Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   422
Bog'liq
True

Mushaklar fiziologiyasi
Mushak to‘qima uchta fiziologik xususiyatga ega: qo‘zg‘aluv-
chanlik – ta’sirotga qo‘zg‘alish bilan javob berish, o‘tkazuvchan -
lik
– qo‘zg‘alishni o‘tkazish va qisqaruvchanlik – qisqarish xusu-
siya ti. Qisqarganda mushak kaltalashadi yoki unda kuchlanish pay-
do bo‘ ladi.
Skelet (ko‘ndalang targ‘il) mushaklari alohida ko‘p yadro-
li ko‘n dalang targ‘il mushak tolalaridan iborat. Har bir mushak 
tolasi bo‘ylab ikki xil ipchalardan tashkil topgan miofilomenta 
(protofibrillar) deb ataluvchi o‘rtacha 2500 miofibrillar yota-
di. Yo‘g‘on ipchalar miozin oqsili molekulalaridan, ingichkala-
ri esa aktin molekulalaridan tuzilgan. Aktin ipchalari Z chiziq 
bo‘ylab birikib, ularning uchlari miozinli ipchalar orasiga kira-
di. Mu shaklarning ko‘ndalang targ‘illigi aktinli (J) va miozin-
li (A) disklarning yorug‘likni sindirish qobiliyatini turlichaligi-
ga bog‘liq. Qoramtir miozinli disklar ikki marta sindirish xu-
susiyatiga ega.
Mushak qisqarganida miofilamentalar qisqarmaydi. Aktinli ip-
chalar miozinli ipchalar orasida ular bo‘ylab sirpanganday surila-
di. J disk qisqaradi, A disk esa o‘zgarmaydi. «Sirpanish» mushak 
tolasini kalsiy nasosini faollashtruvchi ta’sir potensialini chaqira-
di va sarkoplaz mada Ca
++
konsentratsiyasi oshadi. Kalsiy miofila-
mentlarning «sirpanish» mexanizmini, ya’ni mushaklar qisqarishi-
ni ishga tushiradi. Qisqarish tugashi bilan kalsiy nasosi Ca
++
kon-
sentratsiyasini kamaytiradi va miofibrillar bo‘shashadi. Mu shak 
qisqarishi kerakli energiya manbayi bo‘lib, «hujayrani universal 
yoqilg‘isi» deb ataladigan, adenozintrifosfatning (ATF) parchala-
nish jarayoni xizmat qiladi.
Organizmning skelet mushaklari markaziy nerv tizimining 
mo toneyronlaridan harakatlantiruvchi nervlar orqali kelayotgan 
impuls lar ta’siri ostida qo‘zg‘aladilar. Aksonlar mushakka kelib
mushak to la larida oxirgi motor tugunchalari bilan tugovchi ko‘p 
sonli tar moq larga bo‘linadi. Har bir motoneyron birnecha ming 
mushak tolalarini innervatiya qiladi. Motoneyron va u innirva-
tsiya qiluvchi mu shak tolalari harakat birligi deb ataladi. Harakat 


199
birligi bir butun bo‘lib ishlaydi, chunki barcha mushak tolalari bir 
vaqtda qisqaradi. Mu shak qancha nozik va aniq harakatni bajar-
sa, harakat birligi shuncha mayda bo‘ladi. Shuning uchun harakat 
birligi oyoq mu shaklarida juda katta, qo‘l mushaklarida, ayniqsa, 
barmoq lar harakatini boshqaruvchi mushaklarda mayda bo‘ladi.
Agar mushak o‘z qisqarishida qisqarsa va yuk ko‘tara olsa, 
bunday qisqarish izotonik qisqarish deb ataladi. Qisqarishning 
bu turi da mushak tonusi yoki kuchlanishi o‘zgarmaydi, ammo 
uzunligi o‘z garadi. Agar mushakning ikki uchini qotirib qo‘yib 
ta’sirlansa, unda kuchlanish paydo bo‘ladi, uzunligi esa o‘zgar-
maydi. Qisqarishning bu turi izometrik qisqarish deb ataladi.
Mushak qisqarganida, o‘zining og‘irligiga birnecha barobar 
katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega. Mushak kuchi u ko‘tarishi 
mum kin bo‘l gan eng katta yuk bilan o‘lchanadi. Mushak kuchi 
mushak ni hosil qiluv chi mushak tolalari miqdori va ularning qa-
linligiga bog‘liq. U fiziologik ko‘ndalang kesimga, y’ani mushak 
tarkibiga kiruvchi barcha mushak tolalarining ko‘ndalang kesimi 
yig‘indisiga to‘g‘ri proporsionaldir.
Mushakning 1 sm fiziologik ko‘ndalang kesimiga tegishli 
mushak kuchi, mushakning absolyut kuchi deb ataladi. Odam 
mushagi uchun u 5–10 kg teng. Jismoniy shug‘ullanganda mu-
shak tolalari qalinla shadi va unung energiya resurslari oshadi. 
Shu bilan bog‘liq ravishda mu shak kuchi ham oshadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling