Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Download 71.05 Kb.
bet5/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

Savol. Til

Til — lingua (grekcha — glossa) — ko'ndalang targ'il mushaklardan tashkil topgan a’zo. Tilning o'rta qismida tanasi — corpus linguae, oldingi sohada uchi — apex hamda orqa sohada ildiz qismi — radix linguae joylashgan. Til tanasi hamda va ildiz chegarasida chuqurcha bo'lib, ko'r teshik — foramen cecum linguae deb ataladi. Bu chuqurchadan yon tarafga egat - sulcus terminalis yo'naladi. Tilning ustki yuzasi — dorsum linguae, uning uchidagi egatgacha bo'lgan qismi pars anterior va egat orqasidagi qismi pars posterior larga bo'linadi. Tilning ostki yuzasi facies inferior linguae sohasida burmalar bo'lib plica fimbriata deyiladi. Tilning yon chetlari — margo linguae deb ataladi. Tilning o'rtasidagi egat sulcus medianus linguae deyiladi. Til ildizi sohasida limfo-epitelial to'qimadan hosil bo'lgan til murtagi — tonsilla lingualis joylashgan. Til ildizi sohasida burmalar bo'lib, ular hiqildoq usti tog'ayi bilan birlashadi. O'rta burmaga — plica glossoepiglottica mediana va ikki yon tarafdagisiga plicae glossoepiglottica laterales deyiladi. Tilning ustki yuzasi shilliq qavat — tunica mucosa linguae bilan qoplangan. Ostki yuzasida yuganchasi — frenilum linguae ko'rinadi. Tilning ustki va yon yuzalarida ta'm biladigan so'rg'ichlar joylashgan.
1. Ipsimon va konus shaklidagi so'rg'ichlar — papillae filiforme et conicae tilning ustki yuzasining oldingi sohasida joylashgan. Bu so'rg'ichlar (aktil sezgi vazifasini bajaradi.
2. Zamburug'simon so'rg'ichlar — papillae fungiformes til uchida va yon tarafida joylashgan bo'lib, ta’m sezish vazifasini bajaradi.
3. Yaproqsimon so'rg'ichlar — papillae foliatae tilning yon yuzasida joylashgan.
4. Ko'tarma bilan o'ralgan so'rg'ich — papillae vallatae til ildizi sohasida ko'r teshikning oldida V raqamiga o'hshab joylashgan. Bu so'rg'ichlar miqdori 7-12 bo'lib. uchi orqaga yo'nalgan holda joylashadi
Tilning o'rtasidan o'tgan biriktiruvchi to'qima septum linguae to'siqni hosil qilsa, til asosini serbar biriktiruvchi to'qima — aponeurosis linguae tashkil etib, ularga til mushaklari birikadi. Til mushaklari ikki guruh: xususiy hamda skelet suyaklaridan boshlanadigan ko'ndalang-targ'il mushaklardan hosil bo'ladi. Tilning skelet mushaklari uning xususiy mushaklariga davom etadi.
1.Engak-til mushagi — m. genioglossus pastki jag' suyagining engak sohasidagi — spina mentalis о'simtasidan boshlanib, tilning xususiy mushagi bo'lib hisoblangan vertikal mushak — m. verticalis tolalariga davom etadi. Bu mushak odamlar so'zlashishga o'tilgan davrdan taraqqiy eta boshlagan.

Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling