Anatomiya 2014. indd


Kalta-kichik boldir mushagi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   422
Bog'liq
True

Kalta-kichik boldir mushagi (m. peroneus brevis) kichik 
boldir suyagi lateral yuzasining pastki uchdan ikki qismidan va 
boldirning mu shaklararo devoridan boshlanadi. Mushak payi late-
ral to‘piqning orqasidan o‘tib V kaft suyagi asosiga birikadi. Fao-
liyati: oyoq panjasining lateral chetini ko‘taradi, medial chetini 
pastga tushiradi. 
Oyoq panjasi mushaklari
Oyoq panjasi mushaklari oyoq panjasi suyaklari sohasida bosh-
lanadi va birikadi. Ular oyoq panjasining ustki yuzasida joylashgan 
yozuvchi va ostki (kaft) yuzasida joylashgan bukuvchi guruhlarga 
bo‘linadi.
Oyoq panjasining ustki yuzasida ikkita mushak bor.
1. 
Barmoqlarni yozuvchi kalta mushak (m. extensor digito-
rum brevis)
 tovon suyagining oldingi yuqorigi va lateral yuzasi-
dan bosh lanadi. U uchta payga bo‘linib, II–IV barmoqlarga yetib 
boradi va barmoqlarni yozuvchi uzun mushak paylarining lateral 
tomoniga qo‘shilib, ular bilan birga barmoqlarning o‘rta va dis-
tal falangalariga birikadi. Faoliyati: barmoqlarni yozuv chi uzun 
mushak payi bilan birga barmoqlarni yozishda ish tirok etadi.
2. 
Bosh barmoqni yozuvchi kalta mushak (m. extensor hallicis
brevis)
 oldingi mushakning medial tomonida yotadi. Tovon suya-
gining oldingi ustki yuzasidan boshlanadi. Medial va old to-
monga yo‘nalib, bosh barmoqning proksimal falangasiga birika-
di. Faoliyati: bosh barmoqni yozishda ishtirok etadi.
Oyoq panjasining ostki (kaft) tomonidagi mu shaklar ham qo‘l 
kaftiga o‘xshab uch guruhga (102-rasm): 1) me dial guruh yoki 
oyoqning bosh barmog‘i mu shaklari; lateral guruh yoki jimjiloq 
mushak lari; 3) o‘rta guruh yoki oyoq kafti chuqurligida yotgan 
mushaklarga bo‘linadi. Qo‘l kaftidan farqli ravishda oyoq kafti 


194
tomonda 14 ta mushak bor. Medial guruh-
ni uchta: oyoq bosh barmog‘ini uzoqlash-
tiruvchi mushak, oyoq bosh barmog‘ini 
yaqin lashtiruvchi mushak, oyoq bosh bar-
moqni bukuvchi kalta mushaklar hosil qi-
ladi. Bu mushaklar bosh barmog‘ini uzoq-
lashtiradi, bukadi va boshqa barmoqlar-
ga yaqin 
lashtiradi. Lateral guruhga ikkita 
mu shak: jimjiloq barmoq ni uzoq lashtiruvchi mushak, beshinchi 
barmoq ni bukuv chi kalta mushaklar kirib, ular jimjiloqni uzoqlash-
tiradi va bukadi.
O‘rta guruh barmoqlarni bukishda ishtirok etuvchi mushaklar: 
barmoqlarni bukuvchi kalta mushak, oyoq kaftining kvadrat mu-
shagi, to‘rta chuvalchangsimon mushaklar hamda yettita oyoq 
panja suyaklari orasidagi mushaklardan iborat. Uchta oyoq pan-
jasi suyak lari orasidagi kaft mushaklari III–V barmoqlarni II bar-
moqqa yaqinlashtirsa, to‘rtta oyoq panja suyaklari orasidagi ust-
ki mushaklardan birinchisi II barmoqni medial tomonga, qolgan 
uchtasi esa II–IV barmoqlarni lateral tomonga tortadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling