Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti
Vazifasi: yumshoq tanglayni ko'taradi. Innervatsiyasi
Download 71.05 Kb.
|
Anatomiya javoblar
Vazifasi: yumshoq tanglayni ko'taradi.
Innervatsiyasi: n. vagus (X). 4. M. tensor veli palatini — yumshoq tanglay chodirini taranglaydigan mushak. Kalla asosidan, chakka suyagidagi Yevstaxiynayi sohasidan boshlanib, uning tutamlari asosiy suyakning qanotsimon o'simtasining ilmoqli o'simtaci — hamulus processus pterygoidei ni aylanib o'tib, yumshoq tanglay chodiriga davom etadi. Vazifasi: yumshoq tanglayni taranglaydi. Innervatsiyasi: n. trigeminus (V). 5. M. uvulae — tilcha mushagi chodirning o'rtasidan orqa tarafga erkin holda osilib turadi. Bu mushak tanglay suyagidagi — spina nasalis posterior o'simtasidan boshlanib, tilchani hosil qiladi. Vazifasi: tilchani qisqartiradi. Xususiy og'iz bo'shlig'idan chiqish sohasini tomoq (bo'g'iz) — istmus fauces deyiladi. Bu sohaning chegaralari: yuqoridan yumshoq tanglay; ikki yon tarafdan yumshoq tanglay yoylari arcus palatoglossus va arcus palatopharyngeus; pastdan — til ildizi. Savol. Tishlar Tishlar dentes vaqtincha yoki sut tishlariga — dentes decidui va doimiy tishlar dentes permanentes ga bo'linadi. Tishlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) dens incisivus - kesuv (kurak) tish; 2) dens caninus — qoziq tish: 3) dens premolaris — kichik oziq tish; 4) dens molaris — katta oziq tish. 3- katta oziq tish dens molaris tertius kechroq chiqqanligi uchun „aql“ tish dens serotinus deyiladi. Tishlarning quyidagi qismlari bo'ladi: 1) toj qismi corona dentis; 2) bo'yin qismi collum dentis; 3) ildiz qismi radix dentis. Ularning toj qismi alveolar o'simtalardan chiqib turadi. Bo'yin qismi milk bilan o'ralgan boladi. ildiz qismi esa alveolar o‘simtalar ichidagi chuqurchalarda joylashgan boladi. Tishlarning bo'yin qismi milklar bilan o‘ralgan bolib tish toji milklaridan chiqib turgan qismi klinik toj corona clinica, qolgan qismi esa klinik ildiz — radix clinica deyiladi. Tish ildizining uchi — apex radicis dentis deb atalib, shu sohadagi teshikka — foramen apicis deyiladi. O'z navbatida bu teshik ildizning ichida joylashgan kanal — canalis radicis ga davom etadi. Kanal esa tish tojining ichida hosil boiadigan bo'shliq — cavitas dentis bilan tutashadi. Bu bo'shliq o'z navbatida toj qismi ichidagi bo'shliq cavitas coronae va tish ildizining kanali canalis radicis dentis lardan hosil boladi. Tish ildizi uchidagi teshikdan nerv, qon tomir, limfa tomirlari yo‘naladi. Kanal orqali yo'nalgan bu hosilalar, tish toji ichida qon tomir — nerv chigali — pulpa dentis ni hosil qiladi. Tish pulpasi o‘z navbatida toj qismi ichidagi pulpa coronalis va ildiz ichidagi pulpa radicularis lardan tashkil topadi. Alveolar o'simtalarning chuqurcha devorlari va tish ildizi orasidagi birlashtiruvchi moddaga — periodontium deyiladi. Tishlarning bo'yin qismi milk bilan qoplanib, milk so'rg'ichlari — papilla dentis deyiladi. Tisluiing qattiq moddasini dentin - dentinum tashkil etadi. Tish toji sohasida bu modda emal — enamelum bilan, tish ildizi sohasida esa sement — cementum bilan qoplangan boladi. Tishlaming toj qismlari yonma-yon joylashib tish qatorlarini hosil qiladi. Doimiy tishlar har bir jag'da 16 tadan bolib, yoysimon shaklda terilgan bo'ladi. Yuqori jag' tishlarining ravog'i — arcus dentalis maxillaris, pastki jag' tishlarining ravog'i — arcus dentalis mandibularis deyiladi. Tishning og'iz dahliziga qaragan yuzasini — facies vestibularis; dahliz yuzasi kesuv va qoziq tishlar uchun facies labialis — lablarga qaragan yuza, kichik va katta oziq tishlar uchun facies buccalis — lunj yuzasi deyiladi. Tishning xususiy og'iz bo'shlig'i tarafiga ya’ni til tarafga qaragan yuzani— facies lingualis; yuqori jag' tishlarida tanglay tarafdagi yuzani facies palatenalis; qo'shni tishlar bilan birlashib turgan yuzasini — facies contactus: tishlar yoyi markazi tomon qaragan yuzani facies mesialis deyiladi. Kesuv tishlar uchun facies mesialis — medial yuza bolsa, orqadagi tishlarda bu oldingi yuzaga to'g'ri keladi. Qo'shni tishlarga qaragan yuzalarning yoy markazidan uzoqdagi yuzasiga — facies distalis deyiladi. Oldingi tishlarda bu yuza lateral, orqa tishlarda esa orqa yuzaga to'g'ri keladi. Bu yuzalarda do'ngliklar bo'lib, lunj tarafdagi do'nglik— cuspis buccalis, tanglay tarafdagi do'nglik cuspis palatinalis, til tarafdagi do'nglik cuspis lingualis deyiladi. Do'ngliklar — facies mesialis tish yoyining markazi tomonga qaragan yuzalarda ham bo'lib - cuspis mesiobuccalis lunj mezial do'nglik, cuspis mesiopalatalis — tanglay mezial do'nglik, cuspis mesiolingualis til mezial do'nglik deb ataladi. Qo'shni tishlarga qaragan yuzalarning yoy markazidan uzoqdagi yuza facies distalis da ham do'ngliklar bolib. cuspis distobucealis lunj — distal do'nglik, cuspis distopalatinalis — tanglay distal do'nglik, cuspis distolingulis til distal do'nglik, cuspis distalis — distal do'nglik deyiladi. Tishlarning chaynov yuzalari yoki pastki va ustki jag' tishlarining o'zaro qo'shiladigan yuzalari — facies occlusialis deyiladi. Tishlarning toj qismi (corona dentis) ning chaynov yoki kesuv yuzalarida qirralar — cuspus dentis bo'lib, qirralaminng uchiga apex cuspidis, qo'shimcha qirralarga cuspis accesoria deyiladi. Katta va kichik oziq tishlarning chaynov yuzalarida do'ngliklar - tuberculum dentis, ko‘ndalang qirralar — crista transversalis, uchburchak qirralar — crista triangularis, qiyshiq qirralar — crista obliqua bo'ladi. Chaynov yuzalarda qirra va do'ngliklar orasida tirqish — fissura occlusilis, chuqurcha — fossa occlusialis lar hosil bo'ladi. Tishlarning qaysi tarafga tegishli ekanligini aniqlash uchun: ildiz belgisi; tish tojidagi burchak belgisi; tish toji bo'rtiqligining belgilaridan foydalaniladi. Tish ildizi belgisi — ildizning vertikal o'tkazilgan chiziqda biror tarafga qayilgani bilan o'lchanadi. Qayilish burchagi tishning distal tarafiga yo'nalgan bo'ladi. Tish tojidagi burchak belgisi — tishning chaynov yuzasidagi qirrasi distal yo'nalishda kattaroq burchak hosil qiladi. Tish toji bo'rtig'ining belgisi — vestibular bo'shliqqa qaragan yuzadagi qavariqlik medial qismida ko'proq, distal tarafda esa yassiroq bo'ladi. Tishlarning yuqori yoki pastki jag'da joylashuvi tish tojining shakli va uning ildizlarining miqdori bilan farqlanadi. Kesuv tishlar — dentes incisivi har bir jag' suyagida to'rttadan bo'ladi. Yuqori jag' suyagidagi kesuv tishlar kattaroq va kengroq bo'ladi.Ularda bittadan ildiz bo'ladi. Kesuv tishlarning kesuv qirralariga — margo incisalis deyiladi. Qoziq tishlar — dentes canini har bir jag' suyagida ikkitadan bo'ladi. Tish tojida o'tkir burchak hosil qilib birikadigan kesuv qirralari, tish bo'yni sohasida, xususiy og'iz bo'shlig'iga qaragan yuzada bo'rtiq ko'rinadi. Qoziq tishlarda bitta uzun ildiz bo'ladi. Kichik oziq tishlar — dentes premolares har bir jag' suyagida to'rttadan bo'ladi. Bu tishlarning chaynov yuzasida ikkita bo'rtiq — tuberculum dentale bo'ladi. Bu bo'rtiqlarning biri — vestibular tarafda, ikkinchisi esa til tarafda joylashadi. Pastki jag'dagi kichik oziq tishlarda bittadan ildiz bo'ladi. Lekin ildizning ikkiga ajralgan holati yoki ikki ildizli holat ham uchraydi. Ikki ildizli holatda bittasi o'rtaga yaqin — radix mesialis, ikkinchisi distal — radix distalis holatida joylashadi. Ikki ildizli holat birinchi kichik oziq tishlarda uchraydi. Yuqori jag'dagi ikkinchi kichik oziq tishlardagi ikkita ildiz holati ko'proq uchraydi. Tishlarning ildizlaridan bittasi tanglay tarafda — radix palatinalis, ikkinchisi lunj tarafda — radix buccalis deyiladi. Katta oziq tishlari — dentes molaris har bir jag' suyagida oltitadan bo'ladi. Birinchi katta oziq tishlari kattaroq bo'ladi. Katta oziq tishlarining chaynov yuzalari to'rt burchak shaklida bo'lib, uch va undan ortiq bo'rtiq bo'ladi. Yuqori jag'da joylashgan katta oziq tishlarda uchta ildiz bo'ladi. Ulaming ikkitasi lunj tarafda, bittasi tanglay tarafda joylashadi. Lunj tarafdagi ildizlaming o'rtaga yaqin ildiziga radix mesiobuccalis, distal ildiziga radix distalis va tanglay sohasidagi ildiziga radix palatinalis deyiladi. Pastki jag'da joylashgan katta oziq tishlarda ikkitadan ildiz bo'ladi. Bu ildizlar medial (oldingi) va distal (orqa) sohalarda joylashadi va shu sababdan — radix mesialis va radix distalis deb nomlanadi. Har bir jag' suyagidagi oxirgi katta oziq tishlar juda kech chiqqanligidan, bu tishlarni „aql" tishi — dens serotinus deb ataladi. Tishlarning yon yuzalari o'zaro tegib turadi. Lekin ularning orasida tirqishlar hosil bo'lishi mumkun va bu tishlar orasidagi tirqish — diastema deyiladi. Tishlar chiqish muddatiga va tuzilishiga ko'ra ikki turga bo'linadi: vaqtincha, tushib ketadigan, sut tishlar — dentes decidua (dentes lactei) va doimiy tishlar — dentes permanentes. Vaqtincha tishlar doimiy tishlar bilan almashmaguncha saqlanadi. Sut tishlari tuzilishi jihatidan doimiy tishlar bilan umumiylikka ega. Lekin sut tishlari kichikroq bo'lib, ulaming tarkibida kichik oziq tishlari va uchinchi katta oziq tishlari bo'lmaydi. Har bir jag‘ suyagida to'rtta kesuv tishlar, ikkita qoziq tishlar va to'rtta katta oziq tishlari bo'ladi. Sut tishlarining umumiy miqdori 20 ta, doimiy tishlarning miqdori 32 ta bo'ladi. Har bir jag'ning yarmidagi tish turlarini raqamlar bilan ifodalanishiga — tishlarning anatomik formulasi deb ataladi. Sut tishlarining anatomik formulasi: Download 71.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling