijasida emal kurtagi ikkiga ajraladi va doimiy tishlar kurtagi chuqurlashadi. Natijada yuqori va pastki jag'larda 10 tadan sut va doimiy tish kurtaklari hosil bo'ladi. Embrion taraqqiyotining 5- oyida oxirgi sut tishlarining orqasida I - doimiy katta oziq tishlar kurtagi hosil bo'ladi. Tug'ilgandan so'ng, jag' suyaklarining o'sishi natijasida 6--7- oyda 2- doimiy katta oziq tish kurtagi hosil bo'ladi. 3- doimiy katta oziq tish kurtaklari 4-5 yoshdagi bolalarda hosil bo'lishi mumkin. Doimiy tish tanasi bilan sut tishining ildizlari orasida suyakdan hosil bo'lgan to'siq bo'ladi. Doimiy tishlarning o'sishi ko'p yadroli hujayralar — osteklastlarning suyakni yemirishi bilan bog'liq bo'ladi. Sut tishi ildizlari atrofida esa sementoklast hujayralari paydo bo'lib, ular sut tishi ildizlarini yemira boshlaydi. Natijada doimiy tishlar chiqayotganida, sut tishlarining toj qismi — koronkasi qoladi xolos. Hazm a’zolarining ko'p qismi ichki embrional parda — entodermadan rivojlanadi. Taraqqiyotnmg boshlang'ich davrida entoderma ikki uchi berk holdagi naydan tashkil topgan bo‘ladi. Bu entodermal nayni uch bo'limga ajratishimiz mumkin: oldingi ichak nayi, o‘rta ichak nayi, orqa ichak nayi. Oldingi ichak nayining oldingi uchi ektodermadan taraqqiy etgan og'iz bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi. Orqa ichak nayi esa ektodermada taraqqiy etgan to'g'ri ichak bilan qo'shiladi. Oldingi ichak nayining boshlang'ich qismidan halqum taraqqiy etadi. Taraqqiyotning boshlang'ich davrida halqum taraqqiy etadigan sohada kengaymalar hosil bo'lib, bu halqum cho'ntaklari deb ataladi. Halqumning oldingi devoridan til taraqqiy etadi. Tilning epiteliy hujayralaridan, uning foramen coecum sohasidan qalqonsimon bez taraqqiy etadi. Halqum atrofidagi birinchi cho'ntak kengaymasi sohasidan o'rta quloq bo'shlig'i — nog'ora bo'shlig'i va eshituv nayi (Evstaxiy nayi) taraqqiy etadi. Halqum atrofidagi ikkinchi cho'ntak kengaymasidan tanglay murtagi va sinus tonsillaris chuqurchasi, uchinchi va to'rtinchi cho'ntak kengaymasidan qalqonoldi va ayrisimon bezlar taraqqiy etadi. Birlamchi ichak nayi boshlang'ich qismining devori halqum devorini hosil qilishda qatnashadi. Halqum devorining mushakli qismi, uning ostidagi mezenxima to'qimasidan taraqqiy etadi.
Qizilo’ngach devorining ichki qismi birlamchi ichak nayining oldingi qismidan taraqqiy etadi. Qizilo'ngach devorining mushak qismi esa mezodermadan hosil bo'ladi. Shu sababli qizilo'ngachning yuqori qismi ko'ndalang-targ'il mushaklar bilan, o'rta va pastki uchi esa silliq mushaklar bilan qoplangan. Me’da ham oldingi ichak nayidan taraqqiy etadi. Oldingi nayning pastki uchi embrion taraqqiyotining 4- haftasida kengayadi. Avval me’da sagital tekislikda joylashib, katta egrilik orqada, kichik egrilik esa oldingi sohada joylashadi. Keyinchalik esa, me’da o'ng tarafga buriladi. Natijada me’daning kardialkirish qismi chap tarafda, katta egrilik pastki sohada, kichik egrilik esa yuqori yuzada hosil bo'ladi. O'rta ichak nayi sagital tekislikda joylashib, embrion taraqqiyotining 5- haftasida tez o'sishi hisobiga ikkiga bukiladi. Natijada o'rta ichak nayining tushuvchi qismi va ko'tariluvchi qismlari hosil bo'ladi. Bu davrda tushuvchi va ko'tariluvchi qismlar orasidagi bukilish sohasi kindik sohasi bilan nay vositasida birlashadi. Tez orada bu nay atrofiyaga uchrab yo'qoladi. Lekin ba’zan bu nay anomaliya sifatida saqlanib qoladi va Mekkel divertikuli deyiladi. Mekkel divertikuli yonbosh ichakdan kindik sohasiga yo'nalgan kengayma sifatida uchraydi. O'rta ichak qovuzlog'ining tushuvchi qismidan 12 barmoq ichak, och ichak, yonbosh ichakning bir qismi taraqqiy etadi. 12 barmoq ichak devoridan jigar va me’da osti bezlari ham rivojlanadi. O'rta ichak qovuzlog'ining ko'tariluvchi qismidan yonbosh ichakning distal qismi, yo'g'on ichakning ko'richak qismi, ko'tariluvchi qismi va ko'ndalang qismlari taraqqiy etadi. Entodermadan ichak nayning ichki shilliq qavati taraqqiy etadi. Ichak devorining mushak va seroz qavatlari mezenxima to'qimasidan rivojlanadi. O'rta ichak nayi bilan oldingi ichak nayi orasidagi chegara jigar va me'da osti bezlarining taraqqiy etish sohalariga to'g'ri keladi. O'rta ichak nayi qovuzloqlari boshlang'ich taraqqiyot davrida sagital tekislikda joylashadi. Bu nayning tushuvchi va ko'tariluvchi qismlari orasidagi bukilish sohasida chuvalchangsimon o'simta hosil bo'ladi. Embrion taraqqiyotining 5- haftasida ichak nayi o'z o'qi atrofida o'ng tarafga buriladi. Qovuzloqning bukilish sohasi o'ng tarafga, yuqoriga yo'nalib, chuvalchangsimon o'simta hamda ko'richak sohasi jigar ostida paydo bo'ladi. Taraqqiyotning keyingi davrlarida, ichakning o'sishi hisobiga ko'richak pastga tusha boshlaydi va o'ng yonbosh sohada paydo bo'ladi. Birlamchi ichak nayining orqa qismidan yo'g'on ichakning tushuvchi qismi. S-simon ichak va to'g'ri ichakning yuqori qismlari taraqqiy etadi. Boshlang'ich davrda to'g'ri ichak sohasi berk holda tugaydi. Tashqi parda — ektodermadan to'g'ri ichakning oxirgi qismlari taraqqiy etib, entodermadan taraqqiy etgan bo'lim bilan qo'shiladi. Qo'shilish sohasida mezenxima to'qimasidan silliq mushak — m. sphinter ani internus va ko'ndalang targ'il mushak — m. sphinter ani externus lar hosil bo'ladi. Embrion taraqqiyotining 4-5- haftasida ichak nayining 12 barmoq ichak rivojlanish sohasidan me’da osti bezining kurtaklari taraqqiy etadi. Bu kurtaklar ikkita bo'lib, birinchisi ichak nayining jigar va o't pufagi rivojlanadigan oldingi devoridan taraqqiy etib, me’da osti bezining oldingi kurtagi deyiladi. Ikkinchi kurtak 12 barmoq ichakning orqa devoridan rivojlanadi. Orqa kurtakdan me’da osti bezining tanasi va dum qismlari taraqqiy etadi. Oldingi kurtakdan esa me’da osti bezining boshchasi rivojlanadi. Ichak nayining o'z o'qi atrofida o'ng tarafga burilishi natijasida, me’da osti bezining boshchasi uning qolgan qismlariga qo'shiladi. Boshchadan kelayotgan me’da osti bezining nayi — ductus pancreaticus orqa kurtak nayining bir qismiga qo'shiladi va o't yo'llari bilan birgalikda 12 barmoq ichak devoridagi katta so'rg'ich sohasiga ochiladi. Orqa kurtak nayining qolgan qismi esa alohida saqlanib, ductus pancreaticus accesorius nomi bilan 12 barmoq ichakning kichik so'rg'ichi sohasiga ochiladi. Jigar kurtaklari 12 barmoq ichakning oldingi devoridan me’da osti bezining kurtagi bilan birgalikda taraqqiy etadi. Jigar kurtaklarining yuqori qismidan jigar to'qimasi, jigar ichidagi o't naylari — ductus hepaticus taraqqiy etadi. Jigar kurtaklarinin ostki qismidan o't qopchasi va umumiy o't yo'li rivojlanadi. Jigar kurtaklari boshlang'ich davrda oldingi sohada joylashadi. Ichak nayining o'ng tarafga burilishi natijasida, jigar o'ng qovurg'a osti sohasiga o'tadi. Anomaliya sifatida ichak nayining burilishi teskari tarafga ham bo'lishi mumkin. Bunday holatlarni — situs viscerum inversus deyilib, me'da va taloq o‘ng tarafda, jigar va chuvalchangsimon o'simta chap tarafda bo'ladi. Ichak nayining to'liq teskari burilishi natijasida, ko'krak bo'shlig'idagi a’zolar ham teskari joylashadi: yurak o'ng tarafda va qorin bo'shlig'idagi a’zolar teskari joylashadi. Ichak nayi qisman teskari burilishi mumkin. Bunday hollarda faqat qorin bo'shlig'idagi a’zolar teskari joylashadi.




  1. Download 71.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling