Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Download 71.05 Kb.
bet20/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

22- savol. Bronxlar
Bronxlar bronchus — havoni traxeyadan upka alveolalarigacha o'tkazadigan, uni teskari yo'nalishini ta’minlaydigan, havoni zararli zarrachalardan tozalaydigan a’zodir. BronxIar oldingi ichak nayining ventral qismidan taraqqiy etib, uning devori entoderma va mezodermadan rivojlanadi. Traxeyaning ikkiga bo'linishi natijasida ikkita asosiy bronxlar — bronchi principales dexter et sinister hosil bo'ladi. O'ng bronx kengroq, lekin kaltaroq bo'ladi. O'ng bronx vertikal holda joylashganligidan, traxeyaning davomidek ko'rinadi. Aksincha chap bronx torroq, uzunroq va traxeya bilan hosil etgan burchagi kichikroq bo'ladi. Bronxlar devorining tuzilishi traxeya devoriga o'xshab ketadi. Asosiy bronxlar upka darvozasiga kirib, maydaroq bronxlarga bo'linadi.


23- savol. O'pka — pulmones
Upka ko'krak qafasi — cavitas thoracis da joylashadi. O'ng o'pka — pulmo dexter, chap o'pka — pulmo sinister deyiladi. O'ng o'pkaning hajmi kattaroq bo'ladi. Har bir o'pkaning asosi — basis pulmonis, uchi — apex pulmonis bo'ladi. O'pkaning pastki yuzasi diafragmaga — facies diaphragmatica, tashqi yuzasi qovurg'alarga — facies costalis qaragan, ichki yuzasi — facies mediastinalis bo'ladi. Uning oldingi cheti margo anterior, pastki cheti — margo inferior bo'ladi. O'pkaning ichki yuzasida uning darvozasi — hilum pulmonis bo'lib, asosiy bronx. o'pka arteriyasi, nervi, venasi va limfa tomirlari bilan to‘lib turadi va upka ildizi — radix pulmonis deyiladi. O'pka yuzasi egati — fissurae interlobare vositasida bo'laklarga ajragan bo'ladi. Har bir o'pkada uchraydigan qiyshiq yo'nalgan egat — fissura obliqua yuqorigi va pastki bo'laklami o'zaro ajratadi. O'ng o'pkada qo'shimcha gorizontal egat fissura horizontalis uchraydi. Bu egat o'ng o'pkaning yuqori bo'lagidan o'rta bo'lakni ajratadi. Shunday qilib, o'ng o'pka tarkibida 3 ta bo'lak: lobus superior, medius et inferior bo'ladi. Chap o'pkada esa lobus superior va lobus inferior bo'laklari bo'ladi.

Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling