Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Download 71.05 Kb.
bet21/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

O'pka ichida bronxlarning bo'linishi
O'pka darvozasidan o'tgan asosiy bronx, o'pka ichida uning bo'laklari soniga mos ravishda bo'linadi. Bo'lak bronxlari — bronchus lobares o'ng o'pkada 3 ta, chap o'pkada 2 ta bo'ladi. Bo'lak bronxlarining bo'linishi natijasida o'pkaning segment deb ataladigan qismiga to'g'ri keladigan segmentar bronxlar - bronchus segmentales hosil bo'ladi.
I. O'ng o'pkaning yuqori bo'lagi bronx bronchus loboris superior dexter segmentlarining bronxlari:
1) bronchus segmentalis apicalis (B-I) — yuqori bo'lak uchidagi segment bronxi;
2) bronchus segmentalis posterior (B-II) — yuqori bo'lakning orqa segment bronxi;
3) bronchus segmentalis anterior (B-III) — yuqori bo'lakning oldingi segment bronxi;
II. O'ng o'pka o'rta bo'lagi bronxi bronchus lobaris medius ning segmentar bronxlari:
1) bronchus segmentalis lateralis (B -IV ) — o'rta bo'lakning lateral segment bronxi;
2) bronchus segmentalis medialis (B-V) — o'rta bo'lakning medial segment bronxi;
III. O'ng o'pkaning pastki bo'lagi bronxi — bronchus lobaris inferior dextra ning segmentar bronxlari:
1) bronchus segmentalis superior (B--VI) pastki bo'lakning ustki segmentining bronxi;
2) bronchus segmentalis basalis media ( В VII) — pastki bo'lak asosining medial segment bronxi;
3) bronchus segmentalis basalis anterior (B VIII) pastki bo'lak asosining oldingi segment bronxi;
4) bronchus segmentalis basalis lateralis (В IX) pastki bo'lak asosining lateral segment bronxi;
5) bronchus segmentalis basalis posterior (B -X ) — pastki bo'lak asosining orqa segment bronxi;
IV. Bronchus lobaris superior sinistra chap o'pkaning ustki bo'lak bronxi:
1) bronchus segmentalis apicoposterior (BI+BI1) ustki bo'lak cho'qqisining va orqa sohasining segment bronxi;
2) bronchus segmentalis anterior (B-III) — ustki bo'lakning oldingi segment bronxi;
3) bronchus lingularis superior ( В IV) ustki bo'lakning ustki tilchali segment bronxi;
4) bronchus lingularis inferior (B-V) — ustki bo'lakning pastki tilchali segment bronxi;
V. Bronchus lobaris inferior sinister chap o'pkaning pastki bo'lak bronxi:
1) bronchus segmentalis superior ( В VI) — pastki bo'lakning yuqori segment bronxi;
2) bronchus segmentalis basalis medialis (BVIl) -— pastki bo'lak asosining medial segment bronxi;
3) bronchus segmentalis basalis anterior (B -V lII) — pastki bo'lak asosining oldingi segment bronxi;
4) bronchus segmentalis basalis lateralis ( В IX) pastki bo'lak asosining lateral segment bronxi;
5) bronchus segmentalis basalis posterior ( В X) pastki bo'lak asosining orqa segment bronxi.
O'pka segmentlari ichidagi bronxlarga — bronchi intrasegmentales deyiladi. O'z navbatida bu bronxlar ham maydaroq bronxlarga bo'linadi. Bronxlarning o'pka ichida 8 marotaba bo'linishi natijasida bo'lakchalararo bronxiolalar — bronchioli lobularis hosil bo'ladi. Bu bronxiolalarning ichki diametri I mm ga to'g'ri keladi. Har bir o'pkada 800-1000 ta bo'lakcha bo'ladi. Bronxiolalarning navbatdagi bo'linishi natijasida diametri 0,3-0,5 mm teng bo'lgan oxirgi bronxiola — bronchioli terminales hosil bo'ladi. Oxirgi bronxiolaning bo'linishi natijasida nafas bronxiolalari — bronchioli respiratorii hosil bo'ladi. Nafas bronxiolalari devoridan alveolar naylar — ductuli alveolares ajralib, bu naylar alveolar qopchalar — sacculi alveolares bilan tugaydi. Qopcha devorlari qon tomirlar bilan qoplangan bo'lib, bu sohada gaz almashinadi. Bronxlar devorining tuzilishi, traxeyaning tuzilishiga to'g'ri keladi. Asosiy bronxlar hamda bo'lak bronxlar devoridagi tog'ay yarim halqasimon shaklda bo'ladi. Segmentar bronxlardan keyingi bronxlar devoridagi tog'aylar yarimoysimon shaklga ega. Tog'ayning ichki yuzasida silliq mushak tolalari bo'lib, bu tolalar bronxlarning bo'linish sohasida halqasimon shaklga ega boladi. Ichki yuzasida kiprikli epiteliy hujayralari va shilliq bezlar bo'ladi. Bronxlarning 8 ga bo'linishi natijasida diametri 1 mm ga teng bo'lgan bo'lakcha bronxiolasi — bronchioli lobularis hosil bo'ladi. Bo'lakcha bronxiolasiga to'g'ri kelgan o'pka qismiga ikkilamchi bo'lakcha - lobuli pulmonis secundarii deyiladi. Bo'lakcha bronxiolasi ohirgi bronxiolaga bo'linadi. Oxirgi bronxiola — bronchioli terminales devorida tog'ay moddasi uchramaydi, shilliq bezlar bo'lmaydi. Oxirgi bronxiolalar nafas bronxiolalari — bronchiola respiratorii ga, ular esa nafas yo'llari — ductuli alveolares ga davom etib, nafas xaltachalari — sacculi alveolares bilan tugaydi. O'pkaning eng kichik morfo-funksional birligiga — atsinus deyiladi. Atsinus bitta bronchioli terminalis ning bo'linishidan hosil bo'ladigan bronchioli respiratorii, ductuli alveolares, sacculi alveolares dan tashkil topadi. Bitta bronchioli respiratorii ning bo'linishidan hosil bo'lgan ductuli alveolares va sacculi alveolares larga birlamchi bo'lakchalar — lobulus pulmonis primarius deyiladi. Alveolar xaltachalar yig'indisi 300-350 mln ga teng. Xaltachalar yuzasi 35 m kvadratdan — 100 m kvadratgacha bo'ladi. Atsinuslarning qo'shilishi natijasida bo'lakchalar — lobuli hosil bo'ladi. Bo'lakchalar yig'indisi segmentlami hosil qiladi. Segmentlar esa o'pka bo'laklarini tashkil etadi. O'ng o'pka 3 ta bo'lakdan, chap o'pka esa 2 ta bo'lakdan tashkil topadi.
O'pka segmentlari rentgenanatom Roxlin tadqiqotlariga asosan o'ng o'pka 12 segmentdan, chap o'pka esa 11 segmentdan tashkil topgan. 1955 yili Parijda qabul qilingan ma’lumotlarga asosan o'ng o'pka 11 segmentdan, chap o'pka esa 10 segmentdan tashkil topgan. Xalqaro nomenklaturaga asosan har ikkala o'pkada 10 tadan segment bo'ladi. O'ng o'pkaning yuqori bo'lagida uchta segment bo'ladi: segmentum apicale (S .I), segmentum posterius (S .II), segmentum anterius (S.III). O'ng o'pkaning o'rta bo'lagida ikkita segment bo'ladi: segmentum laterale (S.IV ), segmentum mediale (S.V ). O'ng o'pkaning pastki bo'lagida beshta segment bo'ladi: segmentum superius (S.V I), segmentum basale mediale (cardiacum ) ( S .V II), segmentum basale anterius (S .VIII), segmentum basale laterale (S .IX), segmentum basale posterius (S.X). Chap o'pkaning yuqori bo'lagida beshta segment bo'ladi: segmentum apicoposterius (S.I - II ) — (o'z navbatida bu segment segmentum apicale (S.I) va segmentum posterius (S.II) lardan hosil bo'ladi), segmentum anterius (S .III), segmentum lingulare superius (S. IV ), segmentum lingulare inferius (S.V). Chap o'pkaning pastki bo'lagi beshta segmentdan hosil bo'lgan: segmentum superius (S.VI), segmentum basale mediale (cardiacum ) (S .V II), segmentum basale anterius ( S .V III), segmentum basale laterale (S .IX), segmentum basale posterius (S.X).

Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling