Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


-Savol. Yo'g'on ichak — intestinum crassum


Download 71.05 Kb.
bet12/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

11-Savol. Yo'g'on ichak — intestinum crassum
Yo'g'on ichak — intestinum crassum ingichka ichakning davomi hisoblanadi va quyidagi qismlardan tashkil topadi:
1) ko'richak qismi - caecum;
2) ko'tariluvchi qismi — colon ascendens;
3) ko'ndalang qismi — colon transversum;
4) tushuvchi qismi — colon descendens;
5) Simon qismi — colon sigmoideum;
6) to'g'ri ichak — rectum
Yo'g'on ichakning bo'limlari qorin parda bilan quyidagicha o'ralgan: ko'richak, ko'ndalang qismi, S-simon qismi — introperitoneal (hamma tarafidan o'ralgan); ko'tariluvchi va pastka tushuvchi qismlar — mezoperitoneal (uch tarafdan o'ralgan); to'g'ri ichakning yuqori 1/3 qismi — introperitoneal, o'rta qismi — mezoperitonal va pastki 1/3 qismi — ekstraperitoneal a’zo hisoblanadi. Yo'g'on ichakning devori quyidagi qavatlardan hosil bo'ladi:
1) tunica serosa — tashqi tarafda bo'lib, seroz qavat deyiladi;
2) tela subserosa — seroz osti qavati;
3) tunica muscularismushak qavati; stratum longitudinale bo'ylama tolalar va stratum circulare — qisuvchi tolalardan tashkil topgan. Mushak tolalari yo'g'on ichak devorida bir xilda joylashmaydi, ya’ni tutamlar ma'lum sohalarda qalinroq bo'ladi.
4) tela sulmucosa — shilliq osti qavati;
5) tunica mucosa shilliq qavatda xususiy mushak tutamlari — lamina muscularis mucosae va yo'g'on ichak bezlari — glandulae intestinalis joylashgan.
Yo'g'on ichak bilan ingichka ichak quyidagi hosilalar vositasida o'zaro farqlanadi:
1) yo'g'on ichakning diametri kattaroq;
2) yo'g'on ichak devorida bo'ylama mushak — stratum longitudinale tolalarining yig'ilishi natijasida tasmalar — teniae colli hosil bo'ladi;
3) ko'ndalang mushaklar to'plami natijasida, yo'g'on ichakda pufaksimon kengaymalar haustra coli bo'ladi;
4) yo'g'on ichakning tashqi yuzasida seroz parda va yog' o'simtalari — appendices epiploicae uchraydi.
Tasmalar - teniae coli faqat yo'g'on ichakda uchrab, ularning hosil bo'lishi bo'ylama mushaklarning yig'ilishi hisobiga bo'ladi.
Tasmalar ko'richakdagi chuvalchangsimon o'simta sohasida o'zaro qo'shilgan holda boshlanadi va to'g'ri ichakda tugaydi. Bu tasmalar uch turga bo'linadi:
1) erkin tasma — tenia libera ko'richak, ko'tariluvchi qismlaming oldingi yuzasida joylashadi. Ko'ndalang qismining esa orqa yuzasiga o'tadi;
2) tutqich tasmasi — tenia mesocolica ko'ndalang qism tutqichi birlashadigan sohada joylashadi;
3) charvi tasmasi — tenia omentalis katta charvining ko'ndalang qismiga birikish sohasida uchraydi.

Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling