Anatomiya 2014. indd
Tilning ko‘ndalang mushagi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Engak-til mushagi
- Bigizsimon o‘siq-til mushagi
- Tish toji
Tilning ko‘ndalang mushagi til to‘sig‘idan tilning ikki chek-
kasiga ko‘ndalang yo‘nalgan tolalardan iborat bo‘lib, til chekka- si shilliq pardasida tugaydi. Qisqarganida tilni toraytirib, til usti- ni ko‘taradi. Tilning vertikal mushagi, asosan, uning chekkalarida, til usti va tilning pastki yuzasi shilliq pardasi o‘rtasida joylashgan. Qis- qarganida tilni yassilaydi. Tilning skelet mushaklari bosh suyaklaridan boshlanib tili ning xususiy mushaklariga o‘tib ketadi. Ularga quyidagi mushaklar ki- radi: Engak-til mushagi pastki jag‘dagi engakning o‘tkir qirrasidan bosh lanadi. Uning tolalari til to‘sig‘ining yonidan orqaga va yuqo- riga yo‘nalib vertikal mushakka davom etadi. Qisqarganida tilni oldinga va pastga tortadi. Til osti-til mushagi til osti suyagi tanasi va katta shoxidan bosh lanib, oldinga va yuqoriga yo‘nalib tilning ko‘ndalang mu- shagiga o‘tib ketadi. Qisqarganida tilni orqaga va pastga tortadi. Bigizsimon o‘siq-til mushagi bigizsimon o‘siqdan boshlanib, oldinga, pastga va medial tomonga yo‘nalib, tilning yuqorigi va pastki bo‘ylama mushaklariga davom etadi. Qisqarganida tilni or- qaga va yuqoriga tortadi, bir tomonlama qisqarsa, tilni o‘sha to- monga tortadi. Tishlar (dentes) ustki va pastki jag‘ning tish katakchalarida milkning yuqorigi chekkasida joylashadi. Sut va doimiy tishlar ta- fovut qilinadi. Tish uch qismdan: toji, bo‘yni va ildizidan iborat (106-rasm). 207 Tish toji tishning og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘rinib turgan qismi bo‘lib, to‘rtta: til, vestibulyar, tish- larning bir-biriga tegib turgan va okklyuzion yuza- lari tafovut qilinadi. Tish bo‘yni tish toji bilan ildizi o‘rtasidagi to- raygan qismi. Uni atrofidan milkning shilliq par- dasi o‘rab turadi. Tish ildizi bittadan uchtagacha bo‘lib, tish ka- takchalarida joylashadi. U ildiz uchi bo‘lib tugaydi. Tish toji ichidagi tish bo‘shlig‘i ildizga tish ildizi- ning kanali bo‘lib davom etadi. Bu kanal ildiz uchi- da tish ildizi uchidagi teshik bo‘lib ochiladi. U or- qali kirgan qon tomir va nervlar tish pulpasini Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling