Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


- savol. Yo'g'on ichak va ingichka ichak shilliq qavatlari orasidagi farqlar


Download 71.05 Kb.
bet13/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

11- savol. Yo'g'on ichak va ingichka ichak shilliq qavatlari orasidagi farqlar:
1) yo'g'on ichakda vorsinkalar uchramaydi;
2) ingichka ichakda halqasimon burmalar bo'lsa, yo'g'on ichakda yarimoysimon burmalar — plicae semilunares coli uchraydi;
3) yo'g'on ichakda yakka holdagi limfatik follikulalar uchraydi.
Yo'g'on ichakning ko'richak — caecum qismi o'ng yonbosh sohasida joylashadi. Yonbosh ichakning ko'richakka o'tish sohasida halqasimon mushak tolalari hisobiga sphincter ileocaecalis hosil bo'ladi. Shu sohada shilliq qavat o'simtalari valva ileocaecalis klapanini hosil qiladi. Halqasimon mushaklar hamda shu sohadagi klapan ingichka va yo'g'on ichaklarni o'zaro ajratib turadi. Ko'r ichak sohasida chuvalchangsimon o'simta — appendix vermiformis bo'ladi. Bu o'simtaning ko'richakga ochilish tirqishi — ostium appendicis vermiformis deyiladi. Chuvalchangsimon o'simta shilliq qavatida limfoid follikulalar yig'indisi — folliculi lymphatici aggregati appendicis vermiformis bo'ladi. Ko'r ichak singari chuvalchangsimon o'simta ham qorin parda bilan har tarafdan o'ralgan bo'lib, uning tutqichi — mesoappendix deb ataladi. Yo'g'on ichakning ko'tariluvchi bo'limi — colon ascendens ning faqat orqa yuzasi qorin parda bilan qoplanmaydi. Jigarning pastki yuzasida burilib — flexura coli dextra hosil qilgan holda ko'ndalang bo'limga davom etadi. Ko'ndalang bo'lim — colon transversum qorin bo'shlig'ining orqa devoriga tutqich — mesocolon transversum vositasida birikadi. Ko'ndalang bo'lim taloq sohasida burilib, flexura coli sinistra ni hosil qilgan holda tushuvchi bo'lim ga davom etadi. O'z navbatida tushuvchi bo'lim chap yonbosh sohasida S-simon bo'lim — colon sygmoideum ga davom etadi. Chiqaruv kanali — canalis analis — to'g'ri ichakning pastki 1/3 qism idan hosil bo'ladi. Bu sohada flexura anorectalis bukilmasi bo'ladi. Shilliq qavat sohasida bo'ylama burmalar bo'lib, ular columnae anales deyiladi. Tashqi chiqaruv kanalining shilliq qavatini teriga o'tish sohasini linea anocutanea deyiladi. To'g'ri ichak — rectum yo'g'on ichakning oxirgi bo'limi bo'lib tashqi chiqaruv teshigi — anus bilan yakunlanadi. Bu sohada halqasimon mushak tolalari qalinlashib m.sphincter ani internus — ichki siquvchi mushakni hosil qiladi. Teri ostida, chiqish teshigi sohasida esa ko'ndalang — targ'il mushak tolalaridan tashkil topgan — m. sphincter ani externus joylashgan. M. sphincter ani externus quyidagi qismlarga bo'linadi:
a) pars profunda — chuqur qismi;
b) pars superficialisyuza qismi;
d) pars subcutenea teri ostidagi qismi.
Ikkala halqasimon mushaklar orasida bo'ylama egatlari — sulcus intersphinctericus hosil bo'ladi. To'g'ri ichakning boshlanish sohasida, dumg'aza suyagining asosida S simon ichak chegarasidagi bukilish flexura sacralis deb ataladi. To'g'ri ichak yo'nalishida yon bukilmalar — flexurae lateralis hosil bo'lib, ular quyidagilardir:
a) flexura superodextra lateralis - yuqorigi o'ng yon bukilma;
b) flexura intermedio sinistra lateralisoraliqdagi chap yon bukilma;
d) flexura inferodextra lateralis — pastki o'ng yon bukilima. To'g'ri ichakning ichki shilliq qavatida ko'ndalang burmalar — plicae transversae recti hosil bo'ladi. To'g'ri ichakning kengaygan sohasi - ampulla recti deyiladi. To'g'ri ichakning mushak qavati ichki halqasimon — stratum circulare hamda bo'ylama tolalar stratum langitudinale lardan tashkil topgan.
To'g'ri ichakning bo'ylama tolalari quyidagi oraliq mushaklarga davom etadi:
a) m.rectococcygeus — to'g'ri ichak va dum umurtqalari orasidagi mushak;
b) m.m.anorectoperineales (m.m.rectourethrales) — to'g'ri ichak devori — chiqish teshigi va oraliq mushaklari orasidagi yoki to'g'ri ichak va siydik chiqaruv kanali orasidagi mushak;
d) m.rectovesicalis — to'g'ri ichak bilan siydik qopchasi orasidagi mushak.



Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling