Anatomiya oraliq savol javoblari Savol. Og'iz bo‘shlig‘ining taraqqiyoti


Download 71.05 Kb.
bet4/23
Sana16.04.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1360945
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Anatomiya javoblar

Doimiy tishlarning anatomik formulasi:
Stomatologiya amaliyotida tishlarning klinik formulasidan foydalaniladi. Klinik formula jag'lardagi o'rta chiziqdan boshlangan tish turlarining tartib raqami bilan belgilanadi.
Kesuv tishlar — 1,2; qoziq tishi — 3; kichik oziq tishlar — 4,5; katta oziq tishlar — 6,7,8 raqamlari bilan belgilanadi. Sut tishlari va doimiy tishlarni farqlash uchun sut tishlarini rim raqamlari bilan: kesuv tishlar— I, II; qoziq tishi— III; katta oziq tishlar — IV, V raqamlari bilan belgilanadi. Sut tishlarining chiqish tartibi va muddati: medial kesuv tishlari — 6-8 oylarda, lateral kesuv tishlari — 7-9 oylarda, birinchi katta oziq tishlar — 12- 15 oylarda, qoziq tishlar — 16-20 oylarda, ikkinchi katta oziq tishlar— 20-24 oylarda. Doimiy tishlarning chiqish tartibi va muddati: birinchi katta oziq tishlar— 6-7 yoshlarda, medial kesuv tishlari — 8 yoshda, lateral kesuv tishlari — 9 yoshda, birinchi kichik oziq tishlar— 10 yoshda, qoziq tishlar— 11-13 yoshlarda, ikkinchi kichik oziq tishlar— 11-15 yoshlarda, ikkinchi katta oziq tishlar 13-16 yoshlarda, uchinchi katta oziq tishlar — 18-30 yoshlarda chiqadi. Doimiy tishlardan birinchi bo'lib — birinchi katta oziq tishlar chiqadi. Bu tishlar sut tishlarining orqasida chiqadi. Sut kesuv va qoziq tishlarining o'rniga — doimiy kesuv va qoziq tishlari chiqadi. Doimiy kichik oziq tishlari esa sut katta oziq tishlarining o'rniga chiqadi. Yuqori va pastki jag' tishlari o'zaro jipslashgan holatida yuqori jag'dagi kesuv tishlar, pastki jag'dagi kesuv tishlarining oldingi yuzasiga tegib turadi. Yuqori jag' suyagidagi tish yoylari kattaroq bo'ladi. Shu sababdan yuqori jag'dagi oziq tishlarining til tarafidagi bo'rtig'i pastki jag'dagi tishlarining til va lunj tarafidagi bo'rtiqlar orasidagi chuqurchada bo'ladi. Jag'lar jipslashganda o'zaro birlashgan tishlar antogonist tishlar deyiladi. Pastki jag'ning medial kesuv tishlari va yuqori jag'dagi uchinchi katta oziq tishi faqat bitta antogonist tishga ega. Qolgan tishlar ikkitadan antogonistga ega. Prikus yoki oklyuziya deb — tish qatorlarining o'zaro jipslashib turgan holatiga aytiladi. Tishlarning artikulyatsiyasi deb, pastki jag' harakati paytidagi tish qatorlarining o'zaro munosabatiga aytiladi.




  1. Download 71.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling