Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   422
Bog'liq
True

Oyoq fassiyalari
Yonbosh-bel mushagini qoplagan yonbosh fassiyasi pastga to-
mon yo‘nalib, lateral tomonda chov boylamiga yopishsa, medial 
tomonda yonbosh-qov tepachasiga birikib yonbosh-qirra
yoyi-
ni hosil qiladi. Bu yoy chov boylami osti sohasini mushaklar va 
tomirlar sohasi botig‘iga lakunalarga ajratadi. Chov boylamidan 
past da yonbosh fassiyasi sonning serbar fassiyasiga o‘tib ketadi.
Sonning serbar fassiyasi qalin pay tuzilishiga ega bo‘lib, son 
mu shak larini har tomondan o‘rab turadi. Sonning yuqori uchdan 
102-rasm. O‘ng oyoq panjasi mushaklari.
Kaft yuzasi:
1–oyoq kaftining serbar payi; 2–jimjiloq barmoqni 
uzoqlashtiruvchi mushak; 3–barmoqlarni bukuv-
chi kalta mushak; 4–beshinchi barmoqni bukuvchi 
kalta mushak; 5–chuvalchangsimon mushaklar;
6–oyoqning bosh barmog‘ini bukuvchi kalta
mushak; 7–oyoq bosh barmog‘ini
uzoqlashtiruvchi mushak.


195
birida serbar fassiya ikki qatlamdan iborat. Uning yuza qatlami 
yuqori tomondan chov boylamiga birikkan bo‘lib, son qon to-
mirlarining oldidan o‘tib son venasining yon tomonida o‘roqsi-
mon qirrani hosil qilib tugaydi. O‘roqsimon qirra oval teshikni 
o‘rab ikki shoxdan iborat. Uning pastki shoxi ustidan oyoqning 
katta teri osti venasi o‘tib, son venasiga quyiladi. Yuqori shoxi 
esa chov boylamiga birikib ketadi. Oval teshik to‘r shaklida tu-
zilgan g‘alvirsimon fassiya bilan qoplangan. Sonning keng fas-
siyasi son mushaklarini o‘rab ularni bir-biridan ajratuvchi qat-
lamlar hosil qilib son suyagiga birikadi. Son mushaklariaro late-
ral devor
 son suyagi g‘adir-budir chizig‘ining lateral labiga biri-
kib, oldingi guruh mushaklarni orqa guruhdan ajratadi. Son mu-
shaklariaro medial devor
 son suyagi g‘adir-budir chizig‘ining me-
dial labiga birikib, oldingi guruh mushaklarini medial guruh mu-
shaklaridan ajratadi. Sonning qirra fassiyasi tizza bo‘g‘imining 
old va yon tomonidan o‘tib boldir fassiyasiga davom etadi. Orqa 
tomondan esa taqim osti chuqurini qoplagan taqim osti fassiya-
siga o‘tib ketadi.
Boldir fassiyasi
 boldirni o‘rab, katta boldir suyagining oldin-
gi va medial qirralariga birikib oldingi va orqa mushaklararo de-
vorni hosil qiladi. Boldirning oldingi mushaklariaro devori boldir-
ning oldingi guruh mu shaklarini lateral guruhdan ajratsa, boldir-
ning orqa mu shaklariaro devori lateral va orqa guruh mushaklari 
o‘rtasida yotadi. 
Boldirning orqa yuzasida fassiya ikki: yuza va chuqur varaqdan 
iborat bo‘ladi. Yuza varaq boldirning uch boshli mushagini o‘ra-
sa, chuqur varaq chuqur guruh mushaklarini o‘rab boldir suyakla-
riga birikadi.
Boldir fassiyasi ichki va tashqi to‘piqlarning asosi sohasida 
boldir suyaklari o‘rtasida ko‘ndalang tortilgan fibroz tolalar das-
tasi hisobiga qalin lashib, boldirning oldingi guruh mushaklari payi 
ustidan o‘tuv chi yozuv chi mushaklarning payini ushlab turuvchi 
yuqorigi va past ki bo g‘ich larni hosil qiladi. Ularning ostidan uch-
ta yozuvchi mu shaklarning pay qinlari o‘tadi.
Ichki to‘piqning orqasida fassiya qalinlashib bukuvchi mu-
shaklarning payini ushlab turuvchi bog‘ich hosil qiladi. Uning os-
tida bukuv chi mushaklarning uchta pay qini o‘tadi. 
Boldir-oyoq panja bo‘g‘imi sohasida tashqi to‘piqning orqasi-
da kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi yuqorigi va past-


196
ki bo 
g‘ichlar
bor. Kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi 
yuqo rigi bo g‘ich ostidan kichik boldir mushaklarining umumiy 
pay qini o‘tadi. Kichik boldir mushaklarini ushlab turuvchi past-
ki bog‘ich
 ostida kichik boldir mu shaklarining umumiy pay qini 
ikkiga bo‘linadi. Kalta-kichik boldir mu shagi pay qini kichik bol-
dir mushaklarini ushlab turuvchi pastki bog‘ich ostidan chiqqan 
joyda tugasa, uzun kichik boldir mushagi pay qini oyoq kafti os-
tiga yo‘naladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling