Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti
Download 71.05 Kb.
|
Anatomiya javoblar
9-savol. Me’da
Me’da — ventriculus seu gaster qorin bo'shlig'ining yuqori qavatidagi a’zo bo'lib, ko'p qismi chap sohada joylashadi. Me’dada oldingi devori — paries anterior va orqa devori paries posterior bo'ladi. Me’daning qizilo'ngach bilan tutashish sohasi pars cardiaca deyilib, qizilo'ngachning me’daga o'tish teshigi — ostium cardiacum deyiladi. Me’daning 12 barmoq ichakka o'tish sohasini — pars pylorica. shu sohadagi teshik esa — ostium pyloricum deyiladi. Me'daning chap tarafga yo'nalgan, gumbaz shaklidagi qismi, me’daning tubi — fundus yoki gumbazi — fornix deyiladi. Me’daning gumbaz qismidan uning chiqish sohasigacha bo'lgan qismi me’daning tanasi — corpus ventriculi deyiladi. Me’daning pars pylorica qismining tanaga yaqin sohasi kengayib — antrum pyloricum va o'n ikki barmoq ichakka davom etadigan qismiga — canalis pyloricus deyiladi. Me’daning yuqori va o'ng tarafidagi kichik egriligiga — curvatura ventriculi minor, qavariq holdagi pastga va o'ng tarafga yo'nalgan katta egriligiga — curvatura ventriculi major deyiladi. Me’da tanasining pilorik qismiga o'tish sohasida kichik va katta egriliklar o'zaro qo'shilib, burchak hosil qiladi va bu sohani — angulus ventriculi deyiladi. Bu sohaning kichik egrilik tugash qismida o'yma bo'lib — incesura angularis deyiladi. Me’da devori 4 qavatdan iborat. 1. Ichki yuzasidagi shilliq qavat — tunica mucosa burmalar plica gastricae ni hosil qiladi. Me’da shirasi — saccus gastricus ni ishlab chiqadigan bezlar ham shilliq qavatda joylashadi.Bu bezlar joylashuviga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi: a) me’daning kirish qismida joylashgan bezlar — glandulae cardiacae; b) me’daning tanasi va gumbaz qismidagi xususiy bezlar — glandulae gastricae propriae ikki turkum hujayralardan tashkil topgan: asosiy hujayralar pepsinogen fermentini; qo'shimcha hujayralar xlorid kislotasini ishlaydi. d) me'daning o'n ikki barmoq ichakka o'tish sohasida joylashgan bezlar — glandulae pyloricae faqat asosiy hujayralardan tashkil topgan. Me’da shilliq qavatida yakka holdagi limfa tugunlar — folliculi lymphatici gastrici ham uchraydi. Me’da shilliq qavatida xususiy mushaklar bo'lib lamina muscularis mucosae deyiladi. Shilliq qavat yuzasida me’da maydonchalari — areae gastricae, mayda burmalar — plicae villosae va maydonchalarda bezlar ochiladigan chuqurchalar — foveolae gastricae ko'rinadi. 2. Shilliq qavat ostida — tela submucosa qavati joylashganidan, me'da ichki yuzasida burmalar hosil bo'ladi. Kichik egrilik sohasida bu burmalar bo'ylama bo'lib, mushak qavati qisqarishi natijasida „me’da yo'li" - canalis gastricus hosil bo'ladi. Bu yo'l me’daning kirish va chiqish teshiklarini o'zaro bog'laydi. Me’daning chiqish sohasidagi — ostium pyloricum teshigi burmalari halqa holda bo'lib, bunday burmalar me’da va o'n ikki barmoq ichak bo'shliqlarini ajratib turadigan to'siq (klapan) — valvula pylorica ni hosil qiladi. 3. Mushak qavat — tunica muscularis silliq mushaklardan tashkil topadi va uch qavat bo'lib joylashadi. Tashqi qavatda bo'ylama — stratum longitudinale tutamlari; o'rta qavatda halqasimon — stratum circulare tutamlari; ichki yuza sohasida esa qiyshiq tutamlar — fibrae obliquae joylashadi. Halqasimon mushak tutamlari me'dadan o'n ikki barmoq ichakka o'tish sohasida yaxshi taraqqiy etgan bo'lib, m. sphincter pylori chiqish sohasining qisuvchi mushagini hosil qiladi. Bu mushakning qisqarishi va shu sohadagi klapan — valvula pylorica ning bo'lishi me’da va o'n ikki barmoq ichak bo'shliqlarini ajratib turadi. 4. Tashqi qavat — tunica serosa qorin pardaning visseral varag'i bo'lib hisoblanadi. Bu parda jigar va me’daning kichik egriligi orasida lig.hepatogastricum boylamini, me’da bilan taloq orasida lig.gastrolienale boylamini, me’da bilan ko'ndalang chambar ichak orasida esa lig.gastrocolicum boylamini hosil qiladi. Me’dani qorin parda hamma tarafdan o'rab olganligidan — intraperitoneal a’zo bo'lib hisoblanadi. Download 71.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling