Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Download 71.05 Kb.
bet18/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

19- savol. Hiqildoq — larynx
Hiqildoq IV-VI bo'yin umurtqalari sohasida. bo'yinning oldingi yuzasida joylashgan. Orqa tomondan halqum. yon tomondan esa bo'yindan o'tuvchi qon tomir va nervlar bilan o'ralib turadi. Hiqildoq yuqori tomondan til osti suyagiga osilib turadi. pastda esa bir oz torayib. kekirdakka (traxeyaga) davom etadi. Hiqildoqjuft va toq tog'ay, boylamlaming va mushaklarning birikuvidan hosil bo'ladi. Hiqildoq quyidagi tog'aylardan tashkil topadi:
1) uzuksimon tog'ay — cartilago cricoidea;
2) qalqonsimon tog'ay — cartilago thyroidea;
3) cho'michsimon tog'ay — cartilago arytenoidea;
4) hiqildoq usti tog'ayi - cartilago epiglottis;
5) shoxsimon tog'ay — cartilago corniculate;
6) ponasimon tog'aylar — cartilago cuneiformis.
Uzuksimon tog'ay halqasimon shaklda bo'lib, hiqildoq asosida joylashgan. Orqa sohasida kengroq — lamina, oldingi va yon sohalar yoysimon — arcus qismlari bo'ladi. Uzuksimon tog'ay orqa sohasida cho'michsimon tog'ay bilan bo'g'im hosil etuvchi yuza — facies articularis arytenoidea, oldingi sohada esa qalqonsimon tog'ay bilan bo'g'im hosil etuvchi yuza — facies articularis thyroidea bo'ladi. Qalqonsimon tog'ay ikki bo'lak — laminae dextra et sinistra lar dan hosil bo'lib, ulaming o'zaro birikishi natijasida bo'rtib chiqqan burchak prominentia laryngea hosil bo'ladi. Bu hosila erkaklarda o'tkir burchak hosil qiladi va shu sabbadan teri ostidan bo'rtib chiqib turadi. Bolalarda va ayollarda bu hosila o'tmas burchak shaklida bo'lib,teri ostida bilinmaydi. Qalqonsimon tog'ayning ustki qismida ustki o'yma – incisura thyroidea superior, ustki shoxsimon o’simta – cornu superius bo'ladi. Tog'ayning pastki sohasida pastki shoxsimon o'simta – cornu inferior joylashgan. Qalqonsimon tog'ay tashqi yuzasida mushaklar birikadigan qiyshiq chiziqlar - linea oblique hosil bo’ladi. Cho’michsimon tog'ay — uzuksimon tog'ayning orqa sohasining ustki yuzasida joylashadi. Piramidasimon ko'rinishga ega bo'lib, asosi — basis, uchi — apex qismlardan tashkil topgan. Cho'michsimon tog'ayning bo'g'im yuzasi — facies articularis deb ataladi. Bu tog'ayda quyidagi yuzalar mavjud:
a) facies anterolateralis — oldingi yon yuza;
b) facies medialis — medial yuza;
d) facies posterior — orqa yuza.
Cho'michsimon tog'ayning oldingi sohasida ovoz boylami birikadigan o'simta — processus vocalis va yon tomonga yo'nalgan mushaklar birikadigan o'simta — processus muscularis bo'ladi. Uzuksimon va cho'michsimon tog'aylar orasidagi bo'g'im — articulatio crcoarytenoidea deyilib, bo'g'im kapsulasi — capsula articularis cricoarytenoidea deyiladi. Bu bo'g'imda quyidagi boylamlar bo'ladi:
a) lig.cricoarytenoideum — uzuksimon va cho'michsimon tog'aylar orasida tortitladi;
b) lig.cricopharyngeum — uzuksimon tog'ay bilan halqum orasida joylashadi. Hiqildoq usti tog'ayi hiqildoqqa kirish teshigi sohasida joylashadi. Hiqildoq usti tog'ayi — cartilago epiglottica ning yaprog'i petiolus epiglottidis, do'ngligi — tuberculum epiglotticum bo'lib quyidagi boylamlar vositasida mustahkamlanadi:
a) lig.thyroepiglotticum — hiqildoq usti tog'ayi va qalqonsimon tog'ay orasida tortilgan;
b) lig.hyoepiglotticum - hiqildoq usti tog'ayi bilan til osti suyagi orasida tortiladi. Hiqildoq usti tog'ayi oldida yog' tanachasi — corpus adiposuni preepiglotticum ko'rinadi. Uning qolgan mayda tog'aylari: shoxsimon hamda ponasimon tog'ay boylamlari orasida joylashadi. Hiqildoqning qalqonsimon tog'ayi til osti suyagi bilan — membrana thyrohyoidea pardasi vositasida birlashadi. Bu pardaning o'rtasi qalinlashgan bo'lib lig.thyrohyoideum medianum boylamini hosil qiladi. Bu pardaning ikki yon tarafida esa lig.thyrohyoidea lateralia boylami hosil bo'ladi. Bu yon boylam tarkibida cartilago triticea tog'ayi joylashadi. Til osti suyagi bilan hiqildoq usti tog'ayi ham lig.hyoepiglotticum boylami vositasida birikkan. Hiqildoq usti tog'ayi qalqonsimon tog'ay bilan lig.thyroepiglotticum vositasida birlashadi. Uzuksimon va qalqonsimon tog'ay orasida - lig.cricothyroideum joylashgan. Ahamiyatli boylamlardan yana biri chin ovoz boylami — lig.vocale. Chin ovoz boylami qalqonsimon tog'ay ichki yuzasidan boshlanib,cho'michsimon tog'ayning ovoz o'simtasi — processus vocalis ga birikadi. Chin ovoz boylamining yuqori sohasida yolg'on ovoz boylamlar, dahliz boylami — lig.vestibulare joylashadi. Bu boylam tutamlarining yo'nalishi chin ovoz boylami tolalariga parallel holda yo'naladi. Hiqildoq tog'aylari o'zaro birlashib, bo'g'imlami hosil qiladi. Qalqonsimon tog'ay bilan uzuksimon tog'ay orasida art.cricothyroidea bo'g'imi mavjud. Bu bo'g'im qalqonsimon tog'ayning pastki shoxlari va uzuksimon tog'ay orasida joylashgan. Bu bo'g'imda kapsula - capsula articularis cricothyroidea bo'lib quyidagi boylamlar mavjud:
a) lig.ceratocricoideum — qalqonsimon tog'ayning pastki shoxi bilan uzuksimon tog'ay orasida joylashadi;
b) lig.cricothyroideum medianum uzuksimon tog'ayning ustki yuzasidan qalqonsimon tog‘ayga tortilgan;
d) lig.cricotracheale — uzuksimon tog'ay bilan traxeya tog'ayi orasida joylashgan. Bu bo‘g‘imdagi harakat natijasida uzuksimon tog'ayning oldingi yuzasi qalqonsimon tog'ayga yaqinlashadi. Uzuksimon tog'ayning orqa qismi va cho'michsimon tog'ay esa, aksincha bu bo'g'imda orqaga suriladi. Natijada ovoz burmasi va boylami taranglashadi. Uzuksimon tog'ay bilan cho'michsimon tog'ay orasida art.cricoarytenoideae bo'g'imi bo'ladi. Bu bo'g'imda cho'michsimon tog'ay o'z o'qi atrofida aylanadi. Hiqildoq tog'aylari orasidagi mushaklar uch guruhga bo‘linadi:
1) konstruktorlar (siquvchi);
2) dilatatorlar (kengaytiruvchi);
3) ovoz boylami tarangligini o'zgartiruvchilar.
Bu mushaklarning hammasi ko'ndalang targ'il mushak tolalaridan tashkil topgan.
Konstruktorlar:
I) m.cricoarytenoideus lateralis — uzuksimon tog'ay bilan cho'michsimon tog'aylar orasidagi yon (lateral) mushak. Uzuksimon tog'ayning yon yuzasidan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning processus muscularis o'simtasiga birikadi. Mushaklarning qisqarishi natijasida processus vocalis hamda ovoz boylamlari o'zaro yaqinlashib, ovoz tirqishi torayadi.
2) m.arytenoideus transversus — cho'michsimon tog'aylar orasidagi ko'ndalang mushak. Cho'michsimon tog'aylar orqa yuzalarini o'zaro birlashtiradi. Mushak qisqarishi natijasida cho'michsimon tog'aylar o'zaro yaqinlashadi hamda ovoz tirqishining orqa sohasi torayadi.
3) m.arytenoidei obliqui - cho'michsimon tog'aylar orasidagi qiyshiq mushak. Ko'ndalang mushaklarning orqa yuzasida joylashib, cho'michsimon tog'aylarning asosi bilan, ikkinchi cho'michsimon tog'ayning uchiga yo'naladi. Bu mushak tolalari cho'michsimon va hiqildoq usti tog'aylari orasidagi m.aryepiglotticus mushagi tolalariga davom etadi. Bu mushaklarning qisqarishi ovoz tirqishini toraytiradi.
4) m.thyroarytenoideus qalqonsimon mushak orqa yuzasida boshlanib, cho'michsimon tog'ayning processus muscularis o'simtasiga birikadi. Bu mushak tarkibida qalqonsimon hiqildoq usti qismlari — pars thyroepiglottica bo'ladi. Mushak qisqarishi hiqildoq bo'shlig'ini toraytiradi hamda ovoz boylamini bo'shashtiradi.
II. Kengaytiruvchi mushaklar:
1) m. cricoarytenoideus posterior uzuksimon tog'ay orqa yuzasidan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning processus muscularis o'simtasiga birikadi. Mushak qisqarishi natijasida uning o'simtalari o'zaro yaqinlashadi, lekin ovoz o'simtalari va ovoz boylamlari uzoqlashadi, tirqish kengayadi.
2) m.thyroepiglotticus — qalqonsimon tog'ay ichki yuzasida boshlanib, hiqildoq usti tog'ayiga birikadi. Mushak tolalari hiqildoqqa kirish teshigini kengaytiradi.
III. Ovoz boylami tarangligini o'zgartiruvchi mushaklar:
1) m. cricothyroideus — uzuksimon tog'ay bilan qalqonsimon tog'ayning pastki shoxi orasida tortilgan bo'ladi. Bu mushak tarkibida to'g'ri tolalardan hosil bo'lgan qism — pars recta va qiyshiq tolalardan hosil bo'lgan qism — pars obliqua bo'ladi. Mushak qisqarishi natijasida qalqonsimon tog'ayning pastki qismi orqaga tortiladi, yuqori qismi esa oldinga yo'naladi. Natijada ovoz boylamining birikish nuqtalari o'zaro uzoqlashadi va boylam taranglashadi.
2) m.vocalis — chin ovoz boylami tarkibida yo'naladi. Qalqonsimon tog'ay ichki yuzasidan boshlanib, cho'michsimon tog'ayning ovoz o'simtasining lateral yuzasiga birikadi. Mushak tolalarining qisqarishi natijasida chin ovoz boylamining birikish nuqtalari o'zaro yaqinlashadi va ovoz boylami bo'shashadi.
Hiqildoq mushaklari. Hiqildoqni harakatga keltiruvchi mushaklar: m.sternohyoideus; m. sternothyroideus; m. thyrohvoideus.
1) Ovoz yorig'ini kengaytiradigan mushaklar: m.cricoarytenoideus posterior.
2) Ovoz yorig'ini toraytiradigan mushaklar: m.cricoarytenoideus lateralis; m.arytenoideus transversus; m.arytenoideus obliqus.
3) Ovoz burmalarini (boylamini) taranglaydigan mushaklar: m.thvroarytenoideus; m. vocalis; m. cricothyroideus anterior.
4) Hiqildoq usti tog'ayini tushuruvchi mushaklar: m.aryepiglotticus; m.thyroepiglotticus.



Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling