Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Ovqat hazm qilish. Ovqat hazm qilish moddalar almashinu-
vining boshlang‘ich bosqichidir. Odam ovqat bilan energiya va to‘qimalarni yangilanishi va o‘sishi uchun kerak bo‘lgan barcha kerakli moddalar ni oladi. Hujayralar o‘zlashtira olishi uchun ovqatdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar murakkab birikmalar- dan ancha mayda suvda eruvchan moddalarga aylanishi kerak. Bu jarayon hazm a’zolari tizimida o‘tadi va hazm jarayoni, hosil bo‘lgan mahsulotlar hazm mahsulotlari deyiladi. Ovqat tarkibi- dagi oziqa moddalar hazm traktida mexanik, keyin chalik hazm a’zolari tizimi bo‘ylab joylashgan bezlar shirasi tarkibidagi fer- mentlar ta’sirida kimyoviy parchalanadi. Hazm a’zolari bezlari bir sutkada hazm traktiga 8,5 l shira: 1,5 l so‘lak, 2,5 l oshqozon shirasi, 1 l oshqozon osti bezi shi- rasi, 2,5 l ichak shirasi va 1,2 l o‘t ajratadi. Ovqat hazm qilish shirasi organik va noorganik moddalardan iborat. Organik mod- dalar ichida oqsillari ning murakkab molekulasini aminokislota- largacha, uglevodlar ni – monosaxaridgacha (glukoza, fruktoza), yog‘larni – glitserin va yog‘ kis lotalarigacha parchalanishini tez- latuvchi fermentlar yoki biolo gik katalizatorlar katta ahamiyatga ega. Parchalangan bu moddalar hazm traktining shilliq pardasi orqali so‘rilib qon va limfaga o‘tadi va hujayralar ularni o‘zlash- tiradi. Hazm fermentlari moddalarni suv molekulasini biriktirib olish-gidroliz yo‘li bilan parchalanish jarayo ni ni kuchaytirib be- radi. Bunda oziqa moddalarning energetik bahosi pasaymaydi. Har bir ferment faqat bitta ma’lum moddani parcha laydi. Fer- mentlarning ta’siri uchun ma’lum bir sharoit: optimal harorat 203 (36–37 °C) va muhitning ma’lum reaksiyasi kerak. Hazm shirasi undagi fermentlar ta’sir qila oladigan optimal muhitga ega. Ma- salan: oshqozon shirasi tarkibida xlorid kislota, oshqozon osti be- zi va ichak shirasida ishqor yoki soda bo‘lib shu muhitda faoliyat ko‘rsatuv chi fermentlar uchun sharoit yaratib beradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling