Anatomiya 2014. indd
bor. Tanglay chodirini yon chek- kalaridan ikkita ravoq: oldingi tang lay-til ravog‘i
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
bor. Tanglay chodirini yon chek-
kalaridan ikkita ravoq: oldingi tang lay-til ravog‘i til ildiziga qarab yo‘nalsa, orqadagi tanglay-yut qin ravog‘i pastga, yutqinning yon devoriga yo‘naladi. Oldingi va orqa ravoq lar o‘rta sida uchbur- chak shaklidagi murtak chuqurchasi bo‘lib, unda tang lay murta- gi joylash gan. Yum shoq tanglay va uning ravoqlari tarkibiga (104- rasm) quyidagi ko‘ndalang targ‘il mu shaklar: tang lay-til, tanglay- halqum, tilcha mu shagi, tang lay chodirini ko‘taruvchi mushak va tanglay cho dirini taranglovchi mushak kiradi. Tomoq teshigi yuqoridan yumshoq tanglay, yon tomondan tang lay ravoqlari, pastdan esa til ildizi bilan chegaralangan. Til (lingua) mushakdan tuzilgan a’zo (105-rasm) bo‘lib, og‘iz bo‘sh lig‘ini to‘ldirib turadi. U og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni aralash- tirish, yutish va so‘z bo‘g‘inlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Tilning oldingi toraygan uchi, orqa kengaygan ildizi va ularning o‘rtasida joylash gan tanasi tafovut qilinadi. Tilning ustki yuzasi yoki tilning orqa sohasi ko‘tarilgan bo‘lib, yuqoriga va orqaga qa- ragan bo‘ladi. U uchidan chegaralovchi egat- gacha bo‘lgan oldingi qismi va egat orqasidagi orqa qismiga bo‘linadi. Tilning ostki yuzasi fa- qat old qismida erkin. Tilning o‘ng va chap to- monlarida til chekkalari bor. Til ustining o‘rta- 104-rasm. Yumshoq tanglay mushaklari: 1–tanglay chodirini taranglovchi mushak; 2–tang lay chodirini ko‘taruvchi mushak; 3–qanotsimon o‘siq ilmoqchasi; 4–tanglay-til mushagi; 5–tilcha mushagi; 6–tanglay-halqum mushagi. 205 sida, uning ikki yon bo‘laklari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, til- ning o‘rta egati bo‘lib, u tilning tanasi va ildizi o‘rtasida joylash- gan tilning ko‘r teshigida tugaydi. Ko‘r teshikning oldidan tilning yon chekkasiga qarab uncha chuqur bo‘lmagan til tanasini ildizidan ajratib turuvchi che- garalovchi egat o‘tadi. Til ustki, yon va qisman pastki tomon- dan shilliq parda bilan qop langan. Tilning shilliq pardasi och pushti rang da bo‘lib, til usti, uchi va chekkalarida ko‘p sonli so‘rg‘ichlar bilan qoplangani uchun duxobaga o‘xshagan ko‘ri- nish beradi. Til so‘rg‘ichlari turli shaklga va kattalikka ega bo‘lib, ta’m bilish yoki umumiy sezgini o‘tkazib beradi. Tilda quyida- gi so‘rg‘ichlar tafovut qilinadi. Ipsimon va konussimon shakl- dagi so‘rg‘ichlar juda ko‘p sonli bo‘lib, til ustida chegaralov- chi egatning oldida, zambrug‘simon so‘rg‘ichlar esa 150–200 ta bo‘lib, ko‘proq til uchi va chekkalarida joyla shadi. Tarnovsimon so‘rg‘ichlar 7–12 ta bo‘lib, chegaralovchi egatni oldida rimcha V raqami shaklida joylashgan. Varoqsimon so‘rg‘ichlar tilning yon chekkalarida 5–8 ta o‘zaro egatlar bilan ajralgan vertikal burmalar shaklida qator joylashgan. Til ildizining shilliq pardasida so‘rg‘ichlar bo‘lmay, unda lim- foid follikulalar to‘plami bor bo‘lgan bo‘rtiqchalar hosil qiladi. Bu limfoid to‘qima to‘plami til murtagi Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling