191
Faoliyati: II–V barmoqlarni kaft-barmoq bo‘g‘imida, shuning-
dek, oyoq panjasini oshiq-boldir bo‘g‘imida yozadi va tashqi che-
tini ko‘taradi.
3.
Bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak (m. extensor hallucis
longus)
yuqoridagi ikkita mushakni o‘rtasida yotadi. Kichik boldir
suyagining oldingi yuzasining o‘rta
qismidan va
suyaklararo pardadan boshlanib, bosh barmoq-
ning distal falangasiga birikadi.
Faoliyati: bosh
barmoqni yozadi va oyoq
panjasini oshiq-boldir bo‘g‘imida bukishda ishti-
rok etadi.
Boldirning orqa guruh mushaklari ikki:
yuza va chuqur qavat bo‘lib joylashadi (101-
rasm). Yuza qavatda kuchli rivojlangan bol-
dirning uch boshli mushagi bo‘lib, u boldirda
o‘ziga xos yumaloqlikni hosil qiladi.
1.
Boldirning uch boshli mushagi (m. triseps
surae)
ikki: yuza joylashgan boldir mushagi va
kambalasimon mu shakdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: