Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti
- savol. Hiqildoq bo‘shlig'i — cavitas larynges
Download 71.05 Kb.
|
Anatomiya javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- pars in tercartilaginea
20- savol. Hiqildoq bo‘shlig'i — cavitas larynges
Hiqildoq bo'shlig'iga kirish teshigi - aditus laryngis: hiqildoq usti tog'ayi, cho'michsimon tog'ayining uchi va yon sohada plica aryepiglotticae burmalari orasida joylashadi. Hiqildoq bo'shlig'i qum soatiga o'xshash tuzulishga ega. Uning yuqori kengaygan qismi hiqildoq dahlizi — vestibulum laryngis deyiladi. Dahliz bo'shlig'ining pastki chegarasi — plica vestibularis burmalarigacha davom etadi. Bu burmalar yolg'on ovoz boylamidan — lig.vestibularis hosil boldi. -Bu boylamlar orasida esa dahliz tirqishi — rima vestibuli hosil bo'ladi. Dahliz burmasining ostida,chin ovoz boylamlari — lig.vocale ishtirokida plica vocalis burmasi hosil bo'ladi. Plica vestibularis bilan plica vocalis burmalari orasida hiqildoq qorinchasi bo'shlig'i — ventriculus laryngis joylashgan. Ikki chin ovoz boylamlari orasidagi toraygan tirqish — rima glottidis orqali kengaygan hiqildoq osti bo'shlig'i — cavitas infraglottica ga o'tiladi. Chin ovoz boylamlari orasidagi tirqish rima glottodis ning quyidagi qismlari bo'ladi: a) pars intermem branacea — parda orasidagi qism; b) pars in tercartilaginea — tog'aylar orasidagi qism; d) pars interarytenoidea — cho'michsimon tog'aylar orasidagi burma. O'z navbatida hiqildoq osti bo'shlig'i traxeyaga davom etadi. Hiqildoqning ichki yuzasi shilliq qavati tunica mucosa da glandulae laryngeales bo'ladi. 21- savol. Traxeya — trachea Traxeya hiqildoqning davomi bo'lib VI bo'yin umurtqasidan V ko'krak umurtqasigacha davom etadi. Traxeyaning bo'yin qismi pars cervicalis, ko'krak qismi esa — pars thoracica deyiladi. Traxeyaning pastki uchi ikki asosiy bronxga ajraladi. Uning bo'linish sohasini bifurcatio tracheae deyiladi. Traxeyaning bronxlarga bo'linish sohasida ichki yuzasida bo'rtib chiqqan hosila - carina tracheae yuzaga keladi. Traxeyaning orqa yuzasida qizilo'ngach joylashadi. Uning asosini yarim halqasimon tog'aylar — cartilagne tracheales — hosil qiladi. Traxeya tog'aylari ostida halqasimon mushak tolalari - m.trachealis bo'ladi. Tog'aylar o'zaro lig.annularia boylamlari vositasida qo'shiladi. Tog'aylaming orqa uchlari qo'shilmaganligidan bu sohada mushak tolalari bo'lgan parda — paries membranaceus hosil bo'ladi. Traxeyaning ichki yuzasida kiprikli epiteliy bilan qoplangan shilliq qavat hosil bo'ladi Download 71.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling