Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


- savol. Appendiks chuvalchangsimon o


Download 71.05 Kb.
bet14/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

12- savol. Appendiks chuvalchangsimon o'simta — appendix vermiformis
O'simliklar bilan oziqlanadigan hayvonlarda ko'richak katta bo'lib, chuvalchangsimon o'simta uchramaydi. Aksincha yengil hazm bo'ladigan oqsilli, yoki aralash ovqat iste’mol qiladigan hayvonlarda ko'richak kichikroq bo'lib, chuvalchangsimon o'simtaning uzunligi 8-15 sm bo'ladi, ko'richak bo'shlig'iga ochiladigan teshik — ostium appendicis vermiformis ning kengligi 5 mm bo'ladi. Ko'pincha bu sohada shilliq qavatdan hosil bo'lgan burma — valvula processus vermiformis uchraydi. O'simta qorin parda bilan har tarafdan — introperitoneal o'ralgan, uning tutqichi mesoappendix bo'ylab qon tomirlar va nervlar yo'naladi. Chuvalchangsimon o'simta devori, ko'richak devoriga o'xshash: shilliq, shilliq osti, mushak va seroz qismlardan iborat qavatlardan tuzilgan. O'simtaning shilliq osti qavatida limfoid tugunlar to'plami — folliculi lymphatici aggregati appendicis vermiformis — ko'p miqdorda uchraydi.
13- savol. Jigar — hepar
Jigar — hepar 1500 gr og'irlikka ega bo'lgan eng katta bez hisoblanadi. Qorin bo'shlig'ining o'ng qovurqa osti sohasida joylashgan. Jigarda ishlab chiqilgan o't 12 barmoq ichakka tushadi. Jigar baryer (to'siq)lik vazifasini bajaradi: oqsil parchalanishi natijasida hosil bo'lgan zaharli moddalar ichakda so'rilsa, qon orqali jigarga kelib— zararsizlantiriladi. Jigar uglevod va yog' almashuvida ishtirok etadi. Jigarning ikki yuzasi bo'lib, diafragmaga tegib turganligidan facies diaphragmatica deyilsa, ostki yuzasi a’zolarga tegib turganligidan facies visceralis deyiladi. Diafragma yuzasida quyidagi qismlar tafovut etiladi:
1) Pars superior – ustki qismi. Bu sohada yurakning izidan paydo bo’lgan hosila – impression cardiaca ko’rinadi.
2) Pars anterior – oldingi qismi:
3) Pars dextra – o’ng qismi:
4) Pars posterior – orqa qismi:
5) Area nuda – qorin pardadan tashqari maydoncha (o’ralmagan sohasi).
Bu maydonchada pastki kovak vena joylashadigan egat — sulcus venae cavae, vena boylami joylashadigan tirqish — fissura ligam enti venosi hamda venoz boylami — lig. venosum ko‘rinadi. Diafragma bilan jigar orasidagi o'roqsimon boylam lig. falciforme hepatis— jigarni ikki bo'lakga ajratib turadi. O'ng bo'lak — lobus hepatis dexter, chap bo'lak — lobus hepatis sinister. O'ng bo'lak o'z navbatida oldingi sohada joylashgan lobus quadratus, hamda orqa sohada joylashgan lobus caudatus qismlariga bo'linadi. Bu sohalar visseral yuzada ko'rinadi. Jigarda o'roqsimon boylamdan tashqari: diafragma yuzada tojsimon boylam lig.coronarium hepatis, uning uchburchaksimon qirralari — lig.triangulare dextrum et sinistrum deyiladi. Jigarning oldingi yuzasida esa, kindik sohasi bilan birlashadigan yumaloq boylam — lig. teres hepatis joylashgan. Jigarning a’zolarga qaragan yuzasidan: o'ng buyrak bilan birlashadigan lig. hepatorenale; me’daning kichik egriligiga lig.hepatogastricum va o'n ikki barmoq ichakka lig.hepatoduodenale boylamlari yo'naladi.
Jigarning ostki yuzasida o't qopchasi — vesica fellea joylashadigan chuqurcha — fossa vesicae fellea, orqa sohasida esa ostki kovak vena joylashadigan egat — sulcus venae cavae bo‘ladi.
Jigarning ostki yuzasida jigar darvozasi porta hepatis joylashgan. Bu darvozadan jigar arteriyasi — a. hepatica, darvoza venasi — v. portae umumiy o't yo'li — ductus hepaticus communis, nerv va limfa tomirlari o'tadi. Qorin parda jigarni mezoperitoneal holatda o'rab uning tashqi tarafidagi pardaga — tunica serosa va uning ostidagi qavatiga tela subserosa deyiladi. Jigar tashqi tarafdan fibroz parda — tunica fibrosa bilan o'ralgan bo'ladi. Bu parda jigar darvozasi sohasida a’zoning ichkarisiga yo'nalib, jigarni bo'laklarga, segmentlarga va bo'lakchalarga ajratadi. Jigar bo'lakchalari — lobuli hepatis tashqi tarafdan bo'lakchalararo qon tomirlar — v.a.inter lobularis bilan o'ralib turadi. Bo'lakcha markazida esa markaziy vena -v.centralis joylashgan. Bo'lakchalararo qon tomirlar va markaziy vena orasida jigar hujayralari joylashadi. Jigar darvozasidan a.hepatica propria va darvoza venasi v.portae lar jigar ichiga yo'naladi. Jigar ichida qon tomirlar maydaroq tomirlarga parchalanib, oxirgi bo'linish natijasida hosil bo'lgan qon tomirlar bo'lakchalar orasida joylashgan — a. v. interlobularis deb ataladi. O'z navbatida bu qon tomirlar bo'lakchalarni atrofida joylashadigan yakuniy tomirlar — a.v.ceptalis ga parchalanadi. Bu qon tomirlardan bo'lakchalar ichiga sinusoid tomirlari yo'naladi. O'z navbatida sinusoidlar markaziy venaga yig'ilib quyiladi. Shunday qilib sinusoid-kapillar qon tomirlari: bo'lakcha atrofidagi vena tomirlari va bo'lakcha markazidagi vena tomirlari orasida joylashadi. Natiiada sinusoid-kapillar tomiilar ikki vena orasida bo'ladi va bunday qon aylanishiga— ajoyib venoz to'ri deyiladi. Jigarning sinusoid tomirlari atrofida jigar hujayralari joylashgan. Bu hujayralaming orasida o't yo'llari —- ductuli biliteri boshlanadi. Bu yo'llar bo'lakchalararo o't yo'llari ductuli interlobulares ga ochiladi. O't yo'llari о'zaro qo'shilib, jigar darvozasi sohasida umumiy jigar o't yo'lini ductus herapaticus communis ni hosil qiladi. Ductus hepaticus communis jigar ichidagi quyidagi o't yo'llarining qo'shilishidan hosil bo'ladi:
1) ductus hepaticus dextra — o'ng o't yo'li. Bu о't yo'li — ramus anterior oldingi shox va ramus posterior — orqa shox o't yo'llarining qo'shilishidan hosil bo'ladi; 2) ductus hepaticus sinister chap o't yo'li. Bu o't yo'li — ramus lateralis lateral shox va ramus medialis — medial shox o't yo'llarining qo'shilishidan hosil bo'ladi; 3) ductus lobi caudati dexter — dumsimon bo'lakning o'ng o't yo'li;
4) ductus lobi caudati sinister — dumsimon bo'lakning chap o't yo'li. Bu umumiy jigar o't yo'li jigar darvozasi sohasida o't pufagining yo'li ductus cysticus bilan qo'shilib, umumiy o't yoli — ductus choleidochus ni hosil qiladi. Umumiy o't yo'li — lig.heratoduodenale tarkibida joylashadi va me’da osti bezining asosiy nayi bilan qo'shilgan holda ο'n ikki barmoq ichakning katta so'rg'ichi sohasiga ochiladi. Nayning ochilish sohasida halqasimon mushak tolalari m.sphincter ductus eholedochi — qisuvchi mushagini hosil qiladi. Bu mushak tolalari qisqargan paytida o't ichak bo'shlig'iga tushmaydi. Jigarda doimo ishlab chiqarilgan o't suyuqligi o't pufagida yig'iladi,



Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling