Anatomiya 2014. indd


deb ataladi. Tilning ostki yuzasi shilliq pardasi yupqa bo‘lib, og‘iz tubiga  o‘t gan joyda o‘rta chiziqda til yuganchasini


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   422
Bog'liq
True

 deb ataladi.
Tilning ostki yuzasi shilliq pardasi yupqa bo‘lib, og‘iz tubiga 
o‘t gan joyda o‘rta chiziqda til yuganchasini
 hosil qiladi. Uning ik-
ki tomonida juft til osti so‘rg‘ichi
 joylashgan bo‘lib, unga pastki 
jag‘ osti va til osti bezi naychalari ochiladi. Til osti so‘rg‘ichining 
orqasida bo‘ylama yo‘nalgan til osti burmasi bor.
Til mushaklari juft, ko‘ndalang-targ‘il mushakdan iborat. Til-
105-rasm. Til va halqumning hiqildoq qismi.
Ust tomondan ko‘rinishi:
1–til uchi; 2–til tanasi; 3–til chekkasi; 4–tilning o‘rta 
egati; 5–varaqsimon so‘rg‘ichlar; 6–zamburug‘simon 
so‘rg‘ichlar; 7–tarnovsimon so‘rg‘ichlar; 8–tilning 
chegaralovchi egati; 9–tilning ko‘r teshigi; 10–til
ildizi; 11–til murtagi; 12–til-hiqildoq usti tog‘ayi o‘rta 
burmasi; 13–hiqildoq usti tog‘ayi; 14–noksimon
chuqurcha; 15–cho‘michsimon hiqildoq usti burmasi;
16–ovoz yorig‘i; 17–cho‘michsimon
tog‘aylar orasidagi o‘yma.


206
ning o‘rta chiziq bo‘ylab o‘tgan bo‘ylama fibroz to‘sig‘i
uni ik-
ki simme trik bo‘lakka bo‘ladi. U tilni bir tomon mushagini bosh-
qa tomondan ajratadi. Til mushaklari ikki guruhga: tilning o‘zi-
dan boshlanib, o‘ziga birikuvchi tilning xususiy mushaklari va 
bosh suyaklaridan bosh lanib, til ichida tugovchi tilning skelet mu-
shaklariga bo‘linadi.
Tilning xususiy mushaklari: 
Ustki bo‘ylama mushak tilning 
yuqo ri qismida bevosita shilliq parda ostida yotadi. Til ildizi so-
hasidan bosh lanib, til uchida tugaydi. Qisqarganida tilni qisqarti-
rib, uchini yuqoriga ko‘taradi.
Pastki bo‘ylama mushak tilning pastki yuzasida yotadi. Til il-
dizi sohasidan boshlanib, til uchini pastki yuzasida tugaydi. Qis-
qarganida tilni qisqartirib, uchini pastga tushiradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling